Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə13/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

Psixologik rivojlanish - kishining har bir sifati, masalan irodasi, xotirasi yoki xarakter xususiyati uning qanday tilak va orzular bilan yoki boshqa sabablar bilan kirishganiga qarab mutlaqo har xil ahamiyat va qimmat kasb etadi. Xayol boyligi kishining ijodiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan qimmatli xususiyatdir ammo, odam xayolida o‘ylab turgan narsalarini amaliy faoliyatida ro‘yobga chiqarmasa, bu xayol boyligi salbiy xususiyat bo‘lib qoladi. Musiqaga qobiliyati bo‘lgan kishi uni yaxshiroq o‘rganish uchun intilmasa va mehnat qilmasa, uning qobiliyati o‘smaydi.2
Turmushda kishi o‘zidagi ba’zi zaif tomonlarni, odatlarni kuchliroq sifatlari bilan qoplashga harakat qiladi. Biror narsani uncha tez tushunib ololmaydigan odam astoydil harakat qilib va zo‘r berib uni tushunib oladi va mehnatini to‘g‘ri tashkil etadi. Har bir kishi juda ko‘p odamlar bilan xilma-xil munosabatlarga kirishganda o‘zining turli xususiyatlarini namoyon qiladi.
Shaxsning eng barqaror va ahamiyatli xislatlari uning boshqa odamlarga, mehnatga, Vatanga bo‘lgan turli munosabatlarida ifodalanadi. Bu xislatlar kishidagi ayrim psixik jarayonlarning kechish xarakterini ham ko‘p jihatdan belgilab beradi.
O‘quvchi yoshlarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish va hayot-turmushga layoqatli bo‘lib yetishishida barcha fanlar kabi jismoniy tarbiya fani, sport turlari, sayohatlar, xalq milliy o‘yinlari muhim o‘rin tutadi.
Jismoniy rivojlanish - tananing barcha a’zolari sog‘lom, harakatlarni ixcham va tez bajarishini tushuniladi. Bu o‘z navbatida chaqqonlik, epchillik, kuchlilik, chidamlilik, egiluvchanlik kabi qator jismoniy sifatlardan tarkib topadi. Ular ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‘ulotlari (trenirovka), sport musobaqalariga tayyorgarlik va unda qatnashish yo‘llari bilan rivoj topadi.
Jismoniy jihatdan rivojlanish, barkamol avlod bo‘lib yetishishida inson tanasidagi barcha faoliyatlar (funksiya) va ularni tarbiyalash pedagogik jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Rivojlanish - inson organizmidagi miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonidir.
Pedagogika fani shaxsni biologik va ijtimoiy xususiyatlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Kishining yoshi, sog‘ligi, kasalligi, uning faoliyatidagina emas, balki turmush tarziga ham ta’sir qiladi. Lekin shaxsning butun qiyofasini belgilab beradigan unga o‘z jismoniy kamchiliklarini xarakteridagi salbiy xususiyatlarni yo‘qotish kuch bag‘ishlaydigan sabablar, qiziqishlar, maqsadlar, ya’ni ijodiy hayot natijalari hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Shaxs tushunchasi ijtimoiy foydali faoliyatda qatnashishga ehtiyoj sezishini va aktiv ishtirok etishini har bir kishining boshqa odamlar bilan munosabatda bo‘lishi ehtiyojini, bu munosabatning mazmuni va formalarini, shaxs bilan uning atrofidagi kishilar o‘rtasidagi munosabatlar tizimini, uning tabiatga tevarak atrofdagi dunyoga munosabatini shaxsning asosiy xususiyatlari deb ajratish mumkin. Shaxsning ko‘p sohali va har tomonlama faoliyatida turli xil odamlar bilan aloqada shaxsning hamma qiziqishlari namoyon bo‘ladi, uning odamlarga umumiy ishga, o‘z malakasiga o‘ziga bo‘lgan munosabatlari shakllanadi. Biroq shaxs ijtimoiy turmush mahsuli bo‘lish bilan birga tirik organizm hamdir. Organizmning hayoti biologik qonunlarga bo‘ysunadi. Birinchi galda nerv sistemasining xossalari mavjudga keltiradigan temperament xususiyatlari tufayli insonning butun xulq-atvori alohida xarakterga ega bo‘ladi. Shaxsning tarkib topishi va xulq-atvorida ijtimoiy va biologik jihatlar munosabati nihoyatda murakkab bo‘lib, kishi taraqqiyotining turli davrlarida uning boshqa odamlar bilan bo‘lgan aloqalarining turli vaziyat va ko‘rnishlarida har xil keskinlikda namoyon bo‘ladi.
Shaxsga avvalo uning ijtimoiy qiyofasiga, kishining o‘z atrofidagi odamlar hayoti bilan bog‘liq holda ifodalanadigan qiyofasiga qarab baho beriladi, kishi tevarak atrofidagi odamlar bilan xilma-xil munosabatlarga ba’zan o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan munosabatlarga kirishib o‘zining mohiyatini namoyon qiladi. Shaxsning barcha xislatlari atrofdagi kishilar bilan munosabatida shakllanadi. Shaxs odamlar orasidan tashqarida yashay olmaydi va shakllanmaydi.
Hozirgi davrda shaxsni ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash davlat siyosatining bosh mezoni hisoblanadi. Shaxs rivojlanishiga to‘g‘ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini uning xulq-atvorini va unga ta’sir ko‘rsatish vositalarini bilish zarur.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin