Mustahkamlash uchun savollar
1.Rinit kasalligining qanday klinik alomatlari mavjud?
2.Utkir va surunkali formalardagi farq?
3.Zotiljam kasalligida asosiy klinik belgilar?
4.Upka gangrenasi qanday kasallik?
5.Bronhial astmasi qanday davolanadi?
6.Nafas olish azolarning kasalliklarini aytib o’ting?
7.Zotiljam kasallikning hamma formalarini (turlarini)ayting?
8.Bronhial astma xurujida qanday tibbiy yordam berish kerak?
9.Eksudativ plevritda qanday davolash chorasini ko’rish kerak?
Mustaqil ishlar uchun adabiyotlari
1.Favqulodda vaziyatlar uchun tibbiy hamshiralar tayorlash. Ramazanova Tashkent 2006.
2.Salomatlik intsiklopediyasi .Toshkent 1998
3.Ziyonet.ru enternet tarmoqlari.
Mavzu: 7
Yurak – qon – tomir kasalliklarida birinchi yordam. Gipertoniya kasalligi va gipertonik kriz.
Reja:
1. Gipertoniya kasalligi.
2.Kasalliklarning klinik tekshirish usuli
3. Gipertoniya krizi,uning kechishi.
4. Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish.
Xafaqonlik kasalligi yurak-tomirlar, endokrin tizimi, buyrak va siydik chiqaruv yo'llaridagi organik o'zgarishlarga bog'liq bo'lmagan holda arterial qon bosimining uzoq vaqt birlamchi ko'tarilib turishidir.
Arterial qon bosimining ham sistolik, ham diastolik ko'tarilishi buyrak usti bezlarida o'sma paydo bo'lganda, entsefalitda, poliomiyelitda, kontuziyada va boshqa suyak shikastlanishlarida, buyrak va siydik chiqaruv yo'llari kasalliklarida, moddalar almashinuvi buzilganda kuzatiladi.
Etiologiyasi va patogenezi. Markaziy nerv tizimi faoliyatining tez-tez izdan chiqishi, moddalar almashinuvining buzilishi, nikotin kabi moddalar ta'sir etishi gipertoniya kasalligining kelib chiqishida muhim rol o'ynaydi. Bularning hammasi miya qobig'i hujayralarida turg'un qo'zg'alish o'choqlarini paydo qiladi. Natijada mayda arteriolalarda vaqtincha, keyinchalik doimiy spazm paydo bo'lib, maksimal va minimal arterial qon bosimi ko'tarilib ketadi.
Belgilari va kechishi. Kasallikning boshlang'ich davrida bemorlarda tez o'tib ketuvchi bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik, tez charchash va darmonsizlik belgilari seziladi. Keyinchalik yurak-tomirlar tizimida organik o'zgarishlar paydo bo'lib, arterial bosimning ko'tarilishi turg'un bo'lib qoladi. Xafaqonlik kasalligining kechishini uch bosqichga ajratiladi. Birinchi bosqich xafaqonlik kasalligining boshlanish davri bo'lib, bunda qon bosimining ko'tarilishi qisqa vaqt davom etadi. Bu hol, asosan, hayajonlanish ta'sirida yuzaga keladi. Kasallikning bu bosqichida bemor ahvoli yaxshilanib, bosim qayta o'z holiga kela oladi. Ikkinchi bosqichda arterial bosimning ko'tarilishi turg'un bo'lib, maxsus davo choralari ko'rilmaguncha bosim normaga tushmaydi. Bu davrda bemorda gipertonik krizga moyillik belgilari kuzatiladi. Uchinchi bosqich -sklerotik bosqichda buyrak, aorta, miya va boshqa a'zolar tomirlarida qaytmas o'zgarishlar yuzaga keladi.
Davolash va oldini olish. Xafaqonlik bemorlar dam olish va uxlash tartibiga qat'iy rioya qilishi kerak. Ularning asabiga salbiy ta'sir etuvchi voqealarni bartaraf etish zarur. Dorilardan rezerpin, raunatin, enam, rauvazan, rausedil, izobarin, ismelin va boshqa vositalar ko'p ishlatiladi. Bundan tashqari, arterial bosimni pasaytirish uchun gipotiazid, depressin, dibazol, papaverin kabi dorilar beriladi.
Fizioterapiya usullaridan keng foydalaniladi.
Asorati. Xafaqonlik kasalligidan so'ng miyaga qon quyilishi, miokard infarkti ro'y berishi va buyrakda og'ir asoratlar qolishi mumkin.
Xafaqonlik kasalligi bor odamlarda ba'zan kasallikning qisqa muddatli kuchayishi - xafaqonlik kriz paydo bo'ladi. Bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, qayt qilish, arterial bosimning to'satdan ko'tarilishi, bosh aylanishi xafaqonlik krizning o'ziga xos belgilaridir. Bunday hollarda shoshilinch davo choralari ko'rilmasa, xafaqonlik kriz insult bilan tugashi mumkin.
Birinchi tibbiy yordam. Bemorga o'rom beriladi. Bosimni normaga tushirish maqsadida gipotenziv moddalar: dibazol, 25% li magneziya sulfat eritmasi; papaverin, gipotiazid beriladi.
Dostları ilə paylaş: |