Mavzu : Rasmiy uslub haqida ma'lumot. Rasmiy uslubning turlari. Rasmiy uslubning nutqiy qurilmalari



Yüklə 112,24 Kb.
səhifə5/5
tarix01.05.2023
ölçüsü112,24 Kb.
#105651
1   2   3   4   5
REFERAT rasmiy uslub

Hujjatlarning leksik xususiyatlaridan biri, unda trafaret, qolipli bir shaklda qo‘llaniladigan so‘zlar ishlatilishidadir: buyuraman, tasdiqlayman, ma’qullansin, eshitildi va b.
Hujjat tilida badiiy asarlarda qo‘llaniladigan o‘xshatish jonlantirish, tasviriy so‘zlar, shuningdek so‘zlashuv uslubiga xos shevaga oid hamda dag‘al so‘zlar, kitobiy-tantanavor so‘zlar uchramaydi, ishlatilmaydi. Istagan holda so‘zlarni
qisqartma shaklda berish qoidaga to‘g‘ri kelmaydi. Umumqabul qilingan qisqartma so‘zlardan foydalanish mumkin.
Morfologik jihatdan ham hujjatlar tili o‘ziga xos, ya’ni unga erkalash-kuchaytirish qo‘shimchalari, subyektiv baho so‘zlari ishlatilmaydi. Hujjatlarda 2 shaxs qo‘shimchasi qo‘llanilmaydi, chunki hujjatlar fe’lning 1 yoki 3 shaxs nomidan yoziladi. Shu tufayli - man (buyuraman, so‘rayman, tavsiya etaman), -miz, -di qo‘shimchalari so‘zlarga qo‘shilib ishlatiladi (iltimos qilamiz,
eshitildi, so‘raydi, so‘zga chiqdi va b.) Hujjatlarning o‘ziga xosligi shundaki, ularda harakat nomlari ko‘p qo‘llaniladi (masalan, joriy etish, hizmat ko‘rsatish, ijtimoiy himoya qilish).
Fe’lning buyruq-istak mayli majhul nisbat shaklining qo‘llanishi ko‘proqligi bilan hujjatlar xarakterli (ko‘paytirilsin, bajarilsin, iltimos qilamiz, so‘raymiz)dir. Fe’lning o‘tgan hamda hozirgi-kelasi zamon shakllarining qo‘llanish doirasi
hujjatlarda kengroq (qatnashdilar, so‘raydi, ma’qullaydi, hisobga olinadi va b.). Sonlarning ishlatilishi hujjatlar turiga qarab tartibga rioya qilingan holda yoziladi. Ayrim hujjat turlari, masalan, ishonchnoma, tilxat kabilarda sonlar son
bilan ham, so‘z bilan ham yozish talab qilinadi. Pul, moddiy boylik bilan bog‘liq hollarda qoidaga muvofiq son bilan birga uning yozma ifodasi hujjatda o‘z ifodasini topgan bo‘lishi shart deb qabul qilingan. Hujjatlarda qolipga tushgan so‘z
birikmalari, sintaktik tuzilmalar ko‘p qo‘llanadi. (masalan, men, Mahmudov Ozod..., ro‘yxatga olinsin, ... qilish maqsadida, ....qaror qilindi, Siz rahbarlik qilayotgan). Hujjatlarda turgan frazeologik birikmalar, ya’ni ko‘chma ma’noda qo‘llanuvchilar ishlatilmaydi. Gaplar turiga kelganda darak gapning xabar, axborot beruvchi, ta’kidlovchi xarakterdagi turlari keng qo‘llaniladi. Odatda so‘roq, undov
mazmunidagi gaplar, shuningdek murakkab qo‘shma gaplar ishlatilmaydi. Hujjatlarni madaniy tuzilishda, tayyorlashda, imlo va tinish belgilari, xatboshiga alohida e’tibor berish zarur. Hujjat nomi- sarlavhalardan keyin o‘zbek tilida qoidalarga muvofiq nuqta qo‘yilmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : Uz gazeta malumotlari .
E’TIBORINGIZ UCHUN KATTA RAHMAT
Yüklə 112,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin