maqsadi: Tavr birikmalarni gorizontal holatda gaz yoyda payvandlashni o‘rgatish.
EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR:
ish joyini tashkil etish;
payvandlash rejimini tanlash;
gaz bilan payvandlash jihozini zaradka qilish;
gaz alangasini ravon yonishini ushlab turish;
mundshtuk uchi va payvand sim bilan tebranma harakatlarni bajarish;
chok qirralarini qayirib payvandlash;
plastinalarni tavrli biriktirish bilan payvandlash;
gaz bilan payvandlash jihozini razradka qilish;
havfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.
SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR:
ish joyini tashkil etish qoidalari;
gaz bilan payvandlash ishlarida havfsizlik texnikasi qoidalari;
payvandlash rejimini tanlash tartibi;
chok qirralarini qayirib payvandlash usuli;
plastinalarni tavrli biriktirish bilan payvandlash usuli;
gaz bilan payvandlash jihozini razradka qilish tartibi.
MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
Buyumlarni payvandlash uchun yig‘ish, fazodagi har xil holatlarda payvandlash. Gaz bilan payvandlash oldidan payvandlanadigan metal qirralari iflosliklardan metal cho‘tka bilan yaxshilab tozalanadi.
Payvandlash oldidan detallarni payvandlash jarayonida ular orasidagi oraliq o‘zgarmasligi uchun bir-biri bilan ayrim joylariga kalta chok qo‘yiladi (payvandlanadi). Bu birikmalarni (qisqa choklarni) ilintirish choki deyiladi. Payvandlanadigan metal qalinligiga qarab ilintirish choklarining o‘lchamlari, ular orasidagi masofa va uzunliklari belgilanadi.
Yupqa metallarni va kalta choklarni payvandlashda ilintirish choklarining uzunligi 5 mm dan va ular orasidagi masofa 50-100 mm dan oshmasligi kerak. Katta qalinlikdagi metallar va uzun choklarni payvandlashda ilintirish choklarining uzunligi 20-30 mm va ular orasidagi masofa 300-500 mm bo‘lishi mumkin. Ilintirish choklari payvandlash rejimida bajariladi. Ilintirish choklari uchastkalarini payvandlanmay qolmasligi uchun yaxshilab payvandlashga ahamiyat berish kerak.
Uchma-uch choklarni ilintirmay payvandlash mumkin. Bu holda payvandlash jarayonida o‘zgarmas oraliqni saqlash uchun po‘lat taxtalarni shunday o‘rnatish kerakki, ular o‘zaro kichik burchak hosil qilish kerak. Payvandlash davomida chokni ko‘ndalang kirishishi hisobiga po‘lat taxtalar tortiladi va oraliq kattaligi chok bo‘ylab bir xilda qoladi.
Uzun choklarni payvandlashda pog‘onali (bosqichli) va teskari pog‘onali (teskari bosqichli) payvandlash usullari qo‘llaniladi. Chokni uchastkalarga bo‘linib, ma’lum ketma-ketlikda payvandlanadi (1-rasm).