Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə40/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
сохавий

Bibliografik axborot- bu hujjatlar haqidagi tezkor xabar (signal), u hujjatlarning bibliografik tavsifi yoki asosiy ma’lumotlar bilangina cheklangan bibliografik ko‘rsatkich. Uning xususiyati tezkorlik, katta hajmdagi adabiyotlar haqida to‘la axborot berish.
Ularning asosiy maqsadi turli xil hujjatlarda aks etgan fan, texnika, madaniyat yutuqlaridan, ma’naviy boylikdan kompleks foydalanishga yordam berishdan iborat. Umumlashtiruvchi, yakunlovchi vazifani bajarish bilan bunday qo‘llanmalar jiddiy tadqiqot ishlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Uni tayyorlashda barcha ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar–oddiy asardan to memuar asargacha, kundaliklar, ilmiy tadqiqotlarni olib borish metodikasiga oid asarlar tanlab olinadi. Retrospektiv bibliografiyalarning rivojlanishi kundalik bibliografiyalarning rivojiga, avtomatlashgan tizimdan qanchalik darajada foydalanilayotganiga bog‘liq. Muammoli – mavzuli ko‘rsatkichlar. Umuman fanning shu jumladan ijtimoiy fanlarning rivojlanishi tarmoq va ichki tarmoq tabaqalanishi bilangina emas, balki integrativ qarama-qarshiliklari bilan ham xarakterlanadi. Ilmiy muassasalar tizimida tarmoq muassasalari bilan bir qatorda odatda, bilimning turli tarmoqlari mutaxassislarining ishtirok etishini talab qilayotgan eng muhim, murakkab va dolzarb masalalarini ishlab chiqish uchun tashkil qilinayotgan kompleks – muammoli institutlar, ilmiy kengashlar, guruhlar ishlab turibdi. Bunday jamoalarning faoliyati faqat tarmoq retrospektiv bibliografik axborot bilangina yetarli darajada ta’minlanishi mumkin emas. Jamiyatga rahbarlik qilishga oid amaliy faoliyatning ko‘pgina yo‘nalishlari ham kompleks harakterga ega, chunki bunda uning rivojlanishi eng xilma-xil siyosiy, sotsial, iqtisodiy xuquqiy va ko‘pgina boshqa jihatlarini hisobga olish zarur bo‘ladi. Ilmiy kutubxonalar mamlakatimizni ilmiy texnikaviy va iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini kompleks axborot bilan ta’minlash dasturlarini, shu jumladan xududiy dasturlarni ham ishlab chiqmoqdalar. Kompleks problemali tematik retrospektiv ko‘rsatkich ana shunday axborot talab-ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Bunday ko‘rsatkichlar ko‘pchilik tarmoq retrospektiv qo‘llanmalari singari ko‘pgina istoriografik maqsadlarini ko‘zlaydi. Ularning vazifasi-ancha yangi, ilmiy yoki amaliy qimmatini to‘liq saqlab qolgan adabiyot to‘g‘risida tarmoqlararo axborot berishdan iborat. Bunday qo‘llanmalarni tematikasi, ularda materialni tanlash mezoni, avvalo birmuncha dolzarb ilmiy va g‘oyaviy muammolari bilan bog‘liqdir.
Buyuk alloma Mirzo Ulugbek xayoti va ijodiga bag‘ishlab Fanlar Akademiyasining asosiy kutubxonasi ham ko‘rsatkich tayyorladi. Bu ko‘rsatkich «Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek 1394-1949» deb nomlangan bo‘lib, A.Navoiy nomli Respublika Milliy kutubxonasi chiqargan metodik tavsiyanomadan to‘liqligi bilan biroz farq qiladi. Ko‘rsatkichga Ulug‘bek xayoti va ijodi, ilmiy va tarixiy mehnatlari, uning davridagi madaniyat va san’at hamda Ulugbek merosini o‘rganishga oid adabiyotlar berilgan. Ko‘rsatkichda quyidagi bo‘limlar mavjud: 1. Ulug‘bek davri tarixi; 2. Ulug‘bekning xayoti va faoliyati. 3. Ulug‘bekning ilmiy merosi «Ziji Ko‘ragoniy», «To‘rt ulus tarixi»; 4. Ulug‘bek XV asrning buyuk astronmi; 5. Ulug‘bek observatoriyasi; 6. Ulug‘bekning hayoti va faoliyati badiiy adabiyotda. 7. Ulug‘bek tavalludiga bag‘ishlangan; 8. Ko‘rsatkichlar; 9. Qo‘shimchalar. Materiallar bo‘limlar ichida avtor va sarlavxalarning alifbosi tartibida joylashtirilgan. Ko‘rsatkichga 1819-1994 yillar davomida o‘zbek, rus va chet tillarida nashrdan chiqqan kitob, gazeta va jurnal maqolalari, davomli nashrlar va to‘plamlardan maqolalar kiritilgan. Avtorlar va sarlavhalarda uchraydigan shaxslar yordamchi alifbo ko‘rsatkichi bilan ta’minlangan. Ko‘rsatkich M.Ulug‘bek xayoti va faoliyati ustida ish olib borayetgan mutaxascislarga, ilmiy xodimlarga, kutubxonachi xodimlarga hamda keng kitobxonlar ommasiga bag‘ishlangan. Bu ko‘rsatkich metodik tavsiyanomadan ko‘ra ancha to‘liq ma’lumotga ega. Agar kutubxonalar kelishgan holda katta ko‘rsatkich chiqarsalar yana ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin