Mavzu: 1312 yildagi Kebekxon tomonidan o`tkazilgan pul isloxati axamiyati mundarija kirish Asosiy qism



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə1/5
tarix01.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#105518
  1   2   3   4   5
1312 yildagi аKebekxon tomвonidan o`tkazilgan pul isloxati axamiyati


Mavzu: 1312 yildagi Kebekxon tomonidan o`tkazilgan pul isloxati axamiyati
MUNDARIJA


Kirish
Asosiy qism.

  1. Bob. Mo’g’ullar davlatining tashkil topishi va Chig’atoy ulusining siyosiy tarixi

    1. Mo’gullar davlatining tashkil topishi

  1. Chig’atoy ulusining siyosiy tarixi

  1. Bob. 1312 yildagi Kebekxon faoliyati va tomonidan o`tkazilgan pul isloxati axamiyati

  1. Kebekxonning hayoti va faoliyati

  2. Kebekxon tomonidan o`tkazilgan pul isloxati

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng tariximizga boMgan munosabat tubdan o‘zgardi. Zero o‘z o‘tmishini yaxshi bilgan undan to‘g‘ri xulosalar chiqargan xalqgina kelajak sari xotirjam qadam tashlay oladi. Mustaqillik yillarida tariximizga bo‘lgan e‘tibor hukumat darajasigacha ko‘tarildi desak aslo xato bo‘lmaydi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 - yil 27 iyuldagi —Oz FAN tarix instituti faoliyatini takomillashtirish haqidagill qarori'dan so‘ng haqqoniy tarixni yaratish, bu jarayonda birlamchi manbalarga asosiy e‘tibor berish, qo‘yilgan muammolarni soha mutaxassislari tomonidan hal etilishi, mavjud muammolar yechimini ilmiy asoslash borasida anchagina ishlar amalga oshirildi. O`zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab vatanimiz tarixini qaytadan tiklash ishlariga shaxsan bosh-qosh bo`lib kelmoqdalar. Bu borada bir guruh tarixchi - olimlar bilan qilgan suhbatida tarixchi-olimlarimiz oldiga bir qator ilmiy-nazariy va amaliy 2-dolzarb muammolarni hal etish vazifasini qo‘ygan edi . Bu uchrashuvdan keyin tarixchi - olimlarning mas‘uliyatlari yanada oshdi.
Davlatchilik va boshqaruv tarixining iqtisodiyot bilan bog’liqligi shundaki, iqtisodiy fanlar jamiyatdagi ishlab chiqarish munosabatlarini, ishlab chiqaruvchi xo’jalik sohalarining paydo bo’lishi va rivojlanishini, moliya masalalarini, jumladan dexqonchilik, xunarmanchilik, mahsulot ayirboshlash, tovar pul munosabatlari, soliqlar tizimi, savdo-sotiq tarixi kabilami tadqiq etishda o’ta muhimdir. Shuningdek, davlatchilik va boshqaruv tarixini o’rganishda siyosatshunoslikning ham ahamiyati beqiyosdir. Ma’lum bir davlatning taraqqiyoti yoki tanazzuli o’sha davlatda olib borilgan siyosatga bog’liqligi sir emas. Undan tashqari, turli davrlardagi norozilik harakatlari, bosqinchiliklar, qo’zg’olonlar va urushlar tarixi ham siyosat bilan bevosita bog’liqdir. Shuningdek, davlatchilik va boshqaruv tarixini o’rganishda sotsiologik tadqiqotlaming ham ahamiyati kattadir. Sotsiologiya fani mavjud jamiyatni bir butun yaxlit holatda, uyushgan tizim sifatida tadqiq etadi hamda mavjud jamiyat a’zolarining davlatga bo’lgan turli munosabatlarini, ularning mavjud davlat haqidagi mulohazalarini o’rganadi.
Xullas, barcha davlatlarda bo’lgani kabi o’zbek halqi davlatchiligi va boshqaruvi tarixini tadqiq etish ham turli fan sohalari bilan chambarchas bog’liqdir. O’quvchilar shunga asosiy e’tibor berishlari lozimki, turli halqlar jumladan, o’zbek halqi ham o’z davlatchiligining shaklllanish bosqichlarini ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy madaniy jarayonlarga bog’liq holda turli tarixiy davrlarda bosib o’tgan. Bir umumiy geografik mintaqa - O’rta Osiyoda yashab kelgan qo’shni xalqlar, elatlar va qabilalarni bir-biriga yaqin bo’lgan madaniyatlar, ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy jarayonlar, umumiy va madaniy etnik ildizlar birlashtirib turgan. Shuning uchun ham qadimgi davrlardan boshlab O’rta Osiyo xalqlarining tarixiy taqdiri bir-biriga o’zviy bog’langan.
Mustaqil ishining davriy chegarasi. Maskur kurs ishi Chig’atoy ulusining tashkil topishi, ya’ni XII asr dastlabki davri va Movoraunnahrda Amir Temurning hukmronli o’rnatilishigacha bo’lgan davni- XIV asrning 60-yillarigacha bo’lgan davrini qamrab oladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin