Mavzu:1.4 .Insonparvarlik tamoili
Insonparvarlik — insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi toʻgʻrisida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart sharoitlar yaratib berish haqida gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga koʻra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-u saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida gʻamxoʻrlik qilish.
Esse
Mavzu:1.4 .Insonparvarlik tamoili
Insonparvarlik tamoyili asosida faoliyat yuritmoqdamiz — deydi Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi Tibbiy-ijtimoiy markazi rahbari Hotam Rizayev.
Inson zoti hamisha mehr va shirin so‘zdan quvvat olib yashaydi. Ayniqsa, ko‘ngli yarim, yordamga muhtoj kishilarga muruvvat va e`tibor ko‘proq zarur. Xalqimiz hamisha nogiron, kam ta‘minlangan, keksa va yolg‘iz, ko‘p bolalari fuqarolarga ko‘mak berishni ezgu a‘mol hamda savob deya asrlar osha unga amal qilib kelmoqda.
Respublikamizda ana shu ezgulik yo‘lida “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi jamoasi va respublika bo‘yicha hududiy — bo‘lim va tuman tayanch maskanlarida ham ulkan ibratga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Tibbiy — ijtimoiy patronaj tizimining 15 yillik faoliyati davomida “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining ko‘chma brigadalari mutaxassislari oootomonidan:
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga kerakli tavsiyalar berildi hamda doimiy ravishda muruvvat yordamlari ko‘rsatib kelinmoqda.
Respublikamizning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi 500 mingga yaqin oilalarning tibbiy-ijtimoiy holati o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18-iyun 2008- yildagi “Irsiy kasalliklar va nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-iyuldagi “2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma‘naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 27- fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “Mustahkam oila yili” davlat dasturi ijrosini amalga oshirish yuzasidan mahallalarda kam ta`minlangan, ko‘p bolali oilalardagi tug‘ish yoshidagi ayollar, o‘smirlar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, muhtoj bo‘lgan bemorlarga xayriya sifatida dori-darmonlar tarqatilmoqda. Tibbiy ko‘riklar nafaqat mahallalarda balki korxona va tashkilotlarda, harbiy qismlarda, o‘quv muassasalarida ham reja asosida amalga oshiriladi.
“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi Tibbiy-ijtimoiy markazi, jamg‘arma filiallarining ko‘chma tibbiy-ijtimoiy brigadalari mutaxassislari tomonidan 2012-yilning o‘tgan yetti oyi mobaynida respublika bo‘yicha 537 ta qishloq va 1 609 ta mahallalarida, o‘quv muassasalari, harbiy qismlar, harbiy bilim yurtlari, korxona xamda tashkilotlarda jami 116 678 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
2009-yilda tashkil topgan hududlararo tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi mutaxassislari tomonidan Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Bo‘stonliq tumanlari chekka xududlarida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‘lgan aholilarning 9 447 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda muruvvat yordami tarzida dori-darmonlar tarqatildi.
Insonparvarlik Tarbiyaning ison barvarlik gʻoysi muhim tushuncha boʻlib unda ison yoki shaxsning taqdiri yotadi.Insonparvarlik gʻoyasi har bir halqning azaliy qadriyati
hisoblanadi,umimiy qadriyat hisoblanadi. Masalan ikkiji jaxon urish yillarda oʻzbek halqining turli millat xalqiga isonparvarligi,bolajonligi xalq parvarligi mexr oqibatligi misoldir Tarbiyaning markazida shaxs turar ekan har bir ison komil ison boʻlishga intilishi kerak shundagina biz kutgan natijaga erishimiz mumkin.
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy va b. Asarlarida Insonparvarlik, inson erkinligi, uning qadr-qimmati gʻoyalari olgʻa surildi. Forobiy insonlarning inoq va doʻst yashashi mamlakatda xalqlar uchun katta foyda keltirishini isbotlashga intilgan va tinchlikni qatʼiy quvvatlab, butun faoliyatini inson xizmatiga qaratgan. Navoiy inson taqdiri, xalq manfaa-ti, mamlakat haqida gʻamxoʻrlikni asosiy masala qilib qoʻygan. Dunyoda eng qimmatli narsa insondir, degan fikrni olgʻa surgan. Uning fikricha, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Jahon dinlari, jumladan islom dinida ham Insonparvarlik gʻoyalari oʻz ifodasini topgan. Unda faqir, kambagʻal, musofir, muhtoj kishilarga yordam berishga, saho-vatli va insofli boʻlishga daʼvat qilinadi Savol:
1.Nechta tamoil mavjut?
2..Insonparvarlik tamoili balaga nimani orgatadi?
3.“Sog’lom avlod uchun”jamg’armasi haqiga tushuncha bering
Dostları ilə paylaş: |