Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари


Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar quyidagi huquqlarga ega



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə78/109
tarix14.12.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#179795
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar quyidagi huquqlarga ega:

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida trenerlik faoliyatini amalga oshirish;

  • tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini o‘tash;

  • sport musobaqalari, ommaviy jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish tadbirlari, anjumanlar, seminarlar, kurslar va yig‘inlarda ishtirok etish;

  • -navbatdagi malakaviy trenerlik toifasini olish.

Trenerlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar quyidagilarga amal qilishga majbur:

  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tish;

  • o‘z faoliyati jarayonida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarga vatanparvarlik, vatanga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalashga, ularning sog‘ligini mustahkamlashga sport mahoratini oshirishga, ularni axloqiy, ma’naviy tarbiyalashga alohida e’tibor qaratish;

  • o‘z faoliyatini, trenerlik faoliyatiga qo‘yilgan talablarni belgilovchi reglament nizomlar va boshqa hujjatlarga muvofiq amalga oshirish;

  • kasbiy malaka darajasini uzluksiz ravishda oshirib borish;

  • -jismoniy tarbiya va sportni targ‘ibot qilish bo‘yicha faol ish olib borish;

  • yuksak madaniyat va tashkilotchilik bo‘yicha o‘rnak bo‘lish, shug‘ullanuvchilar tomonidan qo‘pollik intizomsizlik va axloqiy me’yorlar buzilishining oldini olish.

Trenerlik faoliyatini tashkil etish quyidagidan iborat:

  • aholi orasida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mashg‘ulotlarni va sportchilarni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiy tavsiyalar va boshqa hujjatlarda belgilangan sharoitlar, me’yorlar vaqt talablariga muvofiq;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda chet elda o‘quv mashg‘ulotlari, o‘quv-mashq yig‘inlari va sport musobaqalari ommaviy jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya - sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazilayotgan joylarda;

  • jismoniy tarbiya – sport jamoat birlashmalarida, sport klublari va markazlarida, boshqa sport texnika tashkilotlarida jismoniy tarbiya va sport jamoalarida;

  • o‘quv maskanlarida;

  • aholiga xizmat ko‘rsatadigan sport, sport – sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiya – sog‘lomlashtirish va sport – tomosha tashkilotlarida, shaxmat – shashka klublari, o‘q otish maydonlari, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi seksiya va guruhlarida.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin