Yerdan foydalanish kafedrasi,
i.f.d
Altiyev Abdurashid Sultonovich
Yerdan foydalanishning ko’pmaqsadliligi
va ko’pfunktsionalliligi. Jamiyat va
iqtisodiyotda yerdan foydalanish va yer
munosabatlari
МАVZU
03
YERDAN FOYDALANISH
IQTISODIYOTI
FAN:
Reja
• Yerdan foydalanishning ko‘p maqsadliligi va
ko‘pfunksionalliligi
• Yerdan foydalanishning iqtisodiy, ekologik,
ijtimoiy samaradorliklari tushunchalari
• Jamiyat va iqtisodiyotda yerdan foydalanish va
yer munosabatlari
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Jamiyat va iqtisodiyot tomonidan yer resurslaridan foydalanish
tinimsiz xarakterga ega bo„lgan ob‟ektiv jarayonni aks ettiradi, chunki
jamiyat va iqtisodiyot o„zining moddiy va boshqa manfaatlarga bo„lgan
doimiy o„sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish uchun yerdan
foydalanishni to„xtata olmaydi, siklli takror ishlab chiqarish jarayoni
kechadi. Chunki, foydalanilayotgan yer resurslari doimiy rivojlanuvchi
jamiyat va iqtisodiyotning zarur manfaatlarini muttasil qondirish
maqsadida takror ishlab chiqishni talab qiladi, jamiyat va
iqtisodiyotning har xil moddiy va boshqa turdagi ehtiyojlarini qondirish
talablari sababli ko„pmaqsadli va ko„pfunksiyali xarakterga ega.
Yerdan foydalanishning
ko‘p maqsadliligi va
ko‘pfunksionalliligi
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Shuni e‟tiborga olgan holda quyidagi 3.1-sxemada yer resurslaridan
foydalanish tizimi yerning o„ziga xos xususiyatlari bilan o„zaro bog„liqligi
ifodalangan bo„lib, bunda yer ko„p maqsadli va ko„p funksional ob‟ekt sifatida
qaralmoqda va uning to„rtta qirrasi, ya‟ni “tabiiy resurs”, “iqtisodiy resurs-
kapital”, “ko„chmas mulk ob‟ekti” va “xo„jalik yuritish ob‟ekti” sifatidagi
xususiyatlari har biri bo„yicha alohida tahlil qilishni taqozo qiladi. Tahlil
natijalariga ko„ra, ular o„rtasidagi o„zaro bog„liqlik va yerning ko„p funksionallik
xususiyatlari yerdan foydalanish tizimining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarida
o„z aksini topishining o„ziga xos modeli sifatida baholash mumkin.
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Yer makon asosi (inshoot va imoratlarni joylashtirish uchun) bo„lish bilan bir qatorda ishlab
chiqarish vositasi, qishloq va o„rmon xo„jaligida esa, asosiy ishlab chiqarish vositasi ham bo„lib
hisoblanadi – yerning unumdorligi mahsulot ishlab chiqarishga bevosita ta‟sir etadi va ko„pchilik
hollarda uning natijasini belgilaydi. Boshqa tarmoq va sohalarda yer va uning unumdorligi bunday
tavsifga ega bo„lmasada, u xo„jalik yuritishda muhim ishlab chiqarish vositasi bo„libgina qolmasdan,
balki ishonchli aktiv va kapital ham hisoblanadi. Shuning uchun ham yer jahon amaliyotida “asosiy
kapital” tushunchasiga kiritiladi va uning moddiy va ma‟naviy jihatdan eskirish xususiyatiga ega
bo„lmasligi uni “tabiiy resurs”, “ko„chmas mulk ob‟ekti” va “xo„jalik yuritish ob‟ekti” sifatidan ham
ko„ra ko„proq “iqtisodiy resurs-kapital” sifatida tadqiq etishga e‟tibor beriladi.
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Bunday yondashuv esa, birinchidan, yer resurslaridan foydalanish tizimi va uning tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmlariga oid ilmiy qarashlarning shakllanishiga, ikkinchidan, yer resurslaridan
foydalanish jarayoniga ta‟sirchan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm usullarini qo„llash orqali yer
resurslaridan samarali foydalanishni rag„batlantiruvchi uslublarni joriy qilishga va, uchinchidan,
yer egasi va yerdan foydalanuvchilarning manfaatlari doirasini ilmiy asoslangan holda aniqlash
imkonini beradi.
Xulosa o„rnida ta‟kidlash lozimki, nazariy jihatdan, avvalo yerni ko„p funksional ob‟ekt
sifatida ifodalovchi “tabiiy resurs”, “iqtisodiy resurs-kapital”, “ko„chmas mulk ob‟ekti” va
“xo„jalik yuritish ob‟ekti” tushunchalarining o„ziga xos xususiyatlarini to„g„ri talqin qilish va
ular orasidagi farq va chegarani aniq belgilab olgandan so„nggina yerlarni soliqqa tortish, ularni
kredit uchun garov ta‟minoti sifatida baholash, yer uchastkalarini xususiylashtirish va boshqa
iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish haqida gapirish mumkin.
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Ma‟lumotlarni tahlil qilish yer kurrasining umumiy maydoni, ya‟ni sathi 510
mln km
2
yoki 51 mlrd gektarni tashkil etishini ko„rsatadi. SHundan 134 mln
km
2
yoki 13,4 mlrd gektari yer fondidir. U qit‟alar bo„yicha quyidagicha
taqsimlangan: jumladan Osiyo qit‟asida 33,1 foiz, Yevropada – 8,0 foiz,
Afrikada – 22,5 foiz, Amerikada (shimoliy va janubiy) – 30,1 foiz va nihoyat
Avstraliya hamda Okeaniyada – 6,3 foiz. O„zbekistonning yer fondi 2019
yilning 1 yanvariga ko„ra 44896,8 ming gektarni tashkil etadi. Jahonning
hamda O„zbekiston Respublikasining yer fondini amaliy jihatdan bir gektarga
ham ko„paytirish imkoni yo„q. Shuning uchun ham yer fondi iqtisodiyotda
miqdor va sifat jihatidan cheklangan resurslar tarkibiga kiritilgan. Lekin ushbu
resurslarga jahondagi kabi O„zbekistonda ham ehtiyoj va talab yil sayin oshib
bormoqda. Bunga eng asosiy sabab, birinchidan, aholi sonining tobora o„sib
borishi bo„lsa, ikkinchidan, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning yer
resurslariga bo„lgan ehtiyojlarining to„xtovsiz oshib borishidir.
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Eng muhimi, urbanizatsiya va ekologik jarayonlarning yer fondi holatiga
salbiy ta‟siri natijasida yer resurslarining degradatsiyalashuvi oqibatida
foydalanish uchun iqtisodiy jihatdan qulay yerlarning kamayib borishi yer
fondining cheklanganligini yanada keskinlashtirib yubormoqda. Ayniqsa, aholi
sonining ko„payishi natijasida uning barcha turdagi (uy-joy, korxonalar)
qurilishlari uchun ma‟lum miqdordagi yer ajratilishi oqibatida foydalaniladigan
yer maydoni kamayib boradi. Bunday holat, qolgan yerlardan samarali va
to„liq foydalanishni taqozo etadi. Jahonning ayrim qit‟a va mintaqalarida
ushbu holat nihoyatda dolzarb muammoga aylanmoqda. Mazkur muammoning
yanada dolzarb bo„lishiga ko„plab omillar singari aholining joylashishi katta
ta‟sir qilmoqda. Masalan, jahon aholisining 60,55 % Osiyo qit‟asida, 11,15 %
Yevropada, 13,73 % Afrikada, 13,76 % Amerika qit‟asida va 0,81 % Avstraliya
va Okeaniyada joylashgan. Bugungi kunga kelib esa jahon aholisi 8,0
milliardga yaqinlashib qoldi.
Dostları ilə paylaş: |