Jamiyat va iqtisodiyotda yerdan foydalanish va yer munosabatlari
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Jamiyat va iqtisodiyotning taraqqiy
etishi bilan yerdan foydalanishning
xilma-xil shakllari vujudga keladi,
yerdan foydalanishning maqsad va
vazifalari yanada kengayadi.
Yerdan foydalanish
takomillashtirilmoqda, bu holat
yerdan foydalanish jarayonining
muntazam rivojlanib boruvchi
dialektik mohiyatini belgilab
beradi.
Yerdan ko„p yo„nalishli maqsadlarda
foydalanish O„zbekistonning yagona
davlat yer fondi tarkibida o„z aksini
topdi, unda mazkur belgilariga qarab
yer 8 ta toifaga ajratilgan. Yerdan
foydalanish maqsadlari toifalarining
mayda detallarini bayon etish bilan
birgalikda, yerning o„zi ham
maqsadlar tarkibiga ko„ra ma‟lum bir
kategoriyalarga tasniflangan.
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Jamiyat va iqtisodiyot taraqqiyotida yerning roli va undan foydalanish xususiyatlari
iqtisodiy nazariya klassiklari tomonidan to„liq o„rganilib, asarlarda yoritib berilgan. Yerdan
foydalanish xususiyatlari tashqi jihatdan uning jamiyatdagi ishlab chiqarish, fiskal, bozor,
ijtimoiy, rekreatsion-sog„lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilish kabi ko„p qirrali roli vositasida
namoyon bo„ladi. Yer aholining joylashadigan va insonning hayotiy faoliyati amalga
oshiriladigan joy, ishlab chiqarish vositasi, yer osti boyliklari, hayvonot va o„simliklar dunyosi
rivojlanishi uchun tabiiy asos sifatida namoyon bo„ladi. SHuning uchun yerdan foydalanish,
avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega. Yerdan rekreatsion va sog„lomlashtirish maqsadida
foydalanish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonga rekreatsion-sog„lomlashtirish mazmunini berdi, yerdan
foydalanish jarayonida tabiat muhofazasi talablarini ham inobatga olish ehtiyoji vujudga keldi.
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida yerdan foydalanish bozor
xususiyatlarini kasb etdi, bu esa, yerning jamiyat va iqtisodiyotda ijtimoiy-
iqtisodiy aloqalar va munosabatlarning muhim ob‟ekti sifatidagi rolini yanada
kuchaytirdi. O„z navbatida, jamiyat va iqtisodiyotning taraqqiy etib borishi bilan
yerdan ko„p yo„nalishli maqsadlarda foydalanish talablari murakkablashib
bormoqda, yerdan foydalanish shakllari va xususiyatlari o„zgarib bormoqda, bu
holatlar yerning dialektik, muntazam o„zgaruvchan xususiyatini belgilab beradi.
Jamiyatda yerning faoliyat shakllariga quyidagilar kiradi: qishloq va o„rmon
xo„jaligida – asosiy ishlab chiqarish vositasi; qishloq xo„jaligiga oid
bo„lmagan moddiy ishlab chiqarish, transport, savdo va xizmat ko„rsatish
tarmoqlarida – ishlab chiqarish vositasi; ijtimoiy va rekreatsion sohalarda –
jarayonlar uchun amaliyot bajarish makoni; yer bozori yoki yerga ijara
huquqi mavjud bo„lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida – tovar.
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Ma‟lum bir ilmiy adabiyotlarda yer amaliyot bajariladigan makon sifatida
foydalanish fakti qayd etilsa-da, yerning ijtimoiy va rekreatsion samaradorligini
aniqlash va baholash, jamiyat tomonidan yerdan foydalanish samaradorligini
baholash borasida izchil o„rganilgan chuqur tadqiqotlar mavjud emas. Yerdan
foydalanishning ekologik jihatlari ham yetarli darajada o„rganilgan emas.
Mamlakat
iqtisodiyotining,
jumladan
yerdan
foydalanishning
bozor
iqtisodiyotiga o„tishi bilan mazkur muammolar naqadar dolzarb ekanligi ma‟lum
bo„ldi.
Jamiyat va iqtisodiyotda yerdan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish (ijtimoiy,
rekreatsion, tabiatni muhofaza qilish)da resurs sifatida foydalaniladi. Shu sababli,
yerdan foydalanish usullarini o„rganishda uning ishlab chiqarish va noishlab
chiqarishda iste‟moli nazarda tutilishi kerak, bu esa yerdan foydalanishning ishlab
chiqarish va noishlab chiqarishdagi ahamiyatini belgilash imkonini beradi.
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
Yerdan tabiiy resurs sifatida foydalanish uning asosiy xususiyatlari bilan bog„liq. Jamiyat
faoliyatining turli sohalarida foydalanadigan yer boshqa ishlab chiqarish vositalariga
o„xshamaydigan, faqat o„ziga xos xususiyatlarga ega. Maxsus adabiyotlarda, ko„pincha,
yerning quyidagi xususiyatlari keltiriladi:
1. Ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanadigan yer tabiiy tarixiy jism bo„lib, ishlab
chiqarishning boshqa vositalari inson mehnati natijasi bo„lgani holda, yer – tabiat
mahsulidir.
2. Ishlab chiqarish jarayonida yer boshqa joyga ko„chmaydi, uning joylashgan o„rni
o„zgarmas bo„lib qoladi. Undan farqli ravishda, ishlab chiqarishning ko„pgina vositalarini
transportirovka qilinadi va zarurat tug„ilganida, makonda o„z o„rnini o„zgartira oladi. Shu
sababli, yerdan ishlab chiqarish vositasi sifatida imkon qadar to„liq va oqilona foydalanish
maqsadida korxona hududini shakllantirishda ishlab chiqarishning barcha elementlarining
to„g„ri joylashuvini nazarda tutish kerak bo„ladi.
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
3. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalarining barchasining moddiy va ma‟naviy eskirishi yuz
beradi. Buning natijasida, ulardan foydalanish samarasi pasayadi yoki butkul yo„qoladi va ishlab chiqarish
sohasidan soqit bo„ladi. Qishloq xo„jaligi va o„rmon xo„jaligida ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida
yer undan to„g„ri foydalanilganida, nafaqat emiriladi, aksincha, yaxshilanib boradi – uning unumdorligi
ortadi.
4. Yerning ustki qatlami tabiiy tarixiy jism bo„lib, yer sharining quruqlik qismi cheklangan va miqdori
o„zgarmasdir. Yerni ishlab chiqarish vositasi sifatida boshqa turdagi ishlab chiqarish vositasi bilan umuman
almashtirib bo„lmaydi. Shu bilan bir paytda, ishlab chiqarishning boshqa vositalari ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanish jarayonida uzluksiz miqdoriy o„zgarishi va zarurat tug„ilganida, biri boshqasi bilan
almashtirilishi mumkin.
5. Yer – planetadagi barcha mavjudot, jumladan insonning ishlab chiqarish vositasi sifatidagi faoliyatni
ta‟minlovchi barcha tabiiy resurslar va iqtisodiy muhit elementlarining saqlanib qolish asosidir.
6. Qishloq xo„jaligi ishlab chiqarish jarayonida yer va ishlab chiqarishning boshqa vositalari bo„lgan
irrigatsion kanallar, yo„llar, kollektor-drenaj tarmoqlari, gidrotexnik va dala inshootlari chambarchas
bog„liqdir.
YERDAN FOYDALANISH IQTISODIYOTI
7. Qishloq xo„jaligida yerdan ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanish boshqa tabiiy omillar (elektr nuri, suv,
havo, issiqlik) bilan kompleks ravishda amalga oshiriladi. Yerning bunday xususiyati texnologiyalarning
hududlarga moslashtirilishi, qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishini to„g„ri joylashtirilishi, alohida region, rayon,
korxonalarning ixtisoslashtirilishiga ta‟sir ko„rsatadi.
8. Ishlab chiqarishning barcha vositalari mehnat taqsimoti jarayoniga zamin hozirlaydi, yerdan ratsional
foydalanish esa, qishloq xo„jaligi ekinlarini almashlab ekish, tarmoqlarning uyg„unlashtirishni talab etadi. Yerning
ushbu xususiyati tor sohalarga ixtisoslashgan qishloq xo„jaligini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
9. Ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida yerdan faqat vegetatsion davrda foydalaniladi, ishlab chiqarishning
boshqa vositalaridan esa yil bo„yi, uzilishlarsiz foydalaniladi.
10. Yerni tabiiy resurs sifatida bozor munosabatlariga jalb etilishi unga tovarlik xususiyatini beradi, yerning ushbu
xususiyatini bozor narxini belgilashda va yer bilan bog„liq amaliyotlarni bajarishda inobatga olish kerak.
Yuqorida sanab o„tilgan yer xususiyatlari undan ishlab chiqarish va noishlab chiqarishda foydalanishning
umumiy shartlari sifatida yer resurslaridan barqaror foydalanishni ta‟minlashda muhim rol o„ynaydi.
Yerdan foydalanish kafedrasi,
i.f.d
Altiyev Abdurashid
Sultonovich
E'TIBОRINGIZ UCHUN RAHMAT!
+ 998 71 237 1947
abdurashidaltiyev62@gmail.com
Dostları ilə paylaş: |