17-modda. Mudofaa ishlari bo‘yicha organlarning yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari Mudofaa ishlari bo‘yicha organlar:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
yoshlarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligini tashkil etishda ishtirok etadi;
yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir tadbirlarda ishtirok etadi;
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.
Mudofaa ishlari bo‘yicha organlar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 18-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ishtirok etishi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan yosh fuqarolarga qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatadi;
(18-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning jamiyat hayotidagi roli va faolligini oshirishga, sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalashga, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi;
yoshlarni tarbiyalash masalalari yuzasidan ta’lim muassasalari va boshqa muassasalar bilan hamkorlik qiladi;
tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda yoshlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi;
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonunchilikning ijro etilishi, davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning ro‘yobga chiqarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
(18-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda boshqa organlar va muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)