R = (1-p)xS + p x (S-D) = S-pxD, Bu yerda R – buzib o‘g‘rilik qiluvchining daromadi (return);
r - o‘g‘ri ushlanishi va jazolanishi mumkinligi ehtimoli (probability);
S - o‘g‘irlangan narsalar hajmi (stolen);
D - buzib o‘g‘rilik qiluvchining jazolanishi natijasida ko‘riladigan yo‘qotishlarning puldagi (dollar) miqdori.
Bu formula universal ahamiyatga ega va shaxsiy manfaatga qaratilgan jinoiy faoliyatning istalgan turlaridan – soliqlardan bo‘yin tovlash, banklarni o‘marish, kidneping, narkosavdo va h.k. lardan daromadlilikni hisoblash uchun foydalanilishi mumkin ekanligini qayd etamiz.
O‘zgaruvchilarni aniq hisoblashda jazolanish (D) natijasidagi yo‘qotishlarni to‘g‘ri hisoblash asosiysi hisoblanadi. Agar jarimaga hukm qilinsa, u holda huquqbuzarning yo‘qotishlarini baholash juda yengil kechadi. Qamoqxona jazosiga hukm qilingan jinoyatchi yo‘qotishlarini to‘g‘ri hisoblash qiyin. Bunday vaziyatda baholash muqobil xarajatlar usuli bo‘yicha amalga oshirilishi kerak: potensial mumkin bo‘lgan legal ish haqlarining o‘rtacha darajasi olinib (uni jinoyatchi hukm qilinish o‘rtacha muddatlari davomida olishi mumkin), u ozodlikda bo‘lgandagi miqdordan hukm qilingandagi o‘rtacha daromad miqdori (ya’ni bir hukm qilinganga qamoqxona ma’muriyati o‘rtacha xarajatlari) chegirib tashlanadi.
M.Sesnovitsning hisob-kitoblari quyidagi natijani berdi: jinoyatchilikdan sof qaytim o‘rtacha miqdori taxminan 120 dollarni tashkil etadi: tajovuzkorona o‘g‘irlik uchun jazolanish ehtimoli – taxminan 6%; o‘rtacha 40 oylik qamoqxona hukmidan kutilayotgan yo‘qotishlar - taxminan 5300 dollar; demak, buzib o‘g‘rilik qiluvchining kutilayotgan daromadi taxminan 200 dollarni tashkil etadi. Boshqacha aytganda, jinoyatchining o‘rtacha kutilayotgan sof daromadi manfiy miqdor bo‘lib chiqadi. Bu qonuniyat amalda barcha turdagi huquqbuzarliklarda namoyon bo‘ladi. Biletsiz yurishni yoqtiradigan har bir kishi kontrolyorni uchratish ehtimoliga va jarima miqdori muntazam biletsiz yurish zararli bo‘ladigan miqdorda bo‘lishi ehtimoliga ertami-kechmi ishonch hosil qiladi
Agar jinoyatchining o‘rtacha kutilayotgan daromadi noldan kichik bo‘lsa, jinoyatchi ratsionalligini tasdiqlash mumkin bo‘ladimi? Mumkin! Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida risk iqtisodiyoti maxsus bo‘limi mavjud. Iqtisodchilar ratsional xo‘jalik xattiharakatlarining uchta har xil turlarini ajratadilar: riskka moyillik, riskka betaraf munosabat va riskdan qochish. Jinoyatchilarning fe’latvori - bu riskka moyillar fe’l-atvoridir, demak, jinoyatchilikka riskli biznes turi sifatida qarash mumkin. Legal iqtisodiyotda birjadagi ko‘plab o‘yinchilar, ko‘ngilochar (azart) o‘yinlar ishqibozlari, ayrim tadbirkor-novatorlar o‘zini shu tariqa tutadilar. Qandaydir faoliyat turi (shu jumladan, jinoiy) qanchalik riskli hisoblansa, risk ishqibozlari o‘rtacha real daromadlari shunchalik past bo‘ladi. Shu sababli jinoyatchilar daromadlari ular legal iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, olishlari mumkin bo‘lgan ish haqidan odatda past bo‘ladi.
Agar M.Sesnovits tomonidan namoyish etilgan yondoshuvni umumiyroq ko‘rinishda tasavvur qilsak, u holda jinoyatchilarning fe’l-atvori kutilayotgan foydalilikni maksimallashtirish sifatida namoyon bo‘ladi. G. Bekker huquqbuzarliklarni amalga oshirishdan kutilayotgan foydalilikni quyidagi formula orqali ifodalagan: