Wi-BRO (WIRELESS BROADBAND): 802.16 d/e NING SIMULYaTsION
MODELI
Telekommunikatsiya sohasidagi dunyo olimlari simsiz aloqa texnologiyalarini
rivojlantirish maqsadida ko’plab ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Buning
natijasida yangi texnologiyalar paydo bo’lmoqda.
Simsiz aloqa tizimlari rivojlanishi natijasida foydalanuvchilar uchun keng va
qulay imkoniyatlar paydo bo’ldi. Ular mobil telefon apparati yoki simsiz aloqa
vositasi yordamida internet tarmog’iga katta tezlikda ulanish, fayl va turli
ko’rinishdagi axborotlarni uzatish tarmog’i orqali uzatib qabul qilish kabi
xizmatlar turidan foydalanish uchun etarlicha imkoniyatlarga ega bo’ldilar.
Zamonaviy simsiz aloqa texnologiyalariga Wi-Fi, Wi-Max va Wi-Bro misol qilib
ko’rsatish mumkin. Bu texnologiyalardan ko’pgina davlatlarda keng
foydalanilmoqda.
O’zbekistonda ham bu borada ko’pgina ishlar amalga oshirilib,
foydalanuvchilar tomonidan katta qiziqishlar yuzaga kelishiga sabab bo’linmoqda.
Mamlakatimizdagi aloqa sohasida faoliyat yuritadigan kompaniyalar, qo’shma
korxonalar va internet servis provayderlar, jumladan, Huawei Technologies Co
Ltd., East Telecom, Sharq Telecom, MaxLine kabilar simsiz aloqa texnologiyasini
telematika xizmatlaridan foydalanishga joriy qildilar.
Simsiz aloqa texnologiyasining eng so’nggi avlodi IEEE 802.16 d/e standarti
bo’lib, unga Wi-Bro, ya’ni “keng yo’lakli simsiz aloqa” deb nom berildi. Uni Wi-
Fi, Wi-Max larning takomillashgan versiyasi deb hisoblash mumkin. Wi-Bro
texnologiyasini ilk bora 2005 yil Koreyada Samsung Electronics kompaniyasi
foydalanishga taqdim etdi. Koreya bu texnologiya bo’yicha eng etakchi davlat
hisoblanadi. 2007 yilning avgustida Toshkentda bo’lib o’tgan “IT” forumda koreys
mutaxassislari bu texnologiyani O’zbekistonda ham joriy etish taklifi bilan chiqdi.
Hozirgi kunda davlatimizda bu texnologiyani joriy qilishning texnik-
ekspluatatsion, moliyaviy, unga bo’lgan talab va taklif va shu kabi boshqa
jihatlarini o’rganib chiqilmoqda. Tez orada bu texnologiyani tarmoqlarimizga joriy
qilish ham amalga oshish bo’sag’asida turibdi.
Aynan shularni e’tiborga olib, bizning mutaxassislarimiz o’z nazariy va amaliy
bilimlarimizni bu texnologiyaning rivoji va O’zbekistonda qo’llanilishi uchun sarf
qilish maqsadida loyihalar ustida izlanishlar olib bormoqdamiz. Chet el
mutaxassislarining ilmiy ishlarini o’rganib, o’zimizning loyihalarimizni
takomillashtirish oldimizga qo’yilgan dolzarb vazifalarimizdan biridir. Ular ushbu
ishda Wi-Bro texnologiyasi asosida qurilgan aloqa tizimining tashkil etuvchi
komponentlaridan foydalanish, uning muhim jihatlarini o’rganish uchun imitatsion
modellashtirish dasturi yordamida uning muhim masalalari, MAS sathining
samarali o’tkazuvchanligi, resurslardan foydalanish samaradorligi, QoS ta’minoti
kabilarning simulyasiyasini ko’rib chiqdilar.
IEEE 802.16 d/e standartiga asosan keng yo’lakli simsiz ulanish tizimi BWA
(Broadband Wireless Access) ning fizik PHY va MAS sathlari mavjud bo’lib,
ularni bazaviy va abonent stantsiya (B&SS- Base&Subscriber Station)sifatida
ifodalash mumkin. Ushbu texnologiyaning afzalligi shundaki, olis masofadagi
foydalanuvchilar osongina yuqori tezlikli keng yo’lakli simsiz aloqa xizmatlaridan
foydalanish muhitiga osongina ulanish, kirish imkoniyatiga ega ekanligidadir. Bu
mavjud bo’lgan simli va sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlariga qaraganda moliyaviy
jihatdan archa arzondir. Bundan tashqari 802.16 standarti 802.11 standartiga
qaraganda bir necha foydalanuvchilarga bir vaqtning o’zida WWW muhitiga kirish
imkoniyatini beradi. Shuningdek 802.16 standarti nafaqat fiksirlangan BWA
(802.16 d) tizimlari uchun, balki mobil BWA (802.16 e) tizimlari uchun ham
mo’ljallangan. Wi-Bro va boshqa simsiz aloqa texnologiyalari ma’lum bir chastota
diapozonida ishlaydi. Radio kanallar uchun chastota diapozonlarini ajratib berish
aloqa sohasiga mutasaddi korxonalar va elektromagnit moslashuv markazi bilan
kelishilgan holda amalga oshiriladi. Wi-Bro tizimi (Wi-Bro texnologiyasi asosida
qurilgan) uchun 100 MHz chastota diapozoni etarli hisoblanadi. Bu boshqa mobil
aloqa tizim chastota diapozoniga (GSM 1800, 1900 MHz; CDMA 450, 900 MHz )
qaraganda deyarli 18-19 barobar kichikdir. Demak, bu tizimning inson
salomatligiga zarari ancha kamdir.
Wi-Bro tizimida ham aloqani taxminlovchi radio kanallar mavjud. Ular uplink
(UL – BSdan SSga signallarni uzatuvchi radiokanal) va downlink (DL – SSdan
BSga signallarni uzatuvchi radiokanal) deb nomlanuvchi fiksirlangan vaqt
oralig’lariga bo’linadi va ular “freym” deb ataladi. 802.16 standartiga asosan
freymlarni vaqt bo’yicha taqsimlash orqali dupleks (TDD – Time Division Duplex)
kanallar hosil qilinadi. Wi-Bro tizimida radiokanallarni ortogonal chastota
bo’yicha taqsimlashli ko’p kirishli (OFDMA – Orthogonal Frequency Division
Multiple Access) TDD ishlatiladi. OFDMA TDD asosida hosil qilingan freymning
5 msek teng bo’lib, ular “simvol” deb nomlanuvchi aniq vaqt oralig’idagi mantiqiy
birliklar ketma-ketligidan iborat. Freymning strukturasiga e’tibor beradigan
bo’lsak, 27 ta simvol DL, 15 ta simvol UL uchun ajratilgan. Uning tuzulishi
quyidagi rasmda keltirilgan:
4-rasm. Wi-Bro OFDMA TDD freym strukturasi
Bu erda MAP – freymning boshqaruvchi qismi bo’lib, u o’z navbatida DL va
UL pulsatsiya oqimlarini boshqaruvchilaridan iborat. Freym 16 ta radiokanallardan
iborat bo’lib, bu kanallarda uzatiluvchi va qabul qilinuvchi axborot oqimlari
joylashtiriladi. SS dan BS orqali ma’lumotlar kontenti manbaiga (DTG – Dinamic
Traffic Generator) so’rov paketlari jo’natiladi. O’z navbatida DTG ham SS ga
tasdiq paketini yuboradi va ma’lumotlar almashunivi amalga oshiriladi.
O’rganilayotgan loyihada foydalanuvchilar quyidagi tur ilovalardan foydalanadi:
VoIP (Voice over IP) – tovush ma’lumotlari
Video streaming – video ma’lumotlar
HTTP (Hyper Text Transfer Protocol) – internet xizmati
FTP (File Transfer Protocol) – fayllar almashinuvi
XULOSA
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, simsiz aloqa texnologiyasi rivojlanishi
natijasida qimmat bo’lgan simli va sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlaridan kam
foydalanilib, iqtisodiy jihatdan tejamkorlikka erishish mumkin. Bunday
texnologiyalarni qo’llash orqali foydalanuvchi mobil va statsionar holatda,
ixtiyoriy geografik muhitda ham aloqa almashinuvini va boshqa aloqa
xizmatlaridan samarali foydalana oladi va vaqtdan ham, iqtisodiy jihatdan yutuqqa
erishiladi.
Shularni e’tiborga olib, biz ham Wi-Fi, WiMax va Wi-Bro texnologiyalarining
ochilmagan qirralarini o’rganish, ularni qo’llash choralarini topish, parametrlarini
optimallashtirish va yangi ko’rinishdagi tarmoq topologiyalarini loyihalashtirish
oldimizga qo’yilgan dolzarb va muhim masaladir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qosimov S.S “Axborot texnologiyalari” texnik oliy o’quv yurtlari uchun
uslubiy qo’lanma. Toshkent.: “Aloqachi” 2006
2. Internet ma’lumotlari.
3. www.forum.uz , www.evo.uz , google.co.uz , www.tuit.uz saytlari.
Dostları ilə paylaş: |