Iqtisodiyotning kriminallashishiga qarshi kurash yo‘llari. Iqtisodiy jinoyatlar - milliy iqtisodiyotga, uning tarmoqlari yoki sohalariga ziyon yetkazadigan yoki ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan va jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik). Bunday jinoyatlarning sodir etilishi natijasida JINOYAT IQTISODIYOTI Qonun ustuvorligi O‘lim jazosi Jinoyatga qarshi kurashish vositalari O‘lim jazosining salbiy va ijobiy tomonlari Korrupsiya va iqtisodiy o‘sish Noqonuniy faoliyatlar Sug‘urta va o‘zini-o‘zi himoya qilish tadbirlari jamiyat, jamoat birlashmalari yoki ayrim fuqarolarga moddiy ziyon yetkaziladi, jamiyatning iqtisodiy negizlariga tajovuz qilinadi. Iqtisodiy jinoyatga:
1) o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish;
2) o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlar;
3) iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar;
4) xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentiga aylantirildi. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 23-may kuni imzolangan farmonida ko‘zda tutilgan. Hujjatda departament vazifalari va vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati budjet mablag‘larini talon-taroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish holatlari davom etayotgani bilan izohlanadi.
Departament Bosh prokuratura huzuridagi mustaqil ixtisoslashgan huquqni muhofaza qilish organi hisoblanadi. U iqtisodiy va korrupsion jinoyatlar, jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish holatlari bo‘yicha tezkor qidiruv faoliyatini olib borish, tergov oldi tekshiruvini o‘tkazish, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan jinoyatlar natijasida yetkazilgan zararlar o‘rnini qoplash kabilarni amalga oshiradi.
Departament tuzilmasida Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi, Axborot-tahlil bo‘limi va Tashkiliynazorat bo‘limi tashkil etildi. 2018 yil 1-iyuldan prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import shartnomalari kompleks ekspertiza markazi departamentga shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi zarur axborotlarni taqdim etishni boshlaydi. Departamentga Markaziy bank va Moliya vazirligidan bank hisoblari va yagona g‘aznachilik hisobi bo‘yicha davlat pul mablag‘lari harakati bilan bog‘liq ma’lumotlarni so‘rash va olish huquqi berildi.
Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilandi:
Birinchidan, iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni kompleks tahlil qilish hamda qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ikkinchidan, insofli tadbirkorlar, chet el investorlarini ular faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlarining noqonuniy aralashuvidan himoya qilish, biznesni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchisun’iy byurokratik to‘siq va g‘ovlarga chek qo‘yish, importni optimallashtirishga va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashish;
Uchinchidan, budjet tizimi budjetlari mablag‘larini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish, davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish, davlat organlari va tashkilotlarida debitor hamda kreditor qarzdorlikning asossiz ortishi holatlarini aniqlash, yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘rish;
To‘rtinchidan, yoqilg‘i-energetika kompleksida, bank-moliya, soliq, transport, qurilish va ijtimoiy sohalarda iqtisodiy jinoyatlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini, shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
Beshinchidan, davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish holatlariga qarshi kurashish, chet el valyuta mablag‘lari noqonuniy ravishda chiqib ketishi, olib kirilishi va olib chiqilishi, ularning noqonuniy muomalasi, “xufyona iqtisodiyot”ni shakllantirishning turli sxemalari va kanallarini aniqlash;
Oltinchidan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar narxlarini manipulyatsiya qilish, ularga bo‘lgan sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirish, shuningdek, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari aylanmasi bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarga qarshi kurashish;
Yettinchidan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining samarali ijro etilishini ta’minlash;
Sakkizinchidan, iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha chet davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborot almashish;
To‘qqizinchidan, iqtisodiy va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning oldini olish bo‘yicha keng tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan 2019 yilda iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya bo‘yicha 2114 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan poraxo‘rlikka qarshi kurashish borasida 445 ta jinoyat aniqlandi.
Iqtisodiy jinoyatlar, xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida: – 4019 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 1886 ta ma’muriy va 2114 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
O‘tkazilgan tadbirlar natijasida:
– 557 ta yashirin sex yuritish bilan bog‘liq jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 4,9 mlrd. so‘mlik noqonuniy ishlab chiqarilgan mahsulot (xom ashyo) olib qo‘yildi;
– 1884 ta sub’ektning faoliyatiga qonuniy tus berilib, 2001 ta yangi ish o‘rini yaratildi;
– poraxo‘rlikka qarshi kurashish borasida 445 ta jinoyatlar aniqlandi;
– 401 mlrd. so‘mlik soliq va to‘lovlar qo‘shimcha hisoblanib, 146 mlrd. so‘mi undirildi;
– valyuta sohasida 1.395 ta huquqbuzarlik aniqlandi;
– 1,8 mln. dollar miqdorida naqd chet el valyutasi va 4,1 mlrd. so‘m milliy valyuta olib qo‘yildi;
Tibbiyot buyumlari va dori-darmon bilan savdo qilish qoidalari hamda narxlarni belgilash tartibi buzilishini oldini olish maqsadida:
– savdo qoidalari va narxlarni belgilash bilan bog‘liq 82 ta holat aniqlandi;
– 775 mln. so‘mlik tovarlar olib qo‘yildi; – 30 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi