RADIATSIYA (NUR)DAN KUYISH
To'qimalar ionlantiruvchi nurlar (alfa va beta zarrachalar, neytronlar, rentgen nurlari, gamma nurlari)dan zararlanishi natijasida odam nurdan kuyadi. Nur ta'sir etgan vaqtda to'qima hujayralaridagi molekulalararo bog'lanishlar uziladi, zaharli peroksid birikmalar hosil bo'ladi. Almashinuv jarayonlarining buzilishi, organizmda hosil bo'lgan zaharli toksin moddalarning va radiatsiyaning bevosita ta'siri natijasida, avvalo, nerv tizimi zaharlanadi. Kapillyarlar parezi ro'y beradi, qon stazi vujudga keladi, to'qimalap shishadi. Nurdan kuyishni davolash juda qiyin, buning ustiga davolash qoidalari va usullari haqida ham hozir uzil-kesil bir fikr yo'q. Shunga qaramay, radioaktiv moddalar teriga tushgan bo'lsa, ularni zudlik bilan olib tashlash choralarini ko'rish kerak. Buning uchun terining zararlangan qismlariga suv oqizib tez-tez yuviladi yoki shu maqsad uchun maxsus tayyorlangan eritmalar bilan yuviladi. Radioaktiv moddalar yaxshi yuvilmaganda (bu dozimetrik kontrolda aniqlanadi) zudlik bilan operatsiya qilinadi, teri zararlangan qismi ostidagi to'qima bilan birga kesib olinadi.
Tananing ko'p qismi nurdan zararlanganda to'qimalardagi mahalliy o'zgarishlardan tashqari, nur kasalligi paydo bo'ladi. Bunda davolash bemorni tamomila tinch qo'yishdan, ko'plab suyuqlik, achchiq choy, mors yoki meva, sabzavot suvi berishdan boshlanadi. Bemorga yengil hazm bo'ladigan, oqsil va vitaminlarga boy ovqat berish kerak. Uning transfuziya (qon quyish)ga sezgirligi ortganligini nazarda tutib, qon va boshqa suyuqiiklar faqat tomchilatish usulida quyiladi. Agar pufakchalar hosil bo'lsa, zaharlangan yuzaga quruq aseptik bog'lamlar qo'yiladi. Bemorga dimedrol, kalsiy xlorid, glyukoza (B va C vitaminlar kompleksi bilan birga) ichiriladi.
Eroziya va yaralar bo'lganda balzam yoki neytral mazli bog'lamlar qo'yiladi. Bog'lamlar kamroq (4-5 kunda bir marta) almashtiriladi va granulyatsiya paydo bo'lguncha yechilmaydi.
OFTOB URISHI
Oftob urishi organizmga uzoq vaqt quyosh nuri ta'sir qilishidan vujudga kelib, odatda tananing umumiy qizishi va terining mahalliy kuyishi bilan kechadi. Quyosh nuri infraqizil, ko'k, binafsha va ultrabinafsha faol quyosh spektriga ega bo'lib, ularning ta'siri qariyalar va bolalarda, ayniqsa, kuchli o'tadi. Oftob urish ta'sirida bemorni boshi aylanishi, tomir urishining tezlashishi, rang ko'rishning buzilishi kuzatiladi (atrofdagi ashyolar yashil yoki qizil bo'ladi), keyinchalik qo'1-oyoqlar titraydi, ter chiqishi tezlashadi. Bemor befarq yoki haddan tashqari aktiv bo'ladi, hushdan ketib, qon bosimi kamayadi. Bu hoi boshlanishda bemor yuzi qizarib, keyin oqarib ketadi. Miyada o'choqli shikastlar paydo bo'ladi, tutqanoq ro'yobga keladi.
Davolash. Shikastlangan bemor soya-salqin joyga yotqiziladi, boshiga sovuq kompress qo'yiladi, yurak-tomir faoliyatini yaxshilovchi preparatlar qilinadi, suyuqlik ichiriladi.
ISSIQLIK URISHI
Termoregulatsiyaning buzilishiga olib keluvchi o'tkir qizish issiqlik urishiga sabab bo'ladi. Ko'pincha issiq, havo aylanishi iloji bo'lmagan xonalarda, yuqori namlik bo'lganda ro'yobga keladi. Yurak xastaligi, qon bosimi baland bo'lgan, semiz kishilar bunga moyil bo'ladilar.
Klinika. Charchash, bosh og'riq, yurak atrofida yomon hissiyot bo'lishi erta belgilaridir. Tomir urishi, nafas olish tezlashadi, bemor terlaydi. Qon bosimi kamayib, siydik kelmaydi. Tana harorati oshib, mushaklar tirishishi mumkin. Nafas qiyinlashib, koma vujudga keladi.
Davolash. Shikastlanganni salqin joyga yotqiziladi, toza havo beriladi. Boshiga va katta tomirlar oldida muzli pufaklar qo'yiladi. Yurak-tomir tizimini yaxshilovchi dorilar qilinadi, antigistamin, kortikosteroidlar beriladi, ba'zida reanimatsiya harakatlarini bajarish tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |