Mavzu : Voleybolning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi. Reja


Voleybol o`yining sobiq ittifoqda vujudga kelishi va rivojlanishi



Yüklə 113,5 Kb.
səhifə4/7
tarix05.05.2023
ölçüsü113,5 Kb.
#108132
1   2   3   4   5   6   7
Voleybol

Voleybol o`yining sobiq ittifoqda vujudga kelishi va rivojlanishi.

Voleybol sobiq Ittifoqda 1920 – 1921 yillarda o`rta Volga (Qozon, Nijniy, Mavgaliya noxiyalarida tarqala boshladi. 1922 yildan boshlab voleybol Vseovuch (umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibida kiritildi.


Moskvada voleybol bilan shugillanishga san‘at va teatr vakillari kirishdilar. 1923 yilda tashkil etilgan Dinamo jamiyat sportining boshqa turlari bilan bir qatorda voleybolni ham targ’ib qila boshladi.
Xuddi shu yillarda voleybol Uzoq Sharqda – Xabarovsk va Vladivostokda paydo bo’lgan. 1925 yillarda esa Ukrainada rivojlana boshladi.

SSJI da jismoniy tarbiya va sportning keyingi taraqqiyoti uchun RKP vNK 1925 yil 13 iyul qarori katta ahamiyatga ega bo’ldi. Unda ommani tarbiyalashning samarali usullaridan biri bo’lgan jismoniy tarbiya va sportni keng rivojlvntirish zarurligi uqtirib o`tildi. Markaziy qo’mita qarori voleybolning toboro taraqqiyot etib borishiga kuchli ta‘sir ko’rsatdi. Sovet davri voleybolchilari o’z oldilariga mamlakatga voleybolni ommalashtirish, tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, texnika va taktikani mukammallashtirish, o’yinchilarni har tomonlama jismoniy tayyorgarligini yuksaltirish kabi qator vazifalarni qo’uydilar. Voleybol hamma yerda tarqala boshladi. Shu bilan bog’liq ravishda musobaqalarning yagona qoidalarini ishlab chiqish zaruriyati tug’ildi.


1925 yilning yanvarida Moskva jismoniy tarbiya kengashi voleybol bo’yicha musobaqalarning birinchi rasmiy qoidalarini tuzib tasdiqladi. To’rning balandligi – ayollar uchun 2 m 20 sm va erkaklar uchun 2 m 40 sm qilib belgilandi. Ayollar jamoalarida o’yin 15x 7,5 o’lchamdagi maydonchada o’tkaziladigan bo’ldi.


1926 yillarda voleybol faqatgina Moskvada emas, balki Ukrainada, Shimoliy Kavkazda, Kavkazortida, Uzoq Sharq va O’rta Volga o’lkalarida ham keng tarqaldi.

SSJI voleyboliga taalluqli muhim voqealardan biri 1928 yilning avgustida birinchi Butunittifoqida, Uzoq Sharqda va o’rta Volga o’lkalarida ham keng tarqala boshladi. Moskva ayollari jamoasi g’olib chiqdi.


Birinchi butunittifoq spartakiadasida voleybolchilarning uchrashuvlari musobaqa qoidalarining alohida bandlarini yagona
tartibda izohlash uchun imkon berdi. Bu yerda ayollar jamoalari birinchi bor normal o’lchovli maydonchalarda (18 x 9 m) o’ynaydilar.

Shuni ta’kidlash kerakki, terma jamoalarning Butin ittifoq spartakiadasiga tayyorlanishi voleybolni joylarda ommaviy ravishida rivojlanishiga turtki bo’ldi. Butinittifoq spartakiadiasi arafasida o’tkazilgan Ukraina birinchiligida jumxuriyatning viloyat shaharlardan 21 jamoasi ishtirok etdi. Kavkazorti eng kuchli jamoasini aniqlash uchun Boku, Tbilitsi va Yerevan shaharlarining jamoalararo uchrashuvlar o’tkazildi.


1931 yilda BLKYeI tashabbusi bilan mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning asosi bo’lgan «mexnat va mudafoda tayyor» Butinittifoq kompleksi ta‘sis etildi. Bu tadbirda voleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklarini yuksaltirishdagina emas, balki yoshlarni voleybol mashgulotlariga jalb etishga ham imkoniyat yaratdi.


1932 yildan avval «voleybolchilarning Butinittifoq bayrami» deb atalgan «sobiq ittifoq» birinchiliklari muntazam o’tkazila boshladi.

1935 yil o’yinchilarning xalqaro uchrashuvlarida birinchi bor kuch sinashib ko’rganligi tarixda o’chmas iz qoldirdi. Toshkentda va Moskvada voleybolchilarimizning Avg’oniston jamoasi bilan ikkita o’rtoqlik uchrashuv bo’lib o’tdi. O’yin Avg’on qoidalari bo’yicha o’tkazilganligiga qaramasdan (jamoada 9 o’yinchi bor edi, o’yin 22 ochkoda davom etdi o’yinchilar maydonda joy almashmadilar) sovet voleybolchilari osongina goliblikka erishdilar.


1936 yilning eng ommaviy o’yinlaridan biri VSPS Kubogi uchun 100 dan jamoa bilan o’tgan musobaqalar bo’ldi. Kubokni Moskvaning ayollar va erkaklar jamoasi «Medik» qo’lga kiritdi.

Voleybolning texnik va taktikasigina emas, musobaqa qoidalari ham o’zgarishda davom etardi. Ya‘ni 1935 yilda erkaklar uchun to’r balandligi 2 m 45 smga ko’tarildi 1937 yildan esa ayollar uchun 2 m 25 sm bo’lib qoldi.


Maydonchada hujum chizig’i belgilanadi va old hamda orqa o’yinchilari degan tushuncha paydo bo’ldi.

O'yin 18x9 metr o'lchamdagi to'rtburchak maydonda o'ynaladi. Voleybol maydoni o'rtada to'r bilan bo'lingan. To'rning balandligi erkaklarda 2,43 m, ayollarda 2,24 m.O'yin aylanasi 65-67 sm, og'irligi 260-280 g bo'lgan sharsimon shar bilan o'ynaladi.


Ikkala jamoaning har birida 14 tagacha o'yinchi bo'lishi mumkin va 6 nafar futbolchi istalgan vaqtda maydonda bo'lishi mumkin. O'yinning maqsadi - to'pni xujum zarbasi bilan polga, ya'ni raqibning yarmi maydonining o'yin maydoniga urish yoki uni xatoga yo'l qo'yishdir. O'yin lot bo'yicha xizmat ko'rsatish orqali to'pni o'yinga kiritish bilan boshlanadi.
To'p xizmat ko'rsatish va muvaffaqiyatli miting orqali o'yinga kiritilgandan so'ng, xizmat ochkoni yutgan jamoaga o'tadi. Sayt o'yinchilar soniga ko'ra shartli ravishda 6 zonaga bo'lingan. Har bir o'tishdan so'ng, xizmat ko'rsatish huquqi bir jamoadan ikkinchisiga nuqta o'tkazish natijasida o'tadi, o'yinchilar soat yo'nalishi bo'yicha keyingi zonaga o'tadilar.



Yüklə 113,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin