Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish 22-modda. Yoshlar huquqlari va erkinliklarining kafolatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda qonunga muvofiq har bir yosh fuqaroning huquqlari va erkinliklari kafolatlanadi.
Yosh fuqarolarning huquqlari va erkinliklari cheklanishi mumkin emas, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
Oldingitahrirga qarang. Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, yoshlarning huquqlari va erkinliklarini biror bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi hamda bunday cheklash qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) . Davlat voyaga yetmaganlarni jazoni ijro etish muassasalarida va ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida saqlashda shaxsning huquqlariga va qadr-qimmati hurmat qilinishiga, insonparvarlik prinsiplariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Voyaga yetmaganlar uchun ular sodir etgan huquqbuzarlikning og‘irlik darajasi va ularning yoshi hisobga olingan holda jazoni ijro etish muassasalarida va ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida qonunchilikka muvofiq tabaqalashtirilgan rejimda saqlash nazarda tutiladi.
(22-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 23-modda. Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish kafolatlari Qonunchilikda belgilangan tartibda yoshlar uchun quyidagilar kafolatlanadi:
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi;
bepul umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim olish;
davlat ta’lim muassasalarida davlat grantlari doirasida bepul kasb-hunar va oliy ta’lim olish;
(23-moddaning birinchi qismi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonunitahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son) davlat sport-sog‘lomlashtirish va madaniy-ma’rifiy muassasalariga borish uchun shart-sharoitlar yaratish;
uy-joy qurish, olish va uni rekonstruksiya qilish uchun imtiyozli kreditlar berish;
ta’lim muassasalarida o‘qish uchun imtiyozli kreditlar berish;
yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni turar joylar bilan ta’minlash;
o‘rta maxsus, kasb-hunar yoki oliy ta’lim muassasasini bitirganidan keyin bandlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish;
mehnat sohasida yoshga doir o‘ziga xosliklarni inobatga olgan holda imtiyozlar berish va ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borish uchun shart-sharoitlar yaratish;
ijtimoiy infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish va qurish chog‘ida yoshlarning ehtiyojlarini hisobga olish;
jamoat transportidan foydalanishda imtiyozlar berish.
Ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan yosh fuqarolarni ishga joylashtirishga yordam qo‘shimcha ish o‘rinlari va ixtisoslashtirilgan korxonalarni barpo etish, o‘qitish bo‘yicha maxsus dasturlarni tashkil etish, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yoshlarni ishga joylashtirish uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda ish joylarining eng kam miqdori zaxirasini yaratish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Kam ta’minlangan yosh oilalarga qonunchilikda belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralari ko‘rilishi mumkin.
O‘quv jarayoni vaqtida o‘quvchilar va talabalarni jamoatchilik ishlariga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan ular tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos va o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotining shakli bo‘lgan hollar yoxud o‘quvchilar va talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtida ixtiyoriy mehnat qilgan hollar mustasno. Mazkur mehnat faoliyatiga mehnat to‘g‘risidagi yoki fuqarolik qonunchilikka muvofiq shartnoma mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Qonunchilikda yoshlarni ijtimoiy himoya qilishning boshqa kafolatlari ham berilishi mumkin.
(23-moddaning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)