Mavzu: 1-2 sinflarda sifatni o’rgatish jarayonida didaktik materiallardan foydalanish. Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism


Sifatni o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanishning ahamiyati



Yüklə 127,54 Kb.
səhifə3/6
tarix17.10.2023
ölçüsü127,54 Kb.
#156516
1   2   3   4   5   6
1-2 sinflarda sifatni o’rgatish jarayonida didaktik materiallardan foydalanish.

2.Sifatni o’rgatishda didaktik materiallardan foydalanishning ahamiyati.
Narsaning belgisini bildirib, qanday? qanaqa? qaysi? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladigan so‘zlar turkumi sifat deyiladi. Sifat asosan otga bog‘lanadi va uning belgisini aniqlaydi. Masalan: oq ko‘ylak, kuzgi ekin, aqlli qiz, yumshoq non, o‘rtancha o‘g‘il. Bunda belgi bildiruvchi so‘z sifatlovchi, uni boshqarib kelgan ot esa sifatlanmish deyiladi.
Sifat bog‘lanib kelgan ot turli so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanish mumkin, lekin sifat o‘zgarmaydi: ko‘k qalam, ko‘k qalamning, ko‘k qalamdan kabi. Sifat gapda asosan a) sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajaradi: Bir ozdan so‘ng yoqimli shamol esa boshladi; b) kesim bo‘lib keladi: Osmon tiniq.
Sifat ba’zan fe’lga bog‘lanib, harakatning belgisini bildirishi mumkin. Bunday holda sifat ravish kabi gapda hol vazifasini bajaradi: U do‘stining yuragida kechayotgan tuyg‘ularni yaxshi tushunardi.
Sifatning ma’no turlari. Sifatlar ma’no jihatdan quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) xususiyat bildiruvchi sifatlar: kamtarin, sho‘x, ziqna, sodda, yo‘rg‘a, mehribon;
2) holat bildiruvchi sifatlar: keksa, badavlat, iliq, tinch, salqin, ochiq, xursand;
3) shakl- ko‘rinish bildiruvchi sifatlar: gavdali, novcha, qiyshiq, yassi;
4) rang - tus bildiruvchi sifatlar: oq, qora, qizil, pushti;
5) hajm – o‘lchov bildiruvchi sifatlar: keng, tor, uzun, yaqin, katta, og‘ir;
6) maza - ta’m bildiruvchi sifatlar: nordon, achchiq, bemaza, shirin;
7) hid bildiruvchi sifatlar: muattar, xushbo‘y, badbo‘y;
8) o‘rin va paytga munosabat bildiruvchi sifatlar: kechki, tonggi, kuzgi, bahorgi.
Asliy va nisbiy sifat. Sifatlar ma’no jihatdan bir-biridan farqlanadi. Ba’zi bir guruh sifatlar bevosita belgi ifodalash xususiyatiga ega bo‘lsa, boshqalarida belgi tushunchasi ma’lum bir narsaning boshqa narsaga munosabati asosida anglashiladi. Shunga ko‘ra ularni asliy va
nisbiy sifatlarga ajratish mumkin.
1. Narsaning belgisini bevosita ifodalaydigan, belgini darajalab ko‘rsata oladigan sifat asliy sifat deyiladi. Masalan: yaxshi, katta, uzun, qisqa, oq, qora, semiz, kamtar kabi tub so‘zlar asliy sifatlardir.
2. Narsa belgisini o‘rin yoki paytga nisbatlash, boshqa narsaga o‘xshatish, chog‘ishtirish kabi ma’nolar vositasida ifodalaydigan sifat nisbiy sifat deyiladi. nisbiy sifatlar affikslar orqali yasalgan sifatlardan tashkil topadi. Ular ma’no jihatdan a) belgini biror narsaga nisbat berish bilan ifodalaydi: g‘ayratli yigit, chiroyli surat, devoriy gazeta, ko‘rpalik mato; b) belgini o‘rin va paytga nisbatlaydi: toshkentlik kishi, yerdagi olma, kuzgi shamol; d) belgini narsaning xususiyat, holatga nisbatlaydi: ko‘ngilchan odam,chopqir ot, tirishqoq talaba.
Belgining oddiy darajaga ko‘ra nisbatlab, farqlanishi sifat darajalari deyiladi. Sifat darajalarining quyidagi turlari bor:
Oddiy daraja. Bir narsa belgisining boshqa narsa belgisiga nisbatlanmay ifodalanishi oddiy daraja deyiladi. Bunday sifatlar daraja bildiruvchi affikslarga ega bo‘lmaydi. Masalan: yorug‘, yaxshi, og‘ir, chaqqon, yumshoq, baland, to‘g‘ri.
Qiyosiy daraja belgining oddiy darajaga nisbatan ortiq yoki kam ekanligini qiyoslab ko‘rsatadi. Qiyosiy darajadagi sifat asosan -roq affiksi bilan shakllanadi: kattaroq, kichikroq, ko‘kroq, balandroq, mazaliroq, achchiqroq.
Qiyosiy daraja, odatda, ikkita narsa, hodisa, voqea yoki holat ishtirokida hosil bo‘ladi. Bunda qiyoslanayotgan narsalarning belgisi … -ga nisbatan (qaraganda) … -roq yoki … -dan (ko‘ra) … -roq qolipi asosida voqelanadi: Bugungi shamol kechagiga qaraganda kuchliroq.Tut terakdan pastroq. Asal shakardan ko‘ra shirinroq.5
Qiyoslash ma’nosi chiqish yoki jo‘nalish kelishigidagi ot + ko‘ra, nisbatan, qaraganda so‘zlaridan biri hamda oddiy darajadagi sifat birligi orqali ham ifodalanishi mumkin: Alisher boshqa bolalarga qaraganda zehnli, mehnatsevar chiqdi.
Ba’zan bunday ma’no –roq ko‘rsatkichili sifatning yakka o‘zi orqali ham hosil bo‘lishi mumkin: Qalbdan aytilgan tashakkurdan qimmatliroq mukofot bo‘lmaydi.
Orttirma daraja belgining oddiy darajadan ortiq, yuqori ekanligini ifodalaydi. Orttirma daraja quyidagicha usullar vositasida hosil bo‘ladi:
1.Fonetik usul: a) sifatning bosh qismi va oddiy darajadagi shaklning maxsus takrori orqali: ko‘m-ko‘k, dum-dumaloq, yam-yashil, oppa-oson, teppa-teng; b) sifat tarkibidagi unlini cho‘ziq talaffuz qilish orqali: baaland, achchiq.
2.Leksik usul: a) sifat oldidan eng, juda, g‘oyat, g‘oyatda, nihoyatda, behad, biram, tim, naq, cheksiz kabi so‘zlarni keltirish orqali: juda go‘zal, behad xursand, nihoyatda baland, g‘oyat minnatdor, biram yoqimli, o‘ta g‘irrom, o‘lgiday ziqna, naqadar ulug‘vor, tim qorong‘u; b) turg‘un birikmalarni sifat oldidan keltirish orqali: xaddan ziyod achchiq, haddan tashqari maroqli, bahosi yo‘q juvon; v) takroriy sifatlarni ot oldidan keltirish orqali: baland-baland imoratlar, zo‘r-zo‘r yigitlar, hashamatli-hashamatli binolar, shirin-shirin orzular.
Bulardan tashqari, shirindan shirin, uzindan uzoq kabi morfologik ko‘rsatkichlar ishtirokida ham orttirma daraja hosil qilinishi mumkin.
Ozaytirma daraja ko‘proq rang-tus belgilariga xos bo‘lib, belgining oddiy darajadan kamligi, pastligini ifodalaydi. Ozaytirma darajadagi sifatlar quyidagicha usullar yordamida hosil qilinadi:
1.Leksik usul. Belgining kuchsizlik darajasi sifat oldidan yarim, nim, och, xiyol, xiyla, sal, aytarli, u qadar kabi maxsus yordamchi so‘zlarni keltirish yordamida hosil qilinadi: sal durust, xiyol ochiq, bir oz yaxshi, yarim qorong‘u, nim pushti, xila shum, u qadar shirin emas. Bunda ba’zan–roq affiksi ishtirok etishi ham mumkin: sal g‘o‘rroq, xiyol kichikroq, bir oz torroq kabi.
2.Morfologik usul. Bunda darajaning kuchsizligi oddiy darajadagi sifatga quyidagi affikslarni qo‘shish orqali shakllanadi:
a)–ish affiksi orqali: qizg‘ish, sarg‘ish, ko‘kish, oqish;
v)–mitir\-imtir affiksi orqali: qoramtir, ko‘kimtir, oqimtir;
g)–gina\-kina\-qina affiksi orqali: kattagina, shiringina, oppoqqina, kichikkina.
d)–roq affiksi qiyosiy daraja hosil qilish bilan bir qatorda, belgining kuchsizlik darajasini shakllantirishda ham ishlatiladi.
Sifatning otlashishi. Sifatning otlashuvi substantizatsiya deb yuritiladi. Sifatlar otlashganda belgini emas, otlar singari narsa yoki shaxs tushunchasini anglatadi. Sifat nutqda sifatlanmish tushirilib, uning vazifasida sifatlovchi ishlatilganda otlashadi: ko‘r (odam) tutganini qo‘ymaydi, kar (odam) eshitganini. Otlashgan sifat otlar singari kelishik, egalik, ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qilgan holda quyidagi vazifalar bajaradi: a) ega: Yaxshi topib gapiradi, yomon qopib gapiradi; b) to‘ldiruvchi: Mardni maydonda sina; v) qaratqich aniqlovchi: Yaxshining so‘zi qaymoq, yomonning so‘zi to‘qmoq;
Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari: Sifat tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft va takroriy shakllarga ega bo‘ladi.
1.Sodda sifatlar tarkiban bitta o‘zak morfemadan iborat bo‘lgan tub va yasama so‘zlardan tashkil topadi. Shunga ko‘ra ular sodda tub va sodda yasama kabi turlarga bo‘linadi.
Mazmunan doimiy belgi anglatuvchi bir o‘zakdan tarkib topgan asliy sifat sodda tub sifat deyiladi. Masalan: shirin, baland, oq, uzun, chaqqon, zukko, dono. Bunday sifatlar daraja affikslari bilan qo‘llanganda ham tub sifat sanaladi: kattaroq, qoramtir, shiringina, oqish, balandroq kabi.
Sifat yasovchi qo‘shimchalar vositasida turli so‘z turkumlaridan yasalgan sifat sodda yasama sifat deyiladi. Masalan: bilimli, suvsiz, kechki, ishchan, oilaviy, tirishqoq, ag‘darma.
2.Qo‘shma sifat birdan ortiq o‘zak-negizning o‘zaro qo‘shilib, bitta belgi tushunchasini anglatadigan yasama sifatlardir. Qo‘shma sifatlar qismlarining morfologik tarkibiga ko‘ra quyidagi guruhlarni tashkil etadi:
1) ot+ot: shira kayf, sher yurak, bezbet, bedana qadam, yer osti;
2) ot+sifat: mushtumzo‘r, mirzaquruq, nonko‘r;
3) sifat+ot: uzun quloq, qiziqqon, sovuqqon, shum qadam, sofdil, ochko‘z;
4) sifat+sifat: olachipor, qora to‘riq, qora qizil;
5) ravish+ot: kamgap, hozirjavob, kamquvvat;
6) ot + -ar, -mas va -mon qo‘shimchali sifatdosh: mehnatsevar, jonkuyar, lattachaynar, nonemas, ishyoqmas, usta buzarmon, ish bilarmon;
7) ravish+sifatdosh: tezpishar, eapishar, tez oqar, cho‘rtkesar;
8) olmosh+sifat yoki ravish: o‘zbilarmon, o‘zboshimcha;
9) son+ yasama sifat: bir xonali, Besh qavatli, bir so‘zli.
3. Juft sifatlar ikkita so‘zning teng bog‘lanishi asosida tuzilgan sifatlardir. Juft sifatlar tarkibi har ikkiala qismi lug‘aviy ma’noli yoki bir qismi lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuzilishi mumkin.
Har ikkala qismi lug‘aviy ma’noli so‘zlardan tuzilgan juft sifatlar quyidagi tarkibga ega bo‘ladi: 1) turli antonim so‘zlardan tuziladi: a) tub so‘zlardan: olis-yaqin, og‘ir-yengil, oq-qora, past-baland\\baland-past, yaxshi-yomon\\yomon-yashi, yosh-qari, katta-kichik, o‘ng-ters; b) tub va yasama so‘zlardan: uzun-qisqa, haq-nohaq, huda-behuda; d) yasama so‘zlardan: kerakli-keraksiz, qo‘lli-oyoqli, issiq-sovuq.
2) sinonim so‘zlardan tuziladi: och - nahor, ola - chipor, soya - salqin,
o‘ydim-chuqur, puxta-pishiq, uzuq-yuluq, mo‘min-qobil, xor-zor.
Bir qismi lug’aviy ma’noli, ikkinchi qismi lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlardan tuziladi: bo‘sh-bayov, xom-xatala, chala-chulpa, eski-tuski, egri-bugri, yarimta-yurimta, achchiq-tizziq.
Har ikkala qismi yolg‘iz holda ma’no anglatmaydigan so‘zlardan tuziladi: uvali-juvali, dalli-g‘ulli, ikir-chikir, ayqash-uyqash.
Juft sifatlar chiziqcha bilan ajratilib yoziladi. Biroq ular orasida –u, -yu yuklamalari bog‘lovchi vazifasida ishlatilganda chiziqcha tushiriladi: halol-harom\ halol-u harom, issiq-sovuq\ issg‘-u sovuq, sog‘-salomat\sog‘-u salomat.
4. Takroriy sifatlar bir xil shaklga ega bo‘lgan so‘zlarning aynan takroridan tuziladi. Masalan: baland-baland, mayin-mayin, shirin-shirin. Ba’zi takroriy sifatlarning birinchi qismida qo‘shimchalar mavjud bo‘lishi ham mumkin: poyma-poy, ko‘pdan-ko‘p, kattadan-katta, xilma-xil, limmo-lim. Bunday sifatlar ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash uchun ishlatiladi.
Sifat. Sifatning ma'nosi va grammatik belgilari
Predmetning belgisini bildiradigan so'zlar turkumi sifat deyiladi. Sifat qanday? qanaqa? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi.Sifat belgi sifatida predmetning rangini (oq, qizil, ko'k, sariq). shakl ko'rinishini (yumaloq, yapaloq, yassi, uchburchak), hajm o'lchovini (tor, keng, katta, kichik), maza-ta'mini (shirin, nordon, mazali), sifatini. xususiyatini(oddiy, kamtar, dono, aqlli, tadbirkor), xarakterini (ziqna, xasis, bosiq, sho'x, ko'ngli ochiq), o'rin yoki vaqtga bo'lgan munosabatini (uydagi, kuzgi, bahorgi, kechki) ifodalaydi.Sifat narsa-hodisadagi, predmetdagi belgini bildirgani uchun gapda doimo ot bilan bog'lanib keladi: keng xona, yaxshi joy, qizil olma, moviy ko'l kabi.Sifatlar o'ziga xos morfologik xususiytlarga ega. Sifatning muhim morfologik belgisi, predmet belgisining boshqa predmet belgisiga qiyoslab darajalab ko'rsatishidir. Shu boisdan sifatlarda boshqa turkumlardan farqli ravishda daraja, ozaytirma va kuchaytirma shakllar mavjud. Shuningdek, sifatlar so'z yasovchi, shakl yasovchi qo'shimchalar tizimiga ham ega.Sifatlar gapda asosan. sifatlovchi aniqlovchi vazifasida keladi. Og'ir tabiatlik, ulug' gavdalik, ko'rkam va oq yuzlik, kelishgan qora ko'zlik mutanosib qarashlik va endigina murti sabz urgan yigit (A.Qod.) Hol va kesim vazifalarida keladi:.Mag'rur holda cho'ntagidan bitta o'n so'mlik chiqarib, bo'lingan to'p ustiga tashladi. (F. Mai.) Chodirning ichi o'rdaday keng tagiga somon va poxol to'shalib ustiga brezent tashlangan. (O.Yo.).Sifatlar otlashganda ega, qaratqichli aniqlovclii, to'ldiruvchi vazlfalarida keladi: Mard maydonda bilinar. (Maqol.) Kattaning kichigi bo'lguncha, kichikning kattasi bo'l. (Maqol.) Yaxshini yaxshi deydilar. (Maqol.) kabi.Asliy va nisbiy sifatlar Sifatlar ma'no xususiyatlariga ko'ra har xil.Binobarin, ayrim sifatlar predmet belgisini bevosita ifodalasa, ayrim sifatlar belgini boshqa predmetga yoki o'ringa, paytga nisbatlash asosida ifodalaydi. Shunga ko'ra sifatlar ma'no jihatdan ikkiga bo'linadi: asliy sifatlar, nisbiy sifatlar.
Bevosita belgi anglatib, belgini darajalab ko'rsata oladigan sifatlar asliy sifatlar deyiladi: uzun, katta, qizil, shirin, yaxshi, muloyim, ixcham kabi. Predmet belgisini o'rin yoki paytda ba:zan boshqa predmetga o'xshatish, nisbatlash asosida anglatadigan sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi.
Nisbiy sifatlar maxsus sifat yasovchi qo'shimchalar yordamida yasaladi: -li, -iy (-viy),- lik, simon, gi -ki -qi: -dagi, -qo'shimchalari nisbiy sifat yasovchi qo'shimchalardir.
Bu qo'shimchalar yordamida quyidagi ma'nolarni ifodalovchi sifatlar yasaladi.
1. Predmetga nisbat berish ma'nosini bildiruvchi nisbiy sifatlar: mevali daraxt, ilmiy ish, tarbiyaviy ahamiyat kabi.
2.Vaqtda nisbat berish ma'nosidagi nisbiy sifatlar: kuzgi bug'doy, tungi yog'du, kechagi gap kabi.6 0'rinda nisbat berish ma'nosidagi nisbiy sifatlar: janubiy kenglik, sho'rchilik qiz, uydagi ish kabi.
4. Nisbiy sifat yasovchi qo'shimchalar yordamida yasalgan sifatlar : a)predmetga xoslikni: tarixiy kun, ma'naviy mezon: predmetga o'xshashlikni: odamsimon. butasimon: biror narsaga mo'ljallangan yozgi ta'til., kuzgi ekin: biror joylik ekanlikni: Toshkentlik, Samarqandlik ham bilardi.
Asliy va nisbiy sifatlar belgini darajalab, kuchaytirib yoki aksincha, kamaytirib ko'rsatishi hamda modal ma'no bildirishiga ko'ra o'zaro farqlanadi.
1. Asliy sifatlar belgini darajalab ko'rsata oladi: yaxshi— yaxshiroq—juda yaxshi.
Nisbiy sifat yasovchi qo'shimcha bilan yasalgan sifatlarga belgini darajalab ko'rsatish xususiyati mavjud emas: kuzgi, odamsimon. 2. Asliy sifatlar modal ma'no ifodalaydi: yaxshigina, ochiqqina kabi. Nisbiy sifatlarda bu xususiyat mavjud emas, fogatli qo'shimchali nisbiy sifatlardagina modal ma'no mavjud: chiroyligina, bilimligina kabi. Sifatlar otga bog'lanish bilan birgalikda ba'zan fe'lga ham bog'lanib kelishi mumkin. O'shanda biz yosh edik, - dedi Saidiy uzoqqa qaraganday. (A.Q.) Nisbiy sifatlar fe'lga bog'lanmaydi. Sifat darajalar.
Predmetdagi belgini boshqa predmetdagi xuddi shunday belgiga nisbatlab farqlash hodisasi sifat darajalari deyiladi. Sifat darajalari predmetdagi bir xil belgini bir-biriga chog'ishtirish, solishtirish asosida yuzaga keladi. Sifatlarda uch xil daraja mavjud: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja.Predmet belgisi boshqa predmetdagi xuddi shunday belgiga qiyoslanmasa oddiy daraja deyiladi: katta, uzun, keng, epchil.Predmet belgisini boshqa predmetdagi shunday belgiga qiyoslanishidan qiyosiy va orttirma daraja sifatlari vujudga keladi.Qiyosiy daraja. Predmet belgisini boshqa predmetdagi shunday belgidan ortiq yoki kamligini bildiradigan daraja qiyosiy daraja deyiladi. Qiyosiy daraja sifatlarga -roq qo'shimchasini qo'shish bilan shakllanib: a) belgini oddiy darajadagi sifatlarga nisbatan ham kamligini ifodalaydi. Masalan, bu yo'l,narigi yo'lga nisbatan qisqaroq, bu uy narigi uyga nisbatan pastroq; b) belgini ortiqligini ifodalaydi. Bu o'zidan ham ko'ra Saidiyga qattiqroq ta'sir qildi. (A.Q.) Havo musaffo bo'lgani uchun pastda yoqilayotgan olovning tutuni odatdagidan tiniqroq ko'rindi. (P. Q.)Belgini yanada ortiqligini ko'rsatishda - roq qo'shimchali sifatdan oldin yana ham so'zlari keltiriladi. Nigora bu sehrli manzarada, oydinda yana ham sirliroq tuyilgan ko'hna qo'rg'onga tikilib uzoqroq turdi. (O Yo.) Orttirma daraja. Predmet belgisini boshqa predmetdagi xuddi shunday belgidan juda ko'p ekanligini ifodalaydigan daraja orttirma daraja deyiladi. Orttirma daraja oddiy daraja sifatlaridan oldin eng, juda, g'oyat, g'oyatda, nihoyatda, benihoyat so'zlarini keltirsh bilan hosil bo'ladi.U Unsunga juda qadrli, va qadrdon. (0.) Zumrad Manzuraning gaplarini bugun g'oyat loqaydlik bilan tingladi. (O.) Yo'l tor, juda kichkina bo'lgani uchun hozir birinchi navbatda podshoh oilasi va Boburga eng yaqin kishi bo'lgan eshik og'a, Qosimbek chiqishmoqda edi. (P.Q.) Qiyosiy daraja sifatlar morfologik usul bilan, orttirma daraja sifatlar esa sintaktik usul bilan hosil bo'ladi.
Didaktik materiallarni yaratishda didaktik va xususiy-metodik tamoyillar ta’lim-tarbiya jarayonining muvofiqligi, izchilligi, uzluksizligini ta’minlashga yordam beradi.X.I.Ibragimov va N.I.Tayloqovlar yangi avlod darsliklarini yaratishning 19 ta tamoyilini izohlab o‘tadi.Boshlang‘ich ta’lim o‘quv materiallarini yaratishda umumdidaktik va xususiy tamoyillar qo‘llanadi.

Yüklə 127,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin