Mavzu. Oilani rejalashtirish.
Oilani rejalashtirish.O'zbekiston Respublikasida aholiga tibbiy yordam ko 'rsatish va sog 'liqni saqlash eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu - davlat va jamoat tadbirlari inson uchun qulay muhit, mehnat va turmush sharoiti yaratish, atrof-muhitni sog 'lomlashtirish, ovqatlanish, dam olishni ratsional tashkil etish, kasalliklarning, bevaqt qarishning va o 'limning oldini olish maqsadida profilaktika ishlarini amalga oshirishga va uzoq umr ko 'rishni ta 'minlashga qaratilgan. Bu tadbirlar inson dunyoga kelishidan oldin amalga oshirilib, uning umri bo'yi davom ettiriladi.
Mamlakatimizda onalar va bolalar sog'ligini muhofaza qilishga alohida e'tibor qaratiladi. Sog'lorn avlodni voyaga yetkazishda shaxsning har tomonlama uyg 'un kamol topishiga o 'zida ma 'naviy boyliklarni, axloqiy tozalikni va jismoniy xushbichimlikni mujassamlashtirgan bo 'lishi yangicha tarbiyaning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Pedagogika Oliy yurtlarini tamomlagan talabalar tibbiyotdan xabardor bo'lsa, o'quvchisi, o 'zining bolasi va qo 'ni-qo 'shnilarga tibbiy yordam ko 'rsata olsa, oldimizga qo'yilgan yosh avlodni sog'lorn voyaga yetkazish va tarbiyalash vazifasini bajarish ancha yengil kechadi.
Onalik va bolalikni muhofaza qilishga respublikamizda katta ahamiyat berilmoqda. Xususan 2000-yilni «Sogiom avlod» yili deb e'lon qilinishi shuning dalilidir. Yurtboshimiz I.A.Karimov «Sog'lom avlod millatimiz kelajagi» deb uqtirgan edilar. Darhaqiqat kelajak avlod ma'naviy boy, axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, sog'lom va jismonan baquwat har tomonlama kamol topgan shaxs bo'lishi lozim.
Bunday shaxsni tarbiyalash uchun keng ko'lamli tadbirlarni amalga oshirish kerak, shulardan biri bo'lib bolalarni sog'lom qilib tarbiyalashdir. Bolaning homilalik davrida rivojlanishidan tortib, to balog'at yoshigacha o'sish qonunlarini va kasallanish sabablanni aniqlash, davolash va kasalliklarni oldini olish tadbirlarini pediatriya fani o'rgatadi.
Sog'lom turmush tarzini amalga oshirishda avvalambor, oilalardagi tug'ilgan chaqaloqning ona suti bilan boqilishi va parvarishdan boshlanadi. Bunda bola dunyoga kelgandan so'ng birinchi daqiqalarda onaning ko'krak bezlarida tabiatdan in'om etilgan, yuqori kaloriyali, chaqaloqning oshqozon-ichak me'dasiga moslashgan mehr suti paydo bo'ladi. Bu sutni emgan chaqaloq har taraflama yaxshi rivojlanadi.
Go'dak bolani parvarish qilishda gigiyena orastaligiga ahamiyat berish lozim. Bolani o'sish jarayonida qo'shimcha ovqatga o'rgatishda yengil hazm bo'ladigan o'simlik yog'i, oqsil, uglevod moddalari, har xil vitaminlar va mikroelementlarga boy bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari beriladi.
Bolani chiniqtirishda va tayanch harakat apparatini rivojlantirishda har xil usullar qo'llanishi kerak.
Bolaning ruhiy-asab tizimini rivojlanishi xususiyatlarini inobatga olgan holda tarbiyalash katta ahamiyatga ega. Bolani yuqumli va yuqumsiz kasalliklardan saqlash uchun yoshiga qarab emlanadi.
Sog'lom turmush tarzining asosiy tarkiblari: faol harakat, jismoniy mashqlar, yetarlicha uyqu va kun tartibiga rioya qilish.
O'sayotgan bola uxlaganda uning organizmida asosiy metabolik modda almashuvlar, hujayralarning rivojlanishi va suyaklarning o'sishi davom etadi. Shuning uchun bola uxlagan xonada toza havo bo'lishi foydali.
Bolalarda zararli odatlarini rivojlanishiga yo'l qo'ymaslikda gijja, o'chog'li infeksiyalarni oldini olish kerak.
Sog'lom turmush tarzini amalga oshirishda sinf rahbari ota-onalar bilan turli mavzuda suhbat va savol-javob o'tkazishi zarur.
O'smir qiz va o'g'il bolalarda jinsiy tarbiya masalalarini to'g'ri shakllantirib borish, yosh avlodning yaxshi o'sib unishiga, nikoh va oilani mustahkam bo'lishiga yordam beradi.
Qizlar 12-14 yoshda, o'g'il bolalar 13-15 yoshida o'smirlik davriga qadam qo'yishadi. Ularning ichki dunyosi boyib, endokrin va ayniqsa, jinsiy bezlarining faoliyati kuchayadi. Ularda asta-sekin jinsiy mayl uyg'onadi.
Bu davrda qizlar hayz ko'rishadi, o'g'il bolalarda esa ixtilom bo'lib turadi. Bunday vaqtda yoshlar shaxsiy orastalikka katta e'tibor berishlari kerak. Ularning ichki kiyimlari qaynatilib, dazmollanib tez-tez almashtirib turiladi.
Oilada kattalarning axloqsizligi, ichkilikbozligi o'smir tarbiyasiga yomon ta'sir etib, ba'zilarda jinsiy hisning vaqtidan ilgari paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.
Ota-onalar, maktabdagi ustozlar yosh avlodga tamakining, alkogolning va giyohvandlikning odam organizmiga, naslga, oilaviy turmushga zarar keltirishi to'g'risida suhbatlar olib borishi sog'lom turmush tarzini shakllantirishda katta ijobiy rol o'ynaydi.
FARZANDING1Z QANDAY O'SYAPTl?
1-oyda yorug'lik va ovozni sezadi.
2-oyda qorinda yotib, boshi va qornini ko'taradi.
3-oyda qorinda yotib tanasini ko'tara oladi.
4-oyda ovoz kelgan joyga qaraydi.
6-oyda so'zlarni bo'g'inlab ayta oladi.
7-oyda emaklaydi, o'tiradi.
9-oyda narsalarni ushlab o'rnidan tura oladi.
10-oyda ushlab yura oladi.
11-oyda o'zi yuradi, so'zlay boshlaydi.
Mustahkamlash uchun savollar:
Oilani rejalashtirish qanday amalda bajariladi?
Ayollarning kontratseptsiyasi qanday turlari bor?
Istalmagan homiladorlikni oldini olish choralarini ayting?
Kontratseptiv vositalarini aytib uting?
Mustaqil ishlar uchun adabiyotlar:
1.Favqulodda vaziyatlar uchun tibbiy hamshiralar tayorlash. Ramazanova Tashkent 2006.
2.Salomatlik intsiklopediyasi .Toshkent 1998
3.Ziyonet.ru enternet tarmoqlari.
Dostları ilə paylaş: |