Uzatiladigan axborotning ma’nosini yashirish uchun ikki xil o‘zgartirishlar qo‘llaniladi: kodlashtirish va shifrlash.
Kodlashtirish uchun tez-tez ishlatiladigan iboralar to‘plamini o‘z ichiga oluvchi kitob yoki jadvallardan foydalaniladi. Bu iboralardan har biriga, ko‘p hollarda, raqamlar to‘plami bilan beriladigan ixtiyoriy tanlangan kodli so‘z to‘g‘ri keladi. Axborotni kodlash uchun xuddi shunday kitob yoki jadval talab qilinadi. Kodlashtiruvchi kitob yoki jadval ixtiyoriy kriptografik o‘zgartirishga misol bo‘ladi. Kodlashtirishning axborot texnologiyasiga mos talablar – qatorli ma’lumotlarni sonli ma’lumotlarga aylantirish va aksincha o‘zgartirishlarni bajara bilish. Kodlashtirish kitobini tezkor hamda tashqi xotira qurilmalarida amalga oshirish mumkin, lekin bunday tez va ishonchli kriptografik tizimni muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. Agar bu kitobdan biror marta ruxsatsiz foydalanilsa, kodlarning yangi kitobini yaratish va uni hamma foydalanuvchilarga tarqatish zaruriyati paydo bo‘ladi.
Kriptografik o‘zgartirishning ikkinchi turi shifrlash o‘z ichiga – boshlang‘ich matn belgilarini anglab olish mumkin bo‘lmagan shaklga o‘zgartirish altoritmlarini qamrab oladi.O‘zgartirishlarning bu turi axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalariga mos keladi. Bu yerda algoritmni himoyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Kriptografik kalitni qo‘llab, shifrlashalgoritmining o‘zida himoyalashga bo‘lgan talablarni kamaytarish mumkin. Endi himoyalash obyekti sifatida faqat kalit xizmat qiladi. Agar kalitdan nusxa olingan bo‘lsa, uni almashtirish mumkin va bu kodlashtiruvchi kitob yoki jadvalni almashtirishdan yengildir. Shuning uchun ham kodlashtirish emas, balki shifrlash axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarida keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda.
Sirli (maxfiy) aloqalar sohasi kriptologiya deb aytiladi. Ushbu so‘z yunoncha «kripto» - sirli va «logus» - xabar ma’nosini bildiruvchi so‘zlardan iborat. Kriptologiya ikki yo‘nalish, ya’ni kriptografiya va kriptotahlildan iborat.