Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари


Mavzu yuzasidan tayanch iboralar



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə22/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

Mavzu yuzasidan tayanch iboralar

Trener, nizo, bilim, ko‘nikma, malaka, mahorat, pedagogik mahorat, pedagogik texnika, qobiliyat, bilish qobiliyati, nutq qobiliyati, tushuntirish qobiliyati, kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati, pedaogik usullar.




Nazorat savollari:

  1. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va sport pedagogi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari ta’riflang.

  2. Sport pedagogiga qo‘yiladigan talablar ularni izohlang.

  3. Kasbiy-pedagogik bilimdonlik nima ?

  4. BO‘SM treneri faoliyatining spetsifik xususiyatlarini ko‘rsating?

  5. O‘qituvchi va trenerga qanday talablar qo‘yiladi ?

  6. Jismoniy tarbiya va sport sohasi pedagogining kommunikativ qobiliyatlarini ochib bering ?

  7. Jismoniy tarbiya va sport sohasi pedagogining tashkilotchlik qobiliyatlarini ochib bering ?

  8. Jismoniy tarbiya va sport sohasi pedagogining tolerantliligi va uni faoliyat olib borishidagi ahamiyati nima ?

  9. Sportga oid o‘zaro munosabatlarda nizolar tushunchasi, sport faoliyatida yuzaga keladigan nizolar tasnif bering.

  10. Sportga oid o‘zaro munosabatlarda nizolarning kelib chiqish sabablari

  11. Sportga oid o‘zaro munosabatlarda nizolar hamda ularni oldini olish va bartaraf etishda qandaay samarali usul va yo‘llar mavjud.


MAVZU-4:JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA TA’LIM TAMOYILLARI


4.1.Sport faoliyatida ta’lim tamoyillari.
O‘qitish jarayonining asosiy qonuniyatlari didaktik qoidalarda o‘z ifodasini topgan. Didaktik qoidalar deganda o‘qitish va o‘qish jarayonida amal qilinadigan asosiy qoidalar tushuniladi.
O‘qitish tamoyillari – jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trenerning ish faoliyati jarayonida qo‘yiladigan talablar yig‘indisidir.
Ta’lim qoidalari deb, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonining yo‘nalishi, o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarni o‘zlashtirilishi, bilim va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalari yig‘indisiga aytiladi.
O‘qitish tamoyillari bir-biri bilan bog‘liq. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trener tomonidan o‘qitish tamoyillaridan birining buzilishi o‘z-o‘zidan ikkinchisining buzilishiga olib keladi.
O‘qitish tamoyillari qadimdan yoritilib berilgan. Ular buyuk Sharq va G‘arb allomalarining ijodiy merosida aks ettirilgan. Buyuk o‘zbek mutafakkiri Farobiy “Namunali ta’lim” haqidagi risolasida o‘quvchilarning o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materialni bayon qilishni eng yaxshi usuli haqida to‘xtalib bu ishni ikkita yo‘lini tavsiya etgan: ularning biri - sezishga yaqin narsalarni oldingi o‘ringa qo‘yishdan va ikkinchisi aqlga yaqin narsalarni ilgari surishdan iboratdir. U o‘zining fikrini tushuntirib shunday yozgan: “Aql o‘z harakatini avval seziladigan narsalarga keyin esa xossalarni sintez qilishga yo‘naltirishi ma’qul”. O‘qitish prinsiplari qadimdan yoritilib berilgan. Ular buyuk Sharq va G‘arb allomalarining ijodiy merosida aks ettirilgan.
Ibn Sino ham o‘z asarlarida didaktikaning ko‘rsatmali tamoyil haqida alohida to‘xtalib o‘tgan. U inson o‘quv mashg‘ulotlarida buyumni tashqi xossasini ya’ni buyumning tasvirini ko‘rib chiqsa, o‘zi mustaqil holda bilimlarni o‘zlashtira oladi deb hisoblagan va inson mavjud narsalarni ularning tasvirini idrok etish tufayli, unda voqelikni aks ettiruvchi tasavvur shakllanishini uqtirgan.
Olimlarning yuqoridagi fikr va mulohazalarini umumlashtirib aytishimiz mumkinki, o‘qitish tamoyillari yosh avlodga ta’lim tarbiya berish maqsadga muvofiq, ular o‘qishning asosiy yetakchi qoidasidir. Ya.A.Komenskiy o‘zining “Buyuk didaktika” asarida didaktikaning o‘qitish tamoyillarini ishlab chiqqan.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin