Mavzu №1 Axborot tizimlarida axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari. Axborot xavfsizligi muammolari, ularning turlari va mohiyati. Keng tarqalgan tahdidlar va ularning oqibatlari



Yüklə 269,5 Kb.
səhifə1/5
tarix09.06.2023
ölçüsü269,5 Kb.
#127424
  1   2   3   4   5
5-Презентация-АХ

Mavzu № 5 Axborotlarni stenografik va kriptografik himoyalash usullari

  • Reja:
  • 1. Zamonaviy kompyuter stenografiyasi;
  • Kompyuter stenografiyasi istikbollari va
  • asosiy vazifalari;
  • 3. Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar;
  • 4. Axborotlarni kriptografiyali himoyalash
  • tamoyillari;
  • 5. Simmetriyali va nosimmetriyali kriptotizim
  • asoslari.
  • Ruxsat etilmagan kirishdan axborotni ishonchli himoyalash muammosi eng ilgaridan mavjud va hozirgi vaqtgacha hal qilinmagan. Maxfiy xabarlarni yashirish usullari qadimdan ma’lum, inson faoliyatining bu sohasi stenografiya degan nom olgan. Bu so‘z grekcha Steganos (maxfiy, sir) va Graphy (yozuv) so‘zlaridan kelib chiqqan va «sirli yozuv» degan ma’noni bildiradi. Stenografiya usullari, ehtimol, yozuv paydo bo‘lishidan oldin paydo bo‘lgan (dastlab shartli belgi va belgilashlar qo‘llanilgan) bo‘lishi mumkin.
  • Axborotni himoyalash uchun kodlashtirish va kriptografiya usullari qo‘llaniladi.
  • Kodlashtirish deb axborotni bir tizimdan boshqa tizimga ma’lum bir belgilar yordamida belgilangan tartib bo‘yicha o‘tkazish jarayoniga aytiladi.
  • Kriptografiya deb maxfiy xabar mazmunini shifrlash, ya’ni ma’lumotlarni maxsus algoritm bo‘yicha o‘zgartirib, shifrlangan matnni yaratish yo‘li bilan axborotga ruxsat etilmagan kirishga to‘siq qo‘yish usuliga aytiladi.
  • Stenografiyaning kriptografiyadan boshqa o‘zgacha farqi ham bor. Ya’ni uning maqsadi – maxfiy xabarning mavjudligini yashirishdir. Bu ikkala usul birlashtirilishi mumkin va natijada axborotni himoyalash samaradorligini oshirish uchun ishlatilishi imkoni paydo bo‘ladi (masalan, kriptografik kalitlarni uzatish uchun).
  • Kompyuter texnologiyalari stenografiyaning rivojlanishi va mukammallashuviga yangi turtki berdi. Natijada axborotni himoyalash sohasida yangi yo‘nalish – kompyuter stenografiyasi paydo bo‘ldi.
  • Global kompyuter tarmoqlari va multimedia sohasidagi zamonaviy progress telekommunikatsiya kanallarida ma’lumotlarni uzatish xavfsizligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan yangi usullarni yaratishga olib keldi. Bu usullar shifrlash qurilmalarining tabiiy noaniqligidan va analogli video yoki audiosignallarning serobligidan foydalanib xabarlarni kompyuter fayllari (konteynerlar)da yashirish imkonini beradi. Shu bilan birga kriptografiyadan farqli ravishda bu usullar axborotni uzatish faktining o‘zini ham yashiradi.
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin