24-modda. Yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari Yosh fuqarolar va yosh oilalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat tomonidan quyidagilar vositasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari nazarda tutilishi mumkin:
oilaviy hayotga oid muammolar, psixologik-pedagogik, huquqiy va boshqa masalalar yuzasidan maslahatlar berish tizimini rivojlantirish;
yoshlarga ijtimoiy xizmat, ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari tizimini rivojlantirish;
yoshlarning dam olishi va ularni sog‘lomlashtirishni tashkil etish tizimini rivojlantirish.
Oldingitahrirga qarang. Qonunchilikda yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa qo‘shimcha chora-tadbirlari ham nazarda tutilishi mumkin.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 25-modda. Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash:
qonunchilikda belgilangan tartibda mukofotlar, stipendiyalar belgilash, ta’lim grantlari taqdim etish;
(25-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) fan, madaniyat va san’at sohasida ijodiy ustaxonalar va maktablarni tashkil etishga ko‘maklashish;
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida sport seksiyalari, fan, texnika to‘garaklari va ijodiy to‘garaklar faoliyatini tashkil etish;
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida tanlovlar, olimpiadalar, ko‘rgazmalar, festivallar, ko‘riklar, konsertlar, simpoziumlar, o‘qishlar, konferensiyalar, seminarlar tashkil etish hamda o‘tkazish;
yoshlarga oid xalqaro tajriba almashuvi;
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda o‘qitish, qayta tayyorlash va amaliyotni o‘tash dasturlaridan tanlov asosida foydalanishini ta’minlash;
ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy ishlarni o‘tkazish uchun yosh mutaxassislar va olimlarga shart-sharoitlar yaratish, yosh olimlarning ishlanmalarini amaliyotga joriy etishga ko‘maklashish, shuningdek yoshlarning kadrlar salohiyatini saqlab qolish hamda rivojlantirish;
sport-ta’lim muassasalari, klublari tarmoqlarini rivojlantirish, iqtidorli va iste’dodli yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida sport musobaqalarini o‘tkazish;
iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni qonunchilikda belgilangan tartibda rag‘batlantirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(25-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Qonunchilikda iqtidorli va iste’dodli yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa chora-tadbirlari ham nazarda tutilishi mumkin.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonunitahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)