Mavzu №1 Axborot tizimlarida axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari. Axborot xavfsizligi muammolari, ularning turlari va mohiyati. Keng tarqalgan tahdidlar va ularning oqibatlari


Hozirgi vaqtda axborotni himoyalash eng ko‘p qo‘llanilayotgan soha bu – kriptografik usullardir



Yüklə 269,5 Kb.
səhifə2/5
tarix09.06.2023
ölçüsü269,5 Kb.
#127424
1   2   3   4   5
5-Презентация-АХ

Hozirgi vaqtda axborotni himoyalash eng ko‘p qo‘llanilayotgan soha bu – kriptografik usullardir. Lekin, bu yo‘lda kompyuter viruslari, «mantiqiy bomba»lar kabi axborotiy qurollarning kriptovositalarni buzadigan ta’siriga bog‘liq ko‘p yechilmagan muammolar mavjud. Boshqa tomondan, kriptografik usullarni ishlatishda kalitlarni taqsimlash muammosi ham bugungi kunda oxirigacha yechilmay turibdi. Kompyuter stenografiyasi va kriptografiyalarining birlashtirilishi paydo bo‘lgan sharoitdan qutulishning yaxshi bir yo‘li bo‘lar edi, chunki, bu holda axborotni himoyalash usullarining zaif tomonlarini yo‘qotish mumkin.
  • Zamonaviy kompyuter stenografiyasining asosiy holatlari quyidagilardan iborat:
  • • yashirish usullari faylning autentifikatsiyalanishligini va yaxlitligini ta’minlashi kerak;
  • • yovuz niyatli shaxslarga qo‘llaniluvchi stenografiya usullari to‘liq ma’lum deb faraz qilinadi;
  • • usullarning axborotga nisbatan xavfsizlikni ta’minlashi ochik uzatiladigan faylning asosiy xossalarini stenografik almashtirishlar bilan saqlashga va boshqa shaxslarga noma’lum bo‘lgan qandaydir axborot – kalitga asoslanadi;
  • • agar yovuz niyatli shaxslarga xabarni ochish vaqti ma’lum bo‘lib qolgan bo‘lsa, maxfiy xabarning o‘zini chiqarib olish jarayoni murakkab hisoblash masalasi sifatida tasavvur qilinishi lozim.
  • Internet kompyuter tarmog‘ining axborot manbalarini tahlili quyidagi xulosaga kelishga imkon berdi, ya’ni hozirgi vaqtda stenografik tizimlar quyidagi asosiy masalalarni yechishda faol ishlatilayapti:
  • -konfidentsial axborotni ruxsat etilmagan kirishdan himoyalash;
  • -monitoring va tarmoq zahiralarini boshqarish tizimlarini yengish;
  • -dasturiy ta’minotni niqoblash;
  • -intellektual egalikning ba’zi bir turlarida mualliflik huquqlarini himoyalash.
  • «Kriptografiya» atamasi dastlab «yashirish, yozuvni berkitib qo‘ymoq» ma’nosini bildirgan. Birinchi marta u yozuv paydo bo‘lgan davrlardayoq aytib o‘tilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya deganda har qanday shakldagi, ya’ni diskda saqlanadigan sonlar ko‘rinishida yoki hisoblash tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar ko‘rinishidagi axborotni yashirish tushuniladi. Kriptografiyani raqamlar bilan kodlanishi mumkin bo‘lgan har qanday axborotga nisbatan qo‘llash mumkin. Maxfiylikni ta’minlashga qaratilgan kriptografiya kengroq qo‘llanilish doirasiga ega. Aniqroq aytganda, kriptografiyada qo‘llaniladigan usullarning o‘zi axborotni himoyalash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p jarayonlarda ishlatilishi mumkin.
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin