Mavzu: №10 «Tavr birikmalarni gorizontal holatda payvandlash mashqlari»



Yüklə 221 Kb.
səhifə5/7
tarix07.10.2023
ölçüsü221 Kb.
#152945
1   2   3   4   5   6   7
2 GAZ 10M

1-rasm. Chokni qo‘yish tartibi.
a-qirradan boshlab payvandlash; b-chok o‘rtasidan payvandlash.

Payvandlash chokining fazodagi holatiga qarab pastki, gorizontal, vertikal va ship choklariga bo‘linadi.


Pastki choklar oson payvandlanadigan choklar, chunki erigan payvand sim tortish kuchi hisobiga kraterga tomadi va payvandlash vannasidan oqib chiqib ketmaydi. Bundan tashqari pastki chokni payvandlashni kuzatish ancha qulay. Pastki choklar payvandlanayotgan metal qalinligiga qarab o‘ng va chap usullarda bajariladi.
Gorizontal choklarni payvandlashda erigan metal pastki qirra tomon oqishga harakat qiladi. Bu choklar o‘ng usulda payvand sim uchini yuqorida, gorelka mundshtugini esa vannadan pastda ushlagan holda payvandlanadi (3-rasm, a), payvandlash vannasi chok o‘qiga nisbatan qandaydir burchak ostida joylashadi, bu chokning shakllanishi va erigan metalni oqishdan ushlab turishni osonlashtiradi.
Payvand choklarni bajarish (qo‘yish) texnikasi.
Gaz bilan payvandlash rejimining asosiy parametrlari bu-payvandlash alangasining turi va quvvati, payvand sim diametri, payvandlash tezligidir. Payvandlash rejimini tanlash payvandlanadigan metal turi va qalinligiga hamda buyum konstrukutsiyasiga (tuzilishiga) bog‘liq. Gaz bilan payvandlash usuliga payvand choklarni bajarish texnikasi katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘p qatlamli payvandlashda chokni bir necha qatlam bilan to‘ldiriladi. Ko‘p qatlamli payvandlashning bir qatlamli payvandlashdan bir qator afzalliklari bor: metalni qizish zonasini kamligi, har bir qatlamni qoplashda oldingi qatlamni yumshatishni (otjig) ta’minlaydi, chokni keyingi qatlamini qo‘yishdan oldin cho‘kichlash (prokovka) imkonini beradi.
Ko‘p qatlamli payvandlash qisqa uchastkalar bilan bajariladi, valiklar uchi har xil qatlamlarda to‘g‘ri kelmasligi kerak. Har bir keyingi qatlamni qo‘yishda oldingi qo‘yilgan qatlam yuzasi metal cho‘tka bilan yaltiratib tozalanadi.
Ko‘p qatlamli payvandlashning kamchiliklariga mehnat unumdorligining pastligi va gaz sarfining ortiqligidir. Shuning uchun bunday payvandlash muhim konstruksiyalarni va katta qalinlikdagi metallarni payvandlashda qo‘llaniladi.
Oksidlovchi alanga bilan oz uglerodli po‘latlarni payvandlashda qo‘llaniladi. Payvandlash 1 mm po‘lat qalinligiga 200 dm3soat quvvatda tarkibi ga teng oksidlovchi alanga bilan olib boriladi. Payvandlash vannasida temir oksidlari hosil bo‘ladi. Ularni oksidsizlantirish uchun Sv-12GS, Sv-08G va Sv-08G2S markali payvand simlari ishlatiladi. Bu usul bilan payvandlashda mehnat unumdorligi 10-15% ortadi. Payvand simning (chiviq) diametri 6-8 mm olinadi. Payvandlash o‘ng usulda olib boriladi. Bu usulda payvandlash unumdorligi ortadi, lekin payvandchi yuqori malakali bo‘lishi kerak, chunki metal chokini qizdirib yuborish bilan uning mustahkamlik xususiyatini kamaytirishi mumkin.
Atsetilen gazi o‘rnini bosuvchi gazlar bilan payvandlaganda yonuvchi gaz sifatida propan-butan gazi ishlatiladi. Oz uglerodli po‘latlarni payvandlashda payvand sim (chiviq) sifatida marganes-kremniyli Sv-12GS yoki Sv-08GS markali payvand sim qo‘llaniladi. Payvand sim diametri payvandlanadigan metal qalinligi yarmidan 1 mm ortiq olinadi. Payvand sim payvandlanayotgan metal satxiga nisbatan 35-400 og‘diriladi.
Metalni payvandlashda atsetilenni propan-butan bilan almashtirish koeffsiyenti 0,6, alangadagi kislorod va propan-butanni nisbati 3,5-4.
Suyuqlashtirilgan gazlar bilan payvandlashni hamma fazoviy holatlarda bajarish mumkin. Payvandlashni maxsus yoki atsetilen-kislorod gorelkasi bilan bajariladi. Normal quvvatli alanga olish uchun gorelka uchligini atsetilen-kislorod bilan payvandlashga qaraganda ikkita nomer yuqori olinadi.
Kislorod gazi bilan payvandlashda GZU gorelkasi bilan Sv-12GS payvand simi ishlatib bajariladi. Payvandlash oksidlovchi alanga bilan bajariladi. Po‘latni payvandlash uchun alanga quvvati payvandlanayotgan metal qalinligining 1 mm iga 180dm3soat hisobida olinadi. Payvand birikma mustahkamligi atsetilen-kislorod bilan payvandlashga qaraganda kam bo‘ladi.



Yüklə 221 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin