Mavzu: 1-2 sinflarda sifatni o’rgatish jarayonida didaktik materiallardan foydalanish. Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism


-sinflarda sifatni o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanish usullari



Yüklə 127,54 Kb.
səhifə5/6
tarix17.10.2023
ölçüsü127,54 Kb.
#156516
1   2   3   4   5   6
1-2 sinflarda sifatni o’rgatish jarayonida didaktik materiallardan foydalanish.

4. 2-sinflarda sifatni o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanish usullari
2-sinflarda sifatni o’rgatishda didaktik materiallardan xarakter-xususiyat, xossa bildiruvchi sifatlar. Bunday sifatlar, ayniqsa inson xarakter-xususiyatini ifodalab kelgan so’zlar tilda juda ko’p qo’llanadi: yaxshi, badjahl, yoqimtoy, muloyim, ziyrak, mahmadona, dilkash va h.k
Bulardan bir turkumi inson, predmet va hayvonlarning xarak-ter-xususiyatini ifodalashda umumiy qo’llanadi, bir turkumi qsa faqat inson xarakteri yoki predmet xossasini ifodalashga xos bo’lib qolgan,
Xarakter-xususiyatlar, xossalar ijobiy va salbiy bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra, bunday sifatlar ijobiy va salbiy mazmun-ga ega. Bulardan tashqari, ijobiy ham, salbiy ham bo’lmagan (loqayd mazmunli) sifatlar mavjud.
1. Insonning xarakter-xususiyatiga xos: a) ijobiy sifatlar: muloyim, odobli, chapdast, chaqqon, abjir, ziyrak, mo’min, sodiq, yuvosh, mohir, pok, sipo, o’ktam, (kamtarin), asl, quvnoq; ozoda, sof, yaxshi, dadil, xushmuomala, rostgo’y, mehribon, va b.;
b) kishiga xos salbiy xarakter-xususiyatlarni bildiruvchi sifatlar ko’pincha ijobiy xarakter-xususiyatlarni bildiruvchn sifatlarga antonim sifatida qo’llanadi, ya’ni bu gruppa sifatlar kishilarning yoqimsiz, yaramas xususiyatlarini ifoda etadi: zolim, nokas, toshbag’ir, shafqatsiz, quv, ayyor. muttaham, rasvo, ablah, dog’uli, uquvsiz, g’ayir, tannoz, tamanno, takabbur, qabih, munofiq, olchoq., zukko, qo’rs, to’ng, mug’ombir. injiq, o’jar, lavang, o’noq, ishyoqmas, sulloh, galamis, xudbin, g’alcha, ikkshozla-michi va b.8
Kishilarga xos ijobiy yoki salbiy xususiyatlar uning gap-so’zini, o’y-niyatini, yoki tana a’zolarndan birini sifatlash orqali ham beriladi; Bunday sifatlar kishi bilan bog’langan holda yoki o’zi alohida bo’lishi mumkin: Ularning pok, nozik hislarini oyoq, osti qilgansiz (A. Muxtor). .. qalbining ezgu hislarini bir-ikkp qisqa so’zlar bilan aytib qo’yar edi (Oybek). Uning so’zlari bololarcha sodda, samimiy, lekin aniq va ravshan edi (Oybek). U ezgu tilakli, sof ko’ngil kishi. Jamila soddadil ayol. U sodda so’zlari, yurak otasha, oqilona boqishlari bilan, ..
.mehnatkashlar sinfiyai kurashga chaqiradi (Oyb ek). Qaeqdandir quvnoq kulgi eshitildi (A. M u x t o r). ...Qizning sofdilligi.. menda yashirinib yotgan eng pok tuyg’ularni yuzaga chiqargan edi (P. Qodirov). Ya x sh i gap bilan ilon inidan chiqadi deganlari rost ekan («Mushtum»).
Qo’li ochiq odam, ochiq ko’ngil kishi, tili shirin ayol, ko’ngli to’g’ri odam, qo’li egri, tili achchiq, nafsi buzuq kabilar ham xuddi shunday.
Kishi xarakter-xususiyatini berishda yuqorida zikr etilgan sifatlardan tashqari boshqa turkumdagi (holat, shakl, maza-ta’m, rang-tus bildiruvchi) sifatlardan ham foydalanadi. Bunday sifatlovchilar orqali ham kishilarga xos turli xarakter- xususiyatlar ochiladi:
Bir qaradi, ko’zi yomon o’tkir ekan., jonim chiqib ketayoedi («O’zbek xalq dostonlari»). U sarbast, ziyrak, harakatlari dadil, so’zlari o’tkir, o’rtoqlari orasida onaboshi kiz (Oybek);
v) kishi xarakter-xususiyatiga oid yana shunday sifatlar borki, ularning ma’nosidan ijobiylik yoki salbiylik yaqqol bo’rtib turmaydi. Nutq momentiga qarab ular har ikkala chegara-siga ham o’tib olishi mumkin. Masalan: dovdir, loqayd, sho’x, mahmadona, sinchkov, mag’rur, indamas, o’jar, shaddod, to’pori, o’tkir va b.: Gulchehra sal engiltak va sho’x bo’lsada o’zi j uda ... m e h r- oqibatl i qiz (O. Yoqubov).
2.Predmet (narsa, hayvon, jonivor), holat, hodisa va shu kabilarning xarakter- xususiyatini ifodalash uchun qo’llanuvchi sifatlar: xonaki, dolzarb, dabdabali, tashvishli, asov, chopong’ich, sun’iy, tabiiy, tekin, qimmat, arzon kabi.
3.Kishi va predmet xususiyatlari uchun birdek qo’llanaveradigan sifatlar:
ajoyib, yaxshi, yomon, zo’r, chidamli va b.
Ba’zi sifatlar esa, yo kishi, yoki predmet belgisi uchun ko’chganma’noda qo’llanishi mumkin: engil, og’ir, dag’al, dardisar, bachkana, rasvo, qaysar, xira, uchar va b.
Holat bildiruvchi sifatlar. Predmet, hodisaga, inson va hayvonga xos holat yoki vaziyat turli sifatlar orqali ifodalanishi mumkin:
1)tabiiy holat belgilari, a) ijobiy ma’noda: go’zal, ko’hlik, chiroyli, suluv, latif, qomatdor va b.; b) nuqsoniy belgilar: cho’loq, mayib, maymoq, bukir, cho’tir, soqov, xunuk, g’ilay, kar, pes, ko’r, qiyshiq va b.
Qayd etilgan sifatlarning ayrimlari hayvon va predmetlarning belgisi uchun ham qo’llanaverishi mumkin: O’sha mayib turna cholning qo’lida shifo topib yana o’z karvoniga qo’shilganini bilarmikin (Said Ahmad). Juda xunuk ish bo’pti («Mushtum»).
2)Jismoniy yoki fizik holatlarni ifodalovchi sifatlar: bardam, baquvvat, tetik, yosh, keksa, qari, ojiz, zaif va b. Bunday sifatlar predmet belgilari uchun ham qo’llana oladi: Oqsoqol hovliga, keksa tut shoxlari engashib turgan tunuka tomga suqlanib birma-bir qarab chiqdi. (Said Ahmad). Nayda chalingan ojiz navo esa, .. bir cho’pon boladay chinqirib nola qilar edi !(A.uxtor).
3)Ruxi holatni ifodalovchi sifatlar: xursand, xafa,jinni, sog’, sergak, xushyor, g’azabnok,darg’azab tajang, kindor, ma’yus, g’amgin, alamdiyda, alamzada va b.
4)Kishining hayotiy holatini, axvolini ifodalovchi sifatlar: boy, badavlat, kambag’al, kashshoq, yo’qsil, gado, etim. mushfiq, bechora, musofir va b.
5)Predmetning xarorat belgisini ifodalovchi sifatlar: issiq. so Buq, iliq, salqin, ilmiliq, (iliq-miliq) kabi.
b) Tozalik, ifloslik holatlarini ifodalovchi sifatlar: toza, ozoda, sof, musaffo, saxtiyon, kir, isqird, irkit va b.
7)Predmetning eskilik, yangilik holatlarini ifodalovchi sifatlar: yangi, eski, churuk, uvada, juldur va b.
8)Predmetning pishgan yoki xomlik holatlarini ifodalovchi sifatlar: xom, g’o’r, dumbo’l, pishgan, pishiq kabi.
9)Predmetning ho’l-quruklik holatini ifodalovchi sifatlar: ho’l, nam, namxush, namtob, quruq, qoq, qoquruq, shilta, shalabbo va b.
10)Tinch va notinch holatlarni ifodalovchi sifatlar: tinch, jim, jim-jit, sokin, osuda, osoyishta, notinch, betinch, bezovta va b.
Shuningdek, silliq, g’adir-budir, g’ijim, tekis, siyrak, zich, qalin, yupqa, omonat, puxta, g’uj, sho Bul, tanho, gavjum, ochiq, berk kabi sifatlar ham turli holatlarni ifodalab keladi.
Yuqorida keltirilgan holat bildiruvchi sifatlarning deyarlihammasi darajalanadi, forma o’zgartuvchi affikslarni qabul qiladi va ko’pchiligi ko’chgan ma’nolarda qo’llanadi.
Qaysi guruh tez bajarsa o‘sha guruh a’zolari rag‘batlantiriladi.
Birinchi guruh.
1.Samrig aka ellikdan oshgan, tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso‘z odam. (E.Usmonov).
Shirinso‘z inson mushkulini osonlashtiradi.
2.O‘zbek xalqi mehmondo‘st xalq. (K.Xolmuhammedov). Mehmondo‘stlik yetuk insonlargagina berilgan xislatdir.
Ikkinchi guruh
1.Ko‘z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg‘itib o‘ynayotgan polvonlar ketmasdi. (J.G‘oziyev).
Ichakuzdi hazillar, latifalar inson sog‘ligining garovidir.
2.Osmono‘par koshonalar, yangi libos kiygan cho‘l-u, sahrolar tasviri qo‘shiq parvoziga esh bo‘ladi. (Otayor).
Diyorimizda osmono‘par binolar, inshoatlar qad ko‘tarmoqda.
Ushbu yuqoridagi mashqni bajarish jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki nutq boyishi bilan birga, ularning mustaqil ravishda gaplar tuzish, matn ichidan sifatning ma’noviy guruhlarini topishadi, ko‘nikma va malaka hosil qilishadi. Shuning bilan Bu usulda o‘quvchilarning xushyorligini oshiradi, hamda mavzuni qay darajada o‘zlashtirganligini aniqlashga yordam beradi. Tez va to‘g‘ri bajargan o‘quvchilar rag‘batlantirilib baholanadi.
Uyga vazifa. 2-sinflarda sifatni o’rgatishda didaktik materiallardan xarakter-xususiyat, xossa bildiruvchi sifatlar topib, izohlang.
1.Shirinsuxan, oqko‘ngil insonlar mevali daraxtga o‘xshaydi: hamma ulardan baho oladi.
2.Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi.
3.Mehnatsevar, zahmatkash insonlar odamlarning ko‘rki, ishyoqmaslar esa ularning og‘riq joyidir.
4.Toshbag‘ir odamdan yaxshilik kutma.
5.Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir.
6.Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o‘xshaydi.
Uyga berilgan topshiriqni bajarish davomida xarakter-xususiyat, xossa bildiruvchi sifatlar o‘quvchilar topishi bilan birga ular izohiga ham to‘xtaladi.
O‘quvchilar o‘z bilimlarini uyga berilgan vazifani bajarish orqali yanada boyitadi.
Rang-tus bildiruvchi sifatlar. Predmetning belgi xususiyat-laridan biri rang- tusdir. Bir turkum sifatlar predmetning ana shu belgisini ifodalash uchun qo’llanadi: oq, qizil, qora, ko’k, yashil, malla va b.
Ma’lumki, tabiat rang va buyoqlarga nihoyatda boy, rang turlarining hisobiga etib bo’lmaydi. Lekin lug’at boyligidagi rang atamalari, ya’ni rang ifodalovchi maxsus so’zlar rang-tuslarning hammasini atash uchun etarli emas. Buning uchun tilda ko’pincha predmet nomlari yoki ot orqali yasalgan yasama, qo’shma, birikmali rang bildiruvchi sifatlardan unumli foydalaniladi: barikaram (bargi karam), gulsafsar, mosh rang, tillarang gunafsha rang, shaftoli guli, qovoq rang, firuza rang va b.Ot tuslarini ifodalash uchun tilda maxsus so’zlar qo’llanadi: saman, to’riq, chovkar, jiyron, bo’zto’riq kabi.Shakl-ko’rinish bildiruvchi sifatlar. Bunday sifatlar orqali predmetning turli shakl-ko’rinishlari, ichki va tashqi forma-lari ifodalanadi: dumaloq, yassi, o’zunchoq, qiyshiq, to’garak, do’ng va b.
Shakl-ko’rinish bildiruvchi sifatlar bilan holat bildiruvchi sifatlar ba’zan mos kelishi mumkin: semiz, ozg’in, pachoq, bukir kabi. U oriqqina bo’lsa ham qo’li, boldirlari tiqmachoq, uzunchoqroq yonoqlari ham yapaloqroq, «8» rakamiga o’xshab ke-tadigan lablari ham etuk qizlarga xos bo’liq tirsillama (A. Muxtor).O‘quvchilarga nazariy ma’lumot tushuntirilgach sinov tariqasida bir necha savol beriladi. Qoniqarli javob olingach, ularning buni qay darajada o‘zlashtirganligini aniqlash hamda uni mustahkamlash maqsadida mashq bajartiramiz. Gaplarni o‘qing. Sifatlarni topib, ularni izohlang. Ushbu mashqni bajarishda 6 x 6 x 6 metodidan foydalaniladi. Bu guruhning har bir a’zosini faollik, o‘z fikrini ifoda etish, guruhdoshlarining fikrini tinglash va tanlay olish, o‘rtaga tashlangan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini himoya qilishga o‘rgatadi. Ushbu metodda 5,6,7,8 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lishi mumkin. 6 tadan qo‘yilgan stulga o‘quvchilar joylashib olib, bo‘linadi. Mashqdagi gap o‘qiladi. Shakl-ko’rinish sifatlarni topib, ular izohlanadi guruh a’zolari maslahatlashib javoblarini guruh sardori yozib, javobini eshittiradi. Birinchi va to‘g‘ri, chiroyli yozib bo‘lgan guruh har bir a’zosi rag‘batlantirilib, baholanadi.
1.Kasbning katta-kichigi bo‘lmaydi. (M.Oripova). Katta-kichik zid ma’noli, ma’no umumlashgan.
2.Shu payt toshdan tushib kelayotgan sarg‘ish-qo‘ng‘ir ayiqning bahaybat gavdasi ko‘rinib qoldi. (P.Qodirov). Sarg‘ish-qo‘ng‘ir o‘zaro yaqin ma’noli, ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat.
3.G‘ir-g‘ir shaboda turli-tuman giyohlarning hidlarini olib keldi. (Oybek). Turli- tuman o‘zaro yaqin,ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat.
4.Baland-past devorlar orasidagi mevalarning oq, pushti, qizil guliga tabassum bilan qaraysan. (O‘.Umarbekov). Baland-past o‘zaro zid ma’noli ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan.Yuqoridagi mashqda shakl-ko’rinish sifat topib izohlash bilimlari tekshirilib ko‘rilsa quyidagi mashqda esa nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlarning mosini qo‘yib juft sifat yasash bilimi tekshiriladi. Dastlab orqa partada o‘tirgan o‘quvchilar bitta- bitta gaplarni ifodali o‘qib berishadi. Mashqni yana guruh bo‘lib bajariladi. Uchta qatorda joylashgan partalarga qarab o‘quvchilarni 3-guruhga bo‘lib olamiz.
Maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayonining sifatiga, o‘quv jarayonini tashkil etishga e’tibor ko‘chaydi. Biroq jamiyatdagi shaxslarning bunday holatlarga hali tayyor emasligi maktab hayotidagi tengsizlik, formalizm, ijodkorlarga e’tibor bermaslik, faqat buyruqbozlik asosida ishlashga qaratilgan maktab hayotidagi kamchiliklar hali ham uchrab turadi. Ko‘pchilik o‘qituvchilarimiz ishonchli metodning o‘rniga majburiy (buyruqbozlik) metodi bilan hamon ishlab kelishmoqda. Shu sababli dars va maktab hayotidagi bo‘layotgan nuqsonlarni nazarda tutib, o‘qituvchining nazariyasi bilan amaliyatiga ham izlanuvchan o‘qituvchilarning tajribasi bilan ish faoliyatidagi yutuqlariga suyungan holda, darsdagi ta’lim-tarbiya ishidagi quyidagi ko‘rinishlarni nazarda tutishdi va imkon qadar ularni o‘qish jarayoniga kiritib borishimiz zarur.
Birinchidan, sinfda mustaqil (erkin) psixologik muhit, o‘qituvchilarga hurmat-ehtirom, ishonch va ijodkarlik qobiliyatini rivojlantirishga sharoitlar yaratish;
Ikkinchidan, o‘quv faoliyatining oliy motivini keltirib chiqarish, faqat o‘quvchilarga o‘quv materiallarining ahamiyatinigina bildirib qolmasdan, ularga
o‘qituvchi tomonidan taklif qilingan bilim olishning, ko‘nikma metodi bilan usullariga ishonchni qaratish orqali;
Uchinchidan, o‘quvchilarning bilim olishda belgili bir xulosaga ega bo‘ladigan ishonch metod va usullar bilan tanishtirish (tushuncha, yodga, olgan bilimini amalda qo‘llana olishga qaratilgan metod va usullar bilan tanishtirish deb tushuncha berish). Bu o‘quvchilarning yaxshi o‘qishiga, ta’lim-tarbiya olishda faollikka, ijodkorlikka olib boradigan foydali yo‘nalishlardan biri bo‘lib hisoblanadi deb qarash;

To‘rtinchidan, o‘quvchining amaliy dasturda olib borilishini, o‘quvchilarning mustaham, yaxshi bilim olishiga, (bilim olish bu nazariy olgan bilimlarini hayotda qo‘llay bilish degan so‘z) bu esa o‘quvchining o‘z bilim va kuchiga ishonchni yanada ortirishga olib keladi;

Beshinchidan, barcha o‘quvchilarning oliy darajada bilim olib, (Davlat ta’lim standarti asosida) uni yangi sharoitda qo‘llay olish imkoniyatlariga sharoit yaratish. Darsda o‘quvchilarning ijodkorlik faoliyatini tug‘ri xulosali tashkillashtira olish va ularning o‘z mehnatining mevasidan qanoatlana oladigan sharoitlar yaratish;

Hozirgi paytda darsda o‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasida ishonch, bir-biriga hurmat-ehtirom, mustaqil muhit, ijodkorlik yo‘nalishida birgalikda ishlash muammolari ayniqsa muhim bo‘lib turibdi. Maktab- umuman aytganda xalq maktabiga, milliy mazmuniga ega bo‘ladi. Shuning bilan birgalikda oilaning ham davomi sanaladi. Shu tufayli, maktab zamon talabiga mos jamiyat tomanidan oldiga qo‘ygan vazifani bajaruvchi sanaladi. Maktab va unda xizmat qiladigan o‘qituvchilar jamiyatida asosiy figura bo‘lib hisoblanadi. Ijodkor bo‘lishi uchun o‘qituvchi umumiy pedagogik, didaktik va metodik jihatdan ilmga ega bo‘lishi bilan birga, uni amalga oshirish usullarini ham bilishlari lozim. Ushbu aytilgan fikr har bir o‘qituvchining qalbiga to‘la o‘rnashib, o‘rganuvchanlik yo‘li orqaligina mavjud bilim va imkoniyatlarimizni, is’tedodimizni maktab oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarishga harakat qilmog‘imiz darkor.


III. XULOSA
Maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayonining sifatiga, o‘quv jarayonini tashkil etishga e’tibor ko‘chaydi. Biroq jamiyatdagi shaxslarning bunday holatlarga hali tayyor emasligi maktab hayotidagi tengsizlik, formalizm, ijodkorlarga e’tibor bermaslik, faqat buyruqbozlik asosida ishlashga qaratilgan maktab hayotidagi kamchiliklar hali ham uchrab turadi. Ko‘pchilik o‘qituvchilarimiz ishonchli metodning o‘rniga majburiy (buyruqbozlik) metodi bilan hamon ishlab kelishmoqda. Shu sababli dars va maktab hayotidagi bo‘layotgan nuqsonlarni nazarda tutib, o‘qituvchining nazariyasi bilan amaliyatiga ham izlanuvchan o‘qituvchilarning tajribasi bilan ish faoliyatidagi yutuqlariga suyungan holda, darsdagi ta’lim-tarbiya ishidagi quyidagi ko‘rinishlarni nazarda tutishdi va imkon qadar ularni o‘qish jarayoniga kiritib borishimiz zarur.
Birinchidan, sinfda mustaqil (erkin) psixologik muhit, o‘qituvchilarga hurmat-ehtirom, ishonch va ijodkarlik qobiliyatini rivojlantirishga sharoitlar yaratish;
Ikkinchidan, o‘quv faoliyatining oliy motivini keltirib chiqarish, faqat o‘quvchilarga o‘quv materiallarining ahamiyatinigina bildirib qolmasdan, ularga o‘qituvchi tomonidan taklif qilingan bilim olishning, ko‘nikma metodi bilan usullariga ishonchni qaratish orqali;

Uchinchidan, o‘quvchilarning bilim olishda belgili bir xulosaga ega bo‘ladigan ishonch metod va usullar bilan tanishtirish (tushuncha, yodga, olgan bilimini amalda qo‘llana olishga qaratilgan metod va usullar bilan tanishtirish deb tushuncha berish). Bu o‘quvchilarning yaxshi o‘qishiga, ta’lim-tarbiya olishda faollikka, ijodkorlikka olib boradigan foydali yo‘nalishlardan biri bo‘lib hisoblanadi deb qarash;


To‘rtinchidan, o‘quvchining amaliy dasturda olib borilishini, o‘quvchilarning mustaham, yaxshi bilim olishiga, (bilim olish bu nazariy olgan bilimlarini hayotda qo‘llay bilish degan so‘z) bu esa o‘quvchining o‘z bilim va kuchiga ishonchni yanada ortirishga olib keladi;


Beshinchidan, barcha o‘quvchilarning oliy darajada bilim olib, (Davlat ta’lim standarti asosida) uni yangi sharoitda qo‘llay olish imkoniyatlariga sharoit yaratish. Darsda o‘quvchilarning ijodkorlik faoliyatini tug‘ri xulosali tashkillashtira olish va ularning o‘z mehnatining mevasidan qanoatlana oladigan sharoitlar yaratish;


Hozirgi paytda darsda o‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasida ishonch, bir-biriga hurmat-ehtirom, mustaqil muhit, ijodkorlik yo‘nalishida birgalikda ishlash muammolari ayniqsa muhim bo‘lib turibdi. Maktab- umuman aytganda xalq maktabiga, milliy mazmuniga ega bo‘ladi. Shuning bilan birgalikda oilaning ham davomi sanaladi. Shu tufayli, maktab zamon talabiga mos jamiyat tomanidan oldiga qo‘ygan vazifani bajaruvchi sanaladi. Maktab va unda xizmat qiladigan o‘qituvchilar jamiyatida asosiy figura bo‘lib hisoblanadi. Ijodkor bo‘lishi uchun o‘qituvchi umumiy pedagogik, didaktik va metodik jihatdan ilmga ega bo‘lishi bilan birga, uni amalga oshirish usullarini ham bilishlari lozim. Ushbu aytilgan fikr har bir o‘qituvchining qalbiga to‘la o‘rnashib, o‘rganuvchanlik yo‘li orqaligina mavjud bilim va imkoniyatlarimizni, is’tedodimizni maktab oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarishga harakat qilmog‘imiz darkor.












Yüklə 127,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin