Mustaqil ishlar uchun adabiyotlar:
1. Medisina hanishiralari o’quvqo'llanmasi. Ramazanova R. A. tahriri ostida Toshkent "O’qituvchi" 1985 yil
2. Grajdan mudofasi P.G- Yakubovskiyning umumiy tahriri ostida. Toshkent "O’qituvchi" 1992 yil.
3. O’qituvchilarning medisina sanitariya tayyorligi. V.N. Zavyalov, M.I. Gogolev, V.S. Mordvinov, B.A. Gaiko, V.A. Shkuratov, V. I. Ushakova. Toshkent "O’qituvchi" 1991 yil.
4. Ziyonet internet tarmoqlari.
Mavzu: 4
Bemorlar gigiyenasi.
Bemorlar karavoti ehtiyojga qarab har xil: enli, uzun va baland. Jarrohlik bo'limidagi karavotlar uzun, enli, bolalar bo'limidagilar esa kichik, ensiz bo'ladi. Bemorlarning o'rin-ko'rpasi ozoda, qulay. Yostig'i yumshoq bo'lish bilan birga, to'shagi bir tekis solinib, yostiq jildi yoki choyshablar buklanib qolmasligi lozim. Bemorlarning choyshabi har yetti-o'n kunda almashtirib turiladi. Agar ifloslangan bo'lsa, darhol almashtirish zarur. Ahvoli og'ir va uzoq yotgan bemoraing choyshabi almashtirilgan vaqtda ular g'ildirakli zambilga yoki biror joyga yotqizib qo'yiladi. Ba'zan qo'lda ko'tarib turish mumkin. Bordi-yu, yuqorida ko'rsatilgan narsalarai qilish mumkin bo'lmasa, bemorlarni o'rnidan qo'zg'atmay turib choyshabni almashtirish tavsiya etiladi. Buning uchun bemor asta-sekin karavot chetiga suriladi, yonboshi bilan yotqizilgan holda iflos choyshabni bemorning orqasi buklab bo'sh joyga toza choyshab yoziladi (bu vaqtda iflos va toza choyshab yonma-yon bo'ladi). So'ng toza choyshab bemor tomoniga surilib, iflos choyshab bilan almashtiriladi.
Keyin bemor toza choyshab yozilgan tomonga ag'darib yotqiziladi. Iflos choyshab yig'ib olinib, tozasi tekislanadi.
Choyshab almashtirishning boshqa usulida bemorning oyoqlarini ehtiyotkorona ko'tarib, iflos choyshab ort tomoniga qarab yig'iladi, o'rniga toza choyshab yoziladi. Keyin bemorning qaddini ko'tarib iflos choyshab butunlay olib tashlanadi. O'rai toza choyshab bilan almashtiriladi. Shuningdek, bemorning ichki ko'ylagi har haftada bir marta vannadan keyin almashtiriladi. Ahvoli og'ir va ko'p terlaydigan bemorlar ko'ylagi zarur bo'lganda tez-tez almashtirilib turilishi lozim. Uzoq yotgan bemorlar ko'ylagi oldin yuqoriga ko'tarilib, avval boshidan, so'ngra qo'lidan chiqarilib yechiladi. Yangi ko'ylak kiygizganda esa oldin ikki qo'lini, so'ngra bosh tomonini kiygizish tavsiya etiladi. Qo'l shikastlangan vaqtda oldin sog', keyin shikastlangan qo'ldan yechiladi. Kiyintirishda esa aksincha, oldin shikastlangan qo'lga, so'ngra sog' qo'lga kiygiziladi (25-26-rasmlar).
Bemorlarning o'rindagi holati faol, sust va majburiy bo'ladi. Bemorlar o'zgalarning yordamisiz tursa, yursa va erkin harakat qilsa, faol holat deyiladi. Sust holatda bemorlar o'zgalarning yordamisiz turolmaydi va boshqa holatni ololmaydi. Ko'pincha bu holat darmonsiz yoki hushdan ketgan bemorda uchraydi. Bunday bemorlar yotgan vaqtida nafas olishi, qon aylanishiga sharoit yaratish bilan karavotning yon tomoniga bir necha yostiq, boshni baland qilish uchun bolish qo'yish kerak. Notinch yotgan bemorlar uchun yon tomonga to'r tortib qo'yiladi. Majburiy vaziyat bemorlar ahvolini yengillashtirish uchun majburiy holatni olish demakdir. Masalan, plevrit, yurak kasalligida, nafas qisganda bemorlar o'tirishga majbur bo'ladilar. Qorin bo'shlig'i pardasi yallig'langanda, o'tkir appenditsitda, me'da yarasi yorilganda, bemor orqasi bilan yotishga majbur. Bemorlarning o'rinda egallagan holati har doim yaxshi natija bermaydi, masalan, o'pka yiringli yallig'langanda bemorlar kam harakat qilganligi tufayli balg'am oz miqdorda ajraladi. Bunda balg'am to'xtab qolib bemor og'irlashishiga sabab bo'ladi.
Terini parvarish qilish. Teri nafas olishda, tana harakatlari normal bo'hshida, moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Shu bilan birga organizmni tashqi muhitning har xil zararli ta'sirdan, shuningdek, kasalhk qo'zg'atuvchi mikroblardan saqlaydi.
oldin, ovqatdan keyin, hojatxonadan so'ng doim qo'lini sovunlab yuvishi lozim. Hamshiralar bemorlar tozaligi ustidan muntazam ravishda nazorat qilib turishlari kerak. O'rnidan turolmaydigan bemorlar qo'l, yuz, quloq va bo'yinlarini sanitarka yordamida yuvadi. Buning uchun bemorlarga jom keltirib, qo'liga suv quyib turiladi. Bemor o'zi yuvina olmasa, yuz, bo'yin, quloqlarini, qo'lini qaynoq suvga yoki odekolonga ho'llangan paxta bilan artish mumkin. Bemorlar oyog'i har ikki-uch kunda yuvib turiladi. Ayniqsa, barmoqlar orasini tozalab yuvish lozim. Yotoq yara uzoq muddat bir vaziyatda yotgan bemorlarda uchraydi. Bunda terming to'shakka tegib turgan joyi bosilib yara hosil bo'ladi. Ko'pincha yotoq yara oriqlab ketgan va majburiy holatda yotgan bemorlarda uchraydi. Bundan tashqari, choyshabning notekis solinishi natijasida do'mboqchalar hosil bo'lishi, ichkiyim yoki choyshablar chokining botishi, non ushoqlar tushishi ham yaraning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Yotoq yaralar bemorlarning dumg'azasida, kuragida, tirsagi va tovonida, ya'ni qalin mushak qavati yo'q joylarda paydo bo'ladi. Yara bo'lgan joyda qon bilan ta'minlanish buziladi. Shuning uchun terisi mayin, tez terlaydigan kishilarga alohida e'tibor berish zarur. Yara hosil bo'lishi zimdan boshlanib, oldin teri qizaradi, keyin ko'karib, so'ngra usti shilinib, keyin yaraga aylanadi. Agar yaraning oldi olinmasa, teri osti to'qimalari yoki butun organizmni zararlashi mumkin. Ba'zan qorasonga sabab bo'ladi.
Bemorlarda yotoq yara hosil bo'lmasligi uchun quyidagi choralarni ko'rish kerak: bemorlarni to'g'ri parvarish qilish bilan birga ozoda, quruq tutish, uning badanini ho'l latta bilan artib turish lozim. Ahvoli og'irligi tufayli uzoq vaqtdan beri yotadigan, oriqlab ketgan, darmonsizlagan bemorlarni uzoq vaqt bir vaziyatda yotqizmasdan, vaqti-vaqtida dam u, dam bu yonboshi bilan yotqizish kerak. Bunda hamshiralar yordam berishlari lozim, ko'rpa-to'shak tekis to'shalishiga va faqat tananing bir qismiga og'irlik tushib qolmasligiga e'tibor berish kerak. Yotoq yara paydo bo'lishi mumkin bo'lgan joylarni ho'l latta bilan artib, upa sepib qo'yiladi. Shunday joylar qizara boshlasa, oddiy spirt bilan, kamforali spirtga teng miqdorda suv qo'shib artilsa, yaxshi natija beradi. Bundan tashqari, odekolon, aroq yoki sirkaga namlangan sterillangan doka bilan bir kunda uch-to'rt marta artish ham mumkin. Yotoq yara paydo bo'layotgan yoki paydo bo'lgan joyiga rezina chambarak yoki rezina yostiq qo'yilsa, bu yaraning oldini olishga va bitib ketishiga yordam beradi. Chambarak yoki yostiqni havo yoki 40° li issiq suv bilan to'ldirish mumkin. Ular juda qattiq bo'lmasligi va choyshab ostidan yoki biror narsaga qo'yilishi kerak. Yotoq yara paydo bo'lganda har xil maz va pastalar (dermatol, rux aralashtirilgan pasta, vishnevskiy mazi va boshqalar)dan foydalaniladi. Fizioterapiya shifokor buyurganda qo'llaniladi. Yotoq yaralarni davolagandan ko'ra oldini olish, ayniqsa, qo'ltiq, ko'krak osti, chot va dumba oraliqlarining toza bo'lishiga alohida e'tibor berib turish kerak. Uzoq vaqtdan beri yotgan bemorlarning orqa chiqaruv teshigi, jinsiy organlari axlat va siydik bilan ifloslanib turganligi uchun teriga ta'sir etishi oqibatida har xil teri kasalliklari kelib chiqib, yallig'lanish jarayoni ro'y berishi mumkin. Shuning uchun jinsiy organlar, chot, dumba oralig'i bir kunda ikki marta Esmarx krujkasi va balloncha yordamida kaliy permanganat eritmasi (margansovka) bilan oldindan orqa chiqaruv teshigiga tomon yuviladi.
Sochni parvarish qilish. Sochni har 7-10 kunda yuvib turiladi. Uni o'tkir tishli metall taroqda taramaslik kerak. Aks holda bosh terisini shikastlab qo'yish mumkin. Taroqni har kimga berish yaramaydi. Uni toza tutish uchun vaqti-vaqtida spirtga, soda yoki nashatir spirt aralashtirilgan qaynoq suvga ho'llangan doka yoki paxta bilan artib turish kerak.
Og'iz bo'shlig'ini ozoda tutish. Og'iz bo'shlig'ida doim ovqat qoldiqlari bo'ladi. Ular chirishi natijasida mikroblarning o'sishi uchun sharoit tug'iladi. Bundan tashqari, og'iz kasalliklarida suv va ovqat kam iste'mol qilinganligi sababli mikroblar og'iz bo'shlig'ida ko'payib ketishi mumkin.
Isitmalayotgan bemorlarning og'zi quriydi. Shuning uchun og'izni ho'llab turish maqsadga muvofiqdir. Odatda, ovqatlangandan keyin og'iz chayiladi, tishlar cho'tkada pasta va tish kukuni bilan yuviladi. Uzoq vaqtdan beri yotgan bemorlar og'zini chayib turishiga hamshiralar alohida e'tibor berishi lozim. Buning uchun dezinfeksiya qiluvchi dorilar ishlatiladi. Masalan, bir stakan suvga bir choy qoshiq borat kislota yoki choy sodasi solib, og'izni bir necha marta chayish kerak. Bulardan tashqari, 1-3% li vodorod peroksid eritmasidan ham foydalaniladi. Agar chayish uchun bemorning holi kelmasa, pilik qilib yoki barmoqqa paxta, latta o'rab, yuqorida ko'rsatilgan dorilar bilan til, milk va lunjni artish lozim. Lab qurib qolmasligi uchun uni ho'llab turish kerak. Ko'pincha qaymoq yoki vazelin labni qurib qolishidan saqlaydi.
Quloqni toza tutish. Har gal quloq suprasi va boshqa qismlari hamda orqasidagi teri burmalarini yaxshilab issiq suv va sovun bilan yuvish kerak. Quloq ichiga kir to'lib qolsa, quloq og'riydi. Quloq ichiga vodorod peroksid eritmasidan 2-3 tomchi tomizib, so'ngra cho'pga paxta o'rab kirni asta-sekin tozalash mumkin. Agar kir quloq ichida probkaga o'xshab qotib qolgan bo'lsa, mutaxassis shifokor tozalashi kerak (27-rasm).
Ko'zni toza tutish. Ko'z ifloslanishi natijasida kipriklar bir-biriga yopishib qoladi. Ko'z yiringlab qolsa, shisha naycha (undinka) yoki pipetka yordamida yuviladi. Undinka yoki pipetka bo'lmasa, paxta tampon ishlatish mumkin. Ko'z tashqi burchagidan ichki burchagiga qarab yuviladi. Buning uchun 2% li borat kislota eritmasi ishlatiladi (27-rasm).
Har qanday organni parvarish qilishga kirishishdan oldin qo'lni sovun bilan tozalab yuvish kerak. Tirnoqlarni o'stirmasdan, tez-tez olib turish lozim. Aks holda ular ostiga har xil ifloslar to'planib turli kasalliklar vujudga kelishiga sabab bo'lishi mumkin. Ayniqsa, yuqumli kasalliklarga uchragan kishilar qo'lini har gal hojatxonadan keyin yaxshilab yuvishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |