14.2. Ijtimoiy sohalarni prognozlash usullari va modellari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohani ananaviy prognozlashtirishda ayrim kamchiliklar bor, chunki mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy modernizatsiya, ilmiy texnik taraqqiyot va boshqa ekzogen omillarni hisobga olish qiyin. SHuning uchun prognozlashtirish jarayonida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va bu sohaga oid dastur va rejalardan kelib chiqib, ularni ta’sirini inobatga olib prognozlash zarur bo‘ladi.
Prognozlashni bu tarzda tashkil etish ijtimoiy-iqtisodiy soha rivojlanishi va uni butun mamlakat miqyosida ko‘rib chiqish qulay bo‘lib hisoblanadi. Bu bilan aholi turmush darajasining holati va uning istiqboldagi natijalari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
Aholi turmush darajasini prognozlashning uch tarkibiy qismi mavjud.
Milliy daromadning o‘sishi,
Aholi istemol hajmining oshishi,
Kelajakda istemol qilinadigin resurslarning o‘sishi.
Istemol uchun resurslar o‘sish suratini prognozlash ishlab chiqarish jamg‘armasinin unumdorligini prognozlashda asos bo‘ladi.
14.1-Rasm. Sog‘liqni saqlash xarajatlari2
Ijtimoiy rivojlanishni va aholi turmush darajasini prognozlashda iqtisodiy-matematik usullar va modellardan, me’yor va boshqa usullardan foydalaniladi. Iqtisodiy matematik modellar, ijtimoiy rivojlanish va aholi turmush darajasini prognozlashda qo‘llaniladi, u aholi ehtiyojini ortib borish tendensiyasini ifodalaydi. Kelajakdagi o‘sish dinamikasini hisobga olish ijtimoiy rivojlanishni va aholi turmush darajasini sifati va miqdorini yaxshilashdan iborat.
Ijtimoiy rivojlanishni va aholi turmush darajasini prognozlashning kamchiligi shundaki u nomoddiy ishlab chiqarish jarayonidagi holatlarni to‘liq ifoda etolmaydi. Modellar va prognozlar tizimi butunlay ishlatilsa ham, murakkab iqtisodiy kategoriya, turmush darajani faqatgina malum jihatlarini ko‘rsatib tahlil qilishga yordam beradi. Ijtimoiy rivojlanishni va aholi turmush darajasini prognozlashtirishning rivojlanishini o‘rganuvchi jamiyatning ijtimoiy institutlarini rivojlantirib, hozirgi kundagi muammolarni echimlarini kelajakdagi holatini baholamay xulosa qilish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |