Mavzu: №10 «Tavr birikmalarni gorizontal holatda payvandlash mashqlari»


maqsadi: Tavr birikmalarni gorizontal holatda gaz yoyda payvandlashni o‘rgatish. EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR



Yüklə 221 Kb.
səhifə4/7
tarix07.10.2023
ölçüsü221 Kb.
#152945
1   2   3   4   5   6   7
2 GAZ 10M

maqsadi: Tavr birikmalarni gorizontal holatda gaz yoyda payvandlashni o‘rgatish.
EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR:

SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR:

MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:


Buyumlarni payvandlash uchun yig‘ish, fazodagi har xil holatlarda payvandlash.
Gaz bilan payvandlash oldidan payvandlanadigan metal qirralari iflosliklardan metal cho‘tka bilan yaxshilab tozalanadi.
Payvandlash oldidan detallarni payvandlash jarayonida ular orasidagi oraliq o‘zgarmasligi uchun bir-biri bilan ayrim joylariga kalta chok qo‘yiladi (payvandlanadi). Bu birikmalarni (qisqa choklarni) ilintirish choki deyiladi. Payvandlanadigan metal qalinligiga qarab ilintirish choklarining o‘lchamlari, ular orasidagi masofa va uzunliklari belgilanadi.
Yupqa metallarni va kalta choklarni payvandlashda ilintirish choklarining uzunligi 5 mm dan va ular orasidagi masofa 50-100 mm dan oshmasligi kerak. Katta qalinlikdagi metallar va uzun choklarni payvandlashda ilintirish choklarining uzunligi 20-30 mm va ular orasidagi masofa 300-500 mm bo‘lishi mumkin. Ilintirish choklari payvandlash rejimida bajariladi. Ilintirish choklari uchastkalarini payvandlanmay qolmasligi uchun yaxshilab payvandlashga ahamiyat berish kerak.
Uchma-uch choklarni ilintirmay payvandlash mumkin. Bu holda payvandlash jarayonida o‘zgarmas oraliqni saqlash uchun po‘lat taxtalarni shunday o‘rnatish kerakki, ular o‘zaro kichik burchak hosil qilish kerak. Payvandlash davomida chokni ko‘ndalang kirishishi hisobiga po‘lat taxtalar tortiladi va oraliq kattaligi chok bo‘ylab bir xilda qoladi.
Uzun choklarni payvandlashda pog‘onali (bosqichli) va teskari pog‘onali (teskari bosqichli) payvandlash usullari qo‘llaniladi. Chokni uchastkalarga bo‘linib, ma’lum ketma-ketlikda payvandlanadi (1-rasm).





Yüklə 221 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin