Mavzu : O’yin bog’cha yoshidagi bolalarda yetakchi faoliyat sifatida



Yüklə 265,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix02.01.2022
ölçüsü265,31 Kb.
#40827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
oyin bogcha yoshidagi bolalarda yetakchi faoliyat sifatida

 

        

Mavzuning dolzarbligi

Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga 

oshiriladigan ta’lim - tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog’liqdir. 

SHu boisdan ham ta’limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan 

bosqichma  -  boskich ta’lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni 

samaradorli kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keladi. 

Haqiqatdan ham o‘yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi 

hayotni va kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib 

olishga qaratilgan  faoliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning o‘yin faoliyati 

mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o‘zgarib turadi. O‘yin doimo 

o‘zgarib turganligi tufayli bola o‘ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning 

atrof muhitga kishilarga, narsalarga va o‘ziga bo‘lgan turli munosabatlari 

mazmun hamda shakl jihatdan har doim o‘zgarib turadigan o‘yin jarayonida 

namoyon bo‘ladi. Bolalarning turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, 

qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari o‘yin jarayonida bevosita 

rivojlanadi.  

 

  O‘yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun 



ahamiyati shundaki, bolalarning turli sifat va fazilatlari o‘yin jarayonida faqat 

namoyon bo‘libgina qolmasdan, bunda sifat va fazilatlar mustahkamlanadi, 

o‘zlashtiriladi. SHuning uchun psixologiya nuqtai nazardan oqilona ya’ni 

to‘g‘ri tashkil qilingan o‘yin bola shaxsini har tomonlama o‘stiradi va shuning 

bilan birga bolaning butun psixik jarayonlarida –sezish, idrok, diqqat, xotira, 

tafakkur, xayol va irodani ildam rivojlanishiga yordam beradi.  

         O‘yin o‘z mohiyati jihatidan katta kishilarning hatti –harakatlari va xulq-

atvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo‘lishi tufayli bolalarda ma’naviy 

sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob – axloq qoidalarini bilib olishlari 

uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin jarayonida 

tabiblik yoki muallimlik rolini bajarayotgan bo‘lsa, shu kasbga tegishli barcha 



 

sifatlarni namoyon qilishga intiladi. Ular o‘yinga juda berilib ketsalar, 



bajarayotgan rollariga xos sifatlar shunchalik samimiy, ijodiy tarzda namoyon 

bo‘ladi. Bolalar uchun o‘yin mazmunining hech bir chegarasi yo‘q.  

          Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o‘z 

o‘yinlarida aks ettira oladilar. O‘yinning ahamiyati bola shaxsining o‘sib 

kamolotga etishiga ta’sir ko‘rsatishdin iboratdir. O‘yin har bir yosh bosqichda 

bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni bilib 

olishni ifodalaydi. Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga o‘z-o‘ziga 

munosabati o‘zgarayotgan o‘yinda namoyon bo‘ladi. Bolalarning ehtiyojlari, 

istak, qiziqish (xavas) lari bevosita o‘yinda ifodalanadi. O‘yin bolalarning 

xayolparastligi tufaydi narsalar va kishilar dunyosini ular uchun ma’qul 

tomonga “o‘zgartirish” imkoniyatini beradigan faoliyatdir.  

Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o‘yin bilan o‘tadi.   O‘yin  maktabgacha 

yoshdagi bolalarni har tomonlama   rivojlanishining muhim. vositasi, ularning 

asosiy faoliyati bo‘lib hisoblanadi. O‘yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’ekti 

sifatida shakllana boshlaydi. O‘yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar, 

pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar,  etnograflar va madaniyat arboblari 

diqqatini o‘ziga qaratib kelingan dolzarb mavzudagi muamolardan biridir . 


Yüklə 265,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin