ISSIQLIK ANIQLASH Issiqlik almashinuvi yoki uzatish jarayoni harorat masala doirasida bo'lib o'tadi, va boshqa bir moddaning dan mumkin. Bu issiqlik tezlik asosan materiyaning fizik xususiyatlari bog'liq ravishda, (bir necha moddalar o'z ichiga olgan issiqlik almashish bo'lsa) moddalarning harorat va fizika qonunlari. Issiqlik uzatish - har doim bir tomonlama sodir bo'lgan jarayon. issiqlik almashish asosiy qoida eng qizg'in tanasi har doim kam harorat bilan ob'ektni isitish beradi, deb hisoblanadi. Kiyim va aksincha, shim dazmollash Masalan, issiq temir issiqlik beradi. Issiqlik uzatish - kosmosda qaytmas issiqlik tarqalish xarakterlaydi vaqt indeksi, qarab bir hodisa.
Qattiq jismlarning tebranishi bilan bog’liq hodisalardan biri issiqlik o’tkazuvchanlikdir. Jismning ko’proq qizigan qismidan uning kamroq qizigan qismiga issiqlikning ko’chish jarayoniga jismning issiqlik o’tkazuvchanligi deyiladi. Mazkur hodisani tushunib olish uchun gazlarning issiqlik o’tkazuvchanligini eslab olamiz.
A va V plastinkalarni bir-biridan, gaz molekulalarining erkin chopish yo’li la dan ancha katta masofaga joylashtiramiz. A ning harorati T2 , V niki T1 va T2>T1 bo’lsin. U holda A plastinka yaqinidagi gaz molekulalarining tezligi V plastinka yaqinidagi-lardan yuqori bo’ladi. Ular o’zaro to’qnashganda bir-birlariga impulps uzatadilar va maolum vaqt o’tishi bilan A va V plastinkalarining haroratlari tenglashgunga qadar, bu jarayon davom etadi. haroratlar farqi saqlanib turilsa birlik vaqt ichida birlik sirt orqali A plastinkadan V plastinka yo’nalishida quyidagi issiqlik miqdori o’tadi.
Mavzu : Dielektriklarda elektr maydoni. Dielektrik singdiruvchanlik va dielektriklarning qutblanishi. Pezoelektriklar va segnetoelektriklar to‘g‘risida tushuncha. Dielektriklar (ing. electric — elektr) — elektr tokini deyarli oʻtkazmaydigan material (modda) lar; solishtirma elektr qarshiligi — 107—1020 Omm, dielektrik kirituvchanligi — 4—104. Dielektriklar elektr tokini oʻtkazgichlarga nisbatan 1015—1020 marta yomon oʻtkazadi. „Dielektriklar“ atamasini fanga Michael Faraday kiritgan. Ionlashmagan barcha gazlar, baʼzi suyuqliklar va qattiq jismlar dielektriklar hisoblanadi. Tashqi elektr maydon taʼsiri boʻlmagan hollarda dielektriklarni qutbli dielektriklar hamda qutbsiz dielektriklarga ajratish mumkin. Bunda dielektriklar molekulalarining dipol momentlari nolga teng (qutbsiz molekulalar) yoki fazodagi yoʻnalishlar boʻyicha ixtiyoriy ravishda taqsimlangan boʻladi (qutbli molekulalar). Ikkala holda ham dielektriklarning yigʻindi elektr momenti nolga teng boʻladi. Qutblanish elektr maydon kuchlanishiga, temperaturaga, muhitning elektr xossasiga bogʻliq. Qutbli dielektriklarga spirt, toza suv; qutbsiz dielektriklarga inert gazlar, kislorod, vodorod, benzol, polietilen va b. kiradi.Qutbli molekulalardan tashkil topgan dielektriklar elektr maydonga joylashtirilganda, har bir dipolni maydon kuchlanganligi yoʻnalishida buruvchi taʼsir kuchlari vujudga keladi. Ammo toʻla burilishga issiqlik harakatlari toʻsqinlik qiladi. Natijada musbat zaryadlar elektr maydon yoʻnalishida, manfiy zaryadlar esa teskari yoʻnalishda koʻchadi. Umuman barcha turdagi qutblanish natijasida tashqi maydon kuchlanganlik chiziqlari dielektriklardan chiqayotgan nuqtalarda musbat va dielektriklarga kirayotgan nuqtalarda manfiy bogʻlangan zaryadlar hosil boʻladi. Azot, kislorod, vodorod gazlari, toluol, benzol suyuqliklari va polistirol, polietilen, naftalin kabi qattiq moddalar bularga misol boʻla oladi. Qutblanish elektronlar va ionlarning siljishi tufayli vujudga kelsa, bundan dielektriklarning dielektrik kirituvchanligi 4 dan 15 gacha qiymatlarga ega boʻlishi mumkin. Tashqi maydon boʻlmaganda oʻz-oʻzidan qutblanish qobiliyatiga ega boʻlgan dielektriklar guruhi ham mavjud. Ular segneto-elektriklar deb ataladi. Ularning dielektrik kirituvchanligi bir necha mingga yetishi mumkin. Segnetoelektriklarda deformatsiya vaqtida qutblanishi kuzatiladi. Bu hodisa pyezoelektrik effekt deb yuritiladi. Dielektriklar qattiq (organik, anorganik), suyuq va gazsimon xillarga boʻlinadi. Qattiq organik dielektriklarga sellyuloza, kauchuk, qat-ron, bitumlar, parafinlar, mum, yogʻoch, qogʻoz, plastmassalar, lok boʻyoqlar v.b kiradi. Bular kuch, signal kabellarini izolyatsiyalashda, kondensatorlar, gʻaltaklar, qistirmalar tayyorlashda, elektr apparaturalar simlari va chulgʻamlarining izolyasiyalariga shimdirishda ishlatiladi. Qattiq anorganik dielektriklarga radiotexnik keramika, segnetoelektriklar, pyezoelektriklar, elektronik shisha, slyudalar va b. kiradi. izolyatorlar, yuqori chastotali kondensatorlar, pyezoelementlar, ballonlar, elektrovakuum asboblar va b. tayyorlanadi. Suyuq dielektriklarga kuch transformatoriga, yuqori kuchlanishli ulab-uzgichlarga quyiladigan mineral moylar misol boʻladi. Gazsimon dielektriklarga elegaz [oltingugurt (VI) — ftorid], vodorod, inert gazlar, havo vb. kiradi. Elegazlar kondensator va kabellarda, vodPYEZOELEKTRIKLAR Ba’zi kristall dielektriklar mexanik deformatsiyalanganda ularning qutblanishi kuzatiladi. Masalan, ma’lum yo‘nalish bo‘yicha qirqib olingan kristall plastinka siqilganda uning qarama-qarshi sirtlarida turli ishorali zaryadlar hosil bo‘ladi va plastinka ichida elektr maydon vujudga keladi. Plastinka cho‘zilganda esa uning qutblanishi va maydonning yo‘nalishi qarama-qarshisiga o‘zgaradi Bu hodisa pyezoelektrik effekt yoki qisqa- cha pyezoeffekt deb ataladi. Bunday effekt kuzatiladigan kristall dielektriklar pyezoelektriklar deyiladi. Kvars, turma- lin, segnet tuzi, bariy metatitanati va boshqalar pyezoelektrik- lar qatoriga kiradi.
Pyezoelektrik qutblanishning kattaligi deformatsiyaga pro- porsional, demak, elastiklik chegaralarida mexanik kuchlanishga ham bog‘liq bo‘ladi. Pyezoelektrik effektni quyidagicha tushuntirish mumkin. Har qanday kristall panjarasini turli atomlar yoki atomlarning guruhlari tomonidan tuzilgan va bir-birining ichiga kiritilgan oddiy panjara- lardan iborat deyish mumkin. Agar kristall simmetriya markaziga ega bo‘lmasa, deformatsiya ta’sirida oddiy panjaralar bir-biriga nisbatan siljiydi va bunday siljish natijasida kristallda elektr momenti paydo bo‘ladi.
Pyezoelektriklarda kuzatiladigan bu effekt to‘g‘ri pyezo- effekt deyiladi. Bundan tashqari, teskari pyezoeffekt ham kuzatiladi. Uning fizik mohiyati shundan iboratki, bunda kristall tashqi elektr maydoniga kiritilganda mexanik deformatsiyalanadi, o‘lchamlari maydon yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgaradi. Yuqorida aytib o‘tganimiz-dek, ma’lum yo‘nalish bo‘yicha qirqib olingan kristall plastin-kani tashqi elektr maydonga kiritilganda siqilgan (yupqalashgan) bo‘lsa, maydon yo‘nalishi teskari tomonga o‘zgar-ganda plastinka cho‘ziladi (qalinlashadi).
Agar tashqi elektr maydon o‘zgaruvchan bo‘lsa, u holda krisstall plastinkaning siqilishi va cho‘zilishi maydon o‘zgarishiga mos ravishda navbatma-navbat sodir bo‘ladi, kris- tallda mexanik tebranishlar uyg‘otiladi. Kvars, segnet tuzi, bariy meta- titanati kabi kristallarning pyezo- elektrik xossalaridan texnikada keng foydalaniladi. Masalan, bu dielek- triklar elektroakustik asboblarda ishla- tiladi. Elektroakustik asboblar to‘g‘ri pyezoeffekt asosida mexanik (tovush va ultratovush) tebranishlarni elektr tebranishlarga o‘zgartirib bersa, tes- kari pyezoeffekt asosida esa elektr tebranishlarni mexanik tebranishlarga o‘zgartirib beradi. Bundan tashqari, pyezoelektriklardan elektr tebranishlar generatorlarining chastotalarini stabillashtirishda, tez o‘zgaruvchan bosimlarni o‘lchashda keng foydalaniladi.