Mavzu 15 Technika sohasidagi tadqiqotlar axborot resurslari


Mavzu 2. Axborot resurslari sohasidagi huquqiy tartibga solish huquqiy rejim meyorlari



Yüklə 169,55 Kb.
səhifə3/42
tarix19.06.2023
ölçüsü169,55 Kb.
#132428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
сохавий

Mavzu 2. Axborot resurslari sohasidagi huquqiy tartibga solish huquqiy rejim meyorlari.

Tashkilotda axborot xizmatini tashkil etish va faoliyatini yо‘lga qо‘yishda uning huquqiy asoslari g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot xizmatining huquqiy asoslarini О‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari tashkil etadi.


Aytish joizki, mamlakatimizda jamoatchilik bilan aloqalarni yо‘lga qо‘yish va shu maqsadda tashkilotlarda axborot xizmatlarini tashkil etishda dastlab Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentabrda qabul qilingan “Davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 203-qarori muhim huquqiy asos bо‘lib xizmat qilgandi. Qarorda, davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, keng jamoatchilik va aholining О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning borishi tо‘g‘risida muntazam xabardor qilish, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashning, oshkora fuqarolik jamiyati qurishning muhim yо‘nalishi hisoblanishi qayd etilgan holda, “Vazirliklar, davlat qо‘mitalari, agentliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xо‘jalik boshqaruvi organlari (keyingi о‘rinlarida idoralar deb yuritiladi) tarkibida xodimlarning umumiy soni doirasida axborot xizmatlari tashkil etilsin” deb belgilangan.
Aytish joizki, о‘tgan yillar mobaynida mazkur qarorda belgilangan qator vazifalar ijrosi ta’minlandi. Chunonchi, barcha vazirlik, tashkilot, muassasa va boshqa idoralarda axborot xizmatlari tashkil etildi va ular faoliyati yо‘lga qо‘yildi, internet tarmog‘ida veb-resurslari tashkil etildi. Shu tariqa bugungi kunga qadar axborot xizmatlari muayyan vazifalarni amalga oshirib kelayotir. Biror huquqiy asosga ega bо‘lmasdan bunday muhim vazifalarni amalga oshirish mushkul edi, albatta.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevral kuni e’lon qilingan “О‘zbekiston Respublikasi davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 125-sonli qarori sohani yanada takomillashtirishda muhim qadam bо‘ldi.
Qarorda qayd etilganidek, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda axborot va bilim eng muhim milliy resurslarga, ularni yaratish va tarqatishni ta’minlovchi tizimlar esa – barqaror rivojlanishning strategik omillariga aylanmoqda. Ushbu sharoitlarda О‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni va ochiq adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, shuningdek, insonning huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashdek strategik maqsadga erishish, davlat boshqaruvining sifati davlatning axborot, bilim va innovatsiyalarga asoslangan modeliga о‘tishini ta’minlaydigan axborotni va bilimni yaratish, qabul qilish va tarqatish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan davlat va xо‘jalik boshqaruvi sohasida ochiqlik va shaffoflikka asoslangan samarali qarorlar qabul qilish tizimini joriy etish, axborot olishda mansabdor shaxslarning jamiyat oldidagi hisobdorligi, ochiqligi va mas’uliyatini ta’minlash zarur. Bu davlat va xо‘jalik boshqaruvi apparatining samarali faoliyat yuritishi hamda jamiyatda adolatni qaror toptirishning muhim sharti hisoblanadi. Bunda jamiyatni davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatidan keng xabardor qilish, ularning aholi oldidagi hisobdorligini ta’minlash «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir» degan konstitusiyaviy normani amalga oshirishning, «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ezgu g‘oyani rо‘yobga chiqarishning muhim sharti hisoblanadi.
Davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlarining axborot jihatidan ochiqligini yanada oshirish, jamoatchilikka amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlarning maqsadlari, vazifalari, borishi hamda natijalari, mamlakatning global axborot jamiyatiga uyg‘un integratsiyalashuvi haqida о‘z vaqtida, xolisona va tо‘laqonli axborotni tezkorlik bilan yetkazish, shuningdek, davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish maqsadida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorida quyidagi huquqiy normalar hamda vazifalar belgilangan:

  1. «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan aholi bilan ochiq muloqotni yо‘lga qо‘yishning samarali mexanizmlari va usullarini joriy etishga, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari faoliyati tо‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini ta’minlashga qaratilgan normalari ijrosini sо‘zsiz va sifatli ta’minlash barcha darajalardagi davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlarining eng ustuvor vazifalaridan biri deb hisoblansin.

Davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi rahbari ushbu vazifalar amalga oshirilishi uchun shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qо‘yilsin.

  1. Belgilab qо‘yilsinki, davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari (matbuot xizmatlari, jamoatchilik bilan aloqalar xizmatlari) (keyingi о‘rinlarda axborot xizmati deb yuritiladi) davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi xodimlarining umumiy soni doirasida tashkil etiladi hamda shu organ rahbariga bevosita bо‘ysunadigan alohida mustaqil bо‘linma hisoblanadi.

Quyidagilar axborot xizmatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xо‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining faoliyati, uning faoliyat sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlar tо‘g‘risida keng jamoatchilikni xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
ommaviy axborot vositalari bilan о‘zaro hamkorlik qilish, axborot xizmati bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan Axborot bilan ishlovchi mutuxasislar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
axborotni davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining rasmiy veb-saytida tezkor joylashtirish va о‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;
axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bо‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bо‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining boshqa bо‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot tusidagi materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida О‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning О‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (kino, foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan ta’minlash;
idora faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holatini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini tahlil qilish va ular tо‘g‘risida davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.

  1. Davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati tо‘g‘risidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Shuningdek qarorda, axborot xizmatlari kadrlarining malakasini oshirish va Xizmatlarni Axborot bilan ishlovchi mutuxasis kadrlar, jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish va boshqa sohalardagi yuqori malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash, shuningdek, axborot xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur zamonaviy moddiy-texnik bazani shakllantirish bо‘yicha «yо‘l xaritalari»ni ishlab chiqish;
axborot xizmatlari tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari bilan, shu jumladan, davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlari ishtirokida muntazam ravishda (bir oyda kamida bir marta) matbuot anjumanlari, brifinglar о‘tkazilishini hamda ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlashning boshqa zamonaviy shakllarini amaliyotga joriy etish vazifalari ham belgilangan.
Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining «Davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida» 2006 yil 22 sentabrdagi 203-son qarori о‘z kuchini yо‘qotgan deb hisoblanadi.
Har bir tashkilotning Nizomi uning huquqlari, vazifalari, burchlarini kafolatlovchi asosiy huquqiy hujjati hisoblanadi. Axborot xizmati aslida tashkilot markaziy apparatining tarkibiy bо‘linmasi hisoblansa-da u ham alohida Nizomiga ega bо‘ladi. Axborot xizmati xodimlari Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 125-son qaroriga ilova tarzida berilgan quydagi hujjatga ham alohida e’tibor qaratishlari zarur:
Davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmati tо‘g‘risida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Axborot xizmati (matbuot xizmati, jamoatchilik bilan aloqalar xizmati) (keyingi о‘rinlarda Xizmat deb ataladi) davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi markaziy apparatining mustaqil tarkibiy bо‘linmasi hisoblanadi hamda bevosita uning rahbariga bо‘ysunadi.

  2. Xizmat о‘z faoliyatida О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va О‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

  3. Xizmat о‘z faoliyatini davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining hududiy va tarkibiy bо‘linmalari hamda boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli xizmatlari bilan о‘zaro yaqin hamkorlikda amalga oshiradi.

2-bob. Xizmatning asosiy vazifalari va funksiyalari

  1. Quyidagilar Xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:

davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xо‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;
keng jamoatchilikni davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari tо‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;
ommaviy axborot vositalari (keyingi о‘rinlarda OAV deb ataladi) bilan о‘zaro hamkorlik qilish, Xizmat bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan Axborot bilan ishlovchi mutuxasislar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va о‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;
axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bо‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OAV, shu jumladan, Internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bо‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining boshqa bо‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi faoliyatini xorijiy OAVda sifatli yoritish maqsadida О‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonlarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning О‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan ta’minlash;
idora faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular tо‘g‘risida davlat hokimiyati va boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.

  1. Xizmat yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:

OAVda, shu jumladan, Internet tarmog‘ida axborot e’lon qiladi (chop etadi), shuningdek, ularni rasmiy veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin bо‘lgan xonalar va joylarga joylashtirish va yangilab borishni ta’minlaydi;
ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining rahbarlari ishtirokidagi tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil etadi va о‘tkazadi;
OAV va Axborot bilan ishlovchi mutuxasislarning sо‘rovi asosida ularga og‘zaki va yozma shaklda (shu jumladan, elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etadi;
qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik muhim dasturlar hamda О‘zbekiston Respublikasi hududida huquqni qо‘llash amaliyoti holati monitoringini olib boradi va keng jamoatchilikni xabardor qilib boradi;
Xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bо‘lgan axborotni davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining boshqa bо‘linmalari bilan о‘zaro hamkorlikda tо‘playdi va ularni puxta ishlaydi;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi faoliyatiga doir masalalar bо‘yicha bosma materiallarni tayyorlaydi hamda milliy va xorijiy nashrlarda e’lon qiladi, telekо‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etadi, tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiradi;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi faoliyatiga doir masalalar bо‘yicha jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini о‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshiradi, davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish uchun e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlaydi;
OAV bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi faoliyatining asosiy yо‘nalishlari bо‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar banki tashkil etilishi va yuritilishini ta’minlaydi;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi faoliyatini eng tо‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy OAV hamda Axborot bilan ishlovchi mutuxasislar bilan о‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining veb-sayti tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritishni ta’minlaydi;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi tomonidan tashkil etiladigan rasmiy tadbirlardan teledasturlar, roliklar va lavhalar tayyorlashda va ularni montaj qilishda ishtirok etadi hamda ushbu materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan о‘zaro hamkorlik qiladi;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining faoliyat sohasiga aloqador foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar banki shakllantirilishi va yuritilishini ta’minlaydi.

  1. Xizmat о‘z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda OAVning davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi faoliyati tо‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda kо‘maklashish tо‘g‘risidagi buyurtmanomalari va sо‘rovlarini kо‘rib chiqadi.

3-bob. Xizmatning huquqlari va javobgarligi

  1. Xizmat о‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Xizmatning vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bо‘lgan axborotni davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining boshqa bо‘linmalaridan, idoraviy mansub tashkilotlardan belgilangan tartibda sо‘rab olish;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining yig‘ilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;
qо‘yilgan vazifalarni bajarish uchun davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining rahbari bilan kelishgan holda idoraning boshqa bо‘linmalari xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini, shu jumladan, shartnoma asosida jalb etish;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan belgilangan tartibda о‘zaro hamkorlik qilish;
rahbariyatning topshirig‘iga kо‘ra davlat organlarida respublika va xalqaro ahamiyatga ega bо‘lgan tadbirlarda Xizmat vakolatiga taalluqli masalalar bо‘yicha davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi nomidan vakillik qilish;
о‘z vakolatlari doirasida bosma nashrlarni nashr etish;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, Xizmat faoliyati masalalari bо‘yicha normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatning kо‘rib chiqishi uchun kiritish.

  1. Xizmat:

о‘ziga yuklangan vazifalarning sifatli va о‘z vaqtida bajarilishi;
davlat va xо‘jalik boshqaruvi organi faoliyatining milliy va xorijiy OAVda xolisona, sifatli va tezkor yoritilishini ta’minlash uchun javob beradi.
4-bob. Xizmat faoliyatini tashkil etish

  1. Xizmat xodimlari soni u amalga oshiradigan vazifalarning murakkabligi va hajmiga kо‘ra davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining rahbari tomonidan, xodimlarning tasdiqlangan umumiy soni doirasida belgilanadi.

  1. Xizmat faoliyati davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida tashkil etiladi.

  1. Xizmatga davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rahbar boshchilik qiladi.

  1. Xizmat rahbari bevosita davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining rahbariga bо‘ysunadi va ayni vaqtda uning matbuot kotibi hisoblanadi.

  1. Xizmat rahbari:

Xizmat faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda Xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Xizmat faoliyatini tashkil etadi, rejalashtiradi va nazorat qiladi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organining boshqa bо‘linmalari bilan о‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Xizmatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qо‘yishni ta’minlaydi, xodimlar о‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Xizmat xodimlarining malakasini va kasbiy saviyasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

  1. Xizmat xodimlari Xizmat rahbarining taqdimnomasiga kо‘ra belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

  1. Xizmat faoliyatini axborot, huquqiy, moddiy-texnik va transport bilan ta’minlash, shuningdek, uning xodimlariga ijtimoiy-maishiy xizmat kо‘rsatish davlat va xо‘jalik boshqaruvi organining tarkibiy bо‘linmalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi1.

Shu asosda respublikamizdagi barcha tashkilotlarning axborot xizmati Nizomi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Demak, axborot xizmati shu Nizom asosida faoliyat kо‘rsatishi uning huquqiy asoslari qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini kо‘rsatadi.
Axborot xizmati qaysi idora yoki tashkilotga tegishli bо‘lishidan qat’i nazar u asosan axborot tо‘plash va tarqatish bilan shug‘ullanadi.
Modomiki, tashkilotning axborot xizmati axborot tо‘plash va tarqatish bilan ham shug‘ullanar ekan, demak, О‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari tо‘g‘risida”gi qonuni ham uning huquqiy asoslaridan biri hisoblanadi. Mazkur qonunning 6-moddasi “Axborotning ochiqligi va oshkoraligi” deb nomlanib, unda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar tо‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishi shart, deb belgilab qо‘yilgan. Qonunning “Axborot erkinligi kafolatlari” deb nomlangan 8-moddasida esa, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har kimga о‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor bо‘lgan axborot bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlab berishga, maqbul axborot resurslari yaratishga, foydalanuvchilarni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga, ularning xavfsizligiga doir hamda jamiyat manfaatlariga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan axborot bilan ommaviy tarzda ta’minlashga majburdirlar, deb belgilangan.
Xо‘sh, bu vazifalarni kim va qanday yо‘sinda amalga oshiradi? Jahon tajribasiga kо‘ra, rivojlangan davlatlarda tashkilotlar tomonidan asosiy axborotlar aynan axborot xizmati tomonidan tarqatilishi yо‘lga qо‘yilgan. Axborot xizmati avvalo Axborot bilan ishlovchi mutuxasislar kabi axborot tо‘plashi, qayta ishlashi (ommabop janrda yozishi yoki telekо‘rsatuv, radioeshittirish tayyorlashi) talab etiladi. Sо‘ng, о‘sha axborotini ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishi mumkin. Demak, bu о‘ta mas’uliyatli ishlarni amalga oshirishida axborot xizmati uchun о‘sha qonun g‘oyat muhim asosdir.
Axborot xizmat xizmati xodimi axborot tо‘plash va tarqatish borasida Axborot bilan ishlovchi mutuxasislar kabi faoliyat kо‘rsatar ekan, О‘zbekiston Respublikasining “Axborot bilan ishlovchi mutuxasislik faoliyatini himoya qilish tо‘g‘risida”gi qonuni ham uning huquqiy asoslaridan hisoblanadi. U ham Axborot bilan ishlovchi mutuxasisning majburiyatlarini bilishi va unga amal qilishi zarur. Qonunning 6-moddasi “Axborot bilan ishlovchi mutuxasisning majburiyatlari” deb nomlanib, unda bajarishi shart bо‘lgan majburiyatlar ham belgilab qо‘yilgan. YA’ni, о‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida Axborot bilan ishlovchi mutuxasis:
qonun hujjatlari hamda О‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga rioya etishi;
о‘zi tayyorlayotgan materiallarining tо‘g‘ri yoki notо‘g‘ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi;
aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga amal qilishi;
shaxsning huquqlari va erkinliklarini, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.
Axborot bilan ishlovchi mutuxasis о‘z kasbiga doir axborotdan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi, axborot manbai yoki muallif roziligisiz jismoniy shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlarni e’lon qilishi, shuningdek audio va video yozish vositalaridan foydalanishi mumkin emas.
Axborot bilan ishlovchi mutuxasis qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajarishi shart.
Bu talablarning barchasi doimo axborot tо‘plash va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi axborot xizmati xodimlari uchun ham birdek taalluqlidir.
Axborot xizmatlarining huquqiy asoslarini belgilovchi navbatdagi qonun – О‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tо‘g‘risida”gi qonuni bо‘lganini alohida qayd etish lozim. Qonunning 10-moddasi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmati” (2014 yil 5 may) deb nomlanadi. Unda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining о‘z faoliyati tо‘g‘risidagi axborotni tayyorlash hamda tarqatish vazifalarini bajaruvchi, shuningdek ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan hamkorlikni ta’minlovchi tarkibiy bо‘linmasi yoxud ushbu vazifalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxs davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot xizmatidir, deb belgilab qо‘yilgan.
Ushbu moddaga binoan Axborot xizmati ommaviy tadbirlarni tashkil etish, axborot xabarlarini (press-relizlar, byulletenlar va hokazolarni) tarqatish, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytida ularning faoliyati tо‘g‘risidagi axborotni joylashtirish va yangilab borish yо‘li bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish chora-tadbirlarini kо‘radi. Axborot xizmati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati tо‘g‘risida axborot tarqatishning qonun hujjatlariga zid bо‘lmagan boshqa usullaridan ham foydalanishi mumkin. Qonunda axborot xizmatining faoliyatini tashkil etish tartibi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan belgilanishi ham qayd etilgan.
Aytish joizki, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tо‘g‘risida”gi qonunning nomlanishidan ham kо‘rish mumkinki, qonun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi. Mazkur Qonun ham sodda va tushunarli tilda yozilganligi bilan barcha uchun birdek tushunarlidir. Mamlakatimiz Konstitusiyasida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi hamda davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekanligi belgilab qо‘yilgan. Yangi Qonun ushbu normani tо‘la-tо‘kis amalga oshirishni ta’minlaydi.
Mazkur qonun aholining davlat tuzilmalari faoliyati haqida axborot olishida, ularning bu boradagi mas’uliyatini oshirishda, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlarimizni yaxshilashda va albatta, aholi farovonligini yuksaltirishda katta imkoniyatlarni ochadi.
Bu huquqiy hujjat fuqarolar xabardorligini ta’minlashning turli usullari nazarda tutilishi bilan ham biz uchun muhim ahamiyatga ega. Bu davlat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning mohiyati va ahamiyatini, amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlarning borishi haqidagi axborotlarni har bir hudud, har bir mahalla aholisiga yetkazish imkonini beradi. Ma’lumki, bizning vazifalarimizdan biri – bandlikni ta’minlashga kо‘maklashishdir. Bugun bо‘sh ish о‘rinlari haqidagi axborotlar respublika tashkilotlaridan totib viloyatlar hokimliklari, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari veb-saytlarida, ommaviy axborot vositalarida muntazam e’lon qilinmoqda. Bu, о‘z navbatida, о‘sha idora va tashkilotlar faoliyati ochiqligini ta’minlashda katta о‘rin tutadi.
Ochiqlik va davlat organlari rasmiy manbalari axborotlarining tо‘la-tо‘kis mavjud bо‘lishi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan tortib barcha-barchani ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash imkonini yaratishini izohlashga hojat bо‘lmasa kerak.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ommaviy axborot vositalari alohida о‘rin tutadi. Chunki aynan ommaviy axborot vositalari globallashuv sharoitida yurtimizda kechayotgan eng muhim voqealar, amalga oshirilayotgan yangilanishlar, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni keng yoritish orqali davlat va jamiyat о‘rtasida о‘ziga xos kо‘prik vazifasini bajarmoqda. Demak, ushbu qonunning qabul qilinishi fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yana bir muhim qadam bо‘ldi. Ommaviy axborot vositalari sohasida yurtimizda mustahkam qonunchilik asosi shakllantirilgan bо‘lib, u izchil takomillashtirib borilmoqda, Axborot bilan ishlovchi mutuxasislik faoliyatining erkinligi va kafolatlari ta’minlanmoqda. Mazkur qonun axborotdan foydalanish erkinligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining Axborot bilan ishlovchi mutuxasisga zarur axborotni, qonunda belgilanganidek, 7 kunlik muddatda taqdim etish majburiyatini ta’minlash orqali ushbu kafolatlarni yanada mustahkamlaydi. Bunday yangilik faoliyatimizda uchrab turadigan axborot olishdagi ba’zi paysalga solish holatlarini bartaraf qiladi, shuningdek, Axborot bilan ishlovchi mutuxasis materialining tezkorligini, ishonchliligini hamda sifatli bо‘lishini ta’minlaydi.
Fuqarolik jamiyati institutlari vakillariga davlat organlari faoliyatiga oid axborotlarni tо‘siqsiz olishning mustahkam kafolati zarur. Bu borada mazkur qonunning asosiy prinsiplari – axborotdan hammaning foydalanishi mumkinligi, uning о‘z vaqtida taqdim etilishi va ishonchliligi, oshkoralik, shaffoflik, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati tо‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Qonunda mamlakatimizda oxirgi yillarda shakllangan jamoatchilikni davlat organlari faoliyati haqida boxabar qilish mexanizmlari belgilab qо‘yilgan. Ular orasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati tо‘g‘risida axborot olishga doir sо‘rovga javoblar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at yig‘ilishlarida ishtirok etishiga oid tartiblar muhim ahamiyatga egadir.
Huquqiy demokratik jamiyatimizda qonun ustuvorligi juda muhim ijtimoiy voqelikka aylangan. Kо‘plab sohalar, tarmoqlar qatori axborot xizmatlarining huquqiy poydevorini tashkil etadigan qonunlar va boshqa hujjatlar kam emas. О‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar tо‘g‘risida”gi, “Axborot olish kalolatlari va erkinligi tо‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish tо‘g‘risida”gi, “Ommaviy axborot vositalari tо‘g‘risida”gi (yangi tahriri), “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar tо‘g‘risida”gi, “Noshirlik faoliyati tо‘g‘risida”gi qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish tо‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 avgustda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash Davlat dasturi tо‘g‘risida”gi qarori, “О‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, internetda tarqatish tartibi tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash tо‘g‘risida”gi qarori va boshqa shu kabi hujjatlar ham axborot xizmatining huquqiy asoslarini tashkil etadi. Shu о‘rinda aytib о‘tish joizki, axborot xizmati qaysi tashkilotga qarashli bо‘lsa, shu sohaga oid qonun va qarorlar ham uning muhim huquqiy asoslaridan hisoblanadi. (Aytaylik, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati faoliyati О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni bilan chambarchas bog‘liq). Axborot xizmati faoliyati ana shu qonunlar, qarorlar va boshqa meyoriy hujjatlar asosida tashkil etilishi hamda faoliyati takomillashtirib borilishi maqsadga muvofiqdir.Axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishning normativ-huquqiy asoslari. Mulk huquqi sohadagi huquqiy munosabatlarning asosiy turlari sifatida axborot resurslari. Ma’lumotlarga kirish huquqi. Ochiq ommaviy axborot. Resurslardan foydalanishni tartibga solishning umumiy qoidalari. Taqdim etilgan ma’lumotlarning tarkibini tartibga solish. Foydalanuvchi toifalari. Axborotni taqdim etish shartlarini huquqiy tartibga solish (bepul, tо‘lov, xizmatlar narxini cheklash).Ma’lumotlarga kirishni cheklash. Sirlarning turlari. Tijorat sirlari. Professional sir. Xizmat sirlari. Shaxsiy ma’lumotlar. Sirni tashkil qilmaydigan ma’lumotlar. Axborot resurslarini shakllantirishni huquqiy tartibga solish. Hujjatlashtirilgan axborotni majburiy taqdim etish tartibi va tartibi. Federal qonunlar. Hukumat Qarorlari. Mintaqaviy Qonunchilik.


3 tema: О‘zbekiston Respublasi axborot soxasidagi miliy manfatlarni belgilovchi yagona davlat axborot siyosatini ishlab chiqish mexanizmlari davlat tomonidan qabul qilingan qaraorlar.




О‘zbekiston Respublikasi axborot sohasidagi milliy manfaatlarni belgilovchi yagona davlat axborot siyosatini ishlab chiqish mexanizmlari. Davlat tomonidan qabul qilingan qonunlaraxborot siyosatini ishlab chiqish mexanizmlari. Davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar О‘zbekiston Respublikasi axborot sohasidagi milliy manfaatlarni belgilovchi yagona davlat axborot siyosatini ishlab chiqish mexanizmlari. Qonunlar. Qarorlar. Qoidalar. Yagona axborot makonini shakllantirish va yaratish kontsepsiyasi. Axborot resurslarini tashkil etish uchun huquq va mas’uliyatni tartibga solish zaruriyati. Boshqaruv optimallashtirish modellari. Davlat axborot resurslarini boshqarish tushunchasi. Axborot resurslarini boshqarishning zamonaviy muammolari. Davlat axborot resurslarini tashkiliy boshqarish resurslarni boshqarish uchun mas’ul bо‘lgan Federal organlar. Davlat axborot resurslarini shakllantirish, ulardan foydalanish va himoya qilish faoliyatini nazorat qilish va normativ-uslubiy ta’minlash. Iqtisodiy usullar. Ilmiy-texnik siyosat. Axborot resurslari sohasida standartlashtirish. Davlat siyosatini yanada rivojlantirish yo’llari.
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qо‘shma majlisidagi qilgan ma’ruzasida mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror о‘sishining ta’minlash, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish borasida bir qator ustuvor yо‘nalishlarni va vazifalarni belgilab bergan. Natijada 2005 yilda olib borilgan islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi natijasida davlatimizning deyarli barcha soxalarida stabil iqtisodiy о‘sish kuzatildi.
Axborotlashtirishni rivojlantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada tо‘liqroq qondirish, jahon axborot resurslaridan barhamand bо‘lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish aloqa va axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishni asosiy vazifalari hisoblanadi.
2005 yil davomida olib borilgan iqtisodiy islohotlar, tarkibiy о‘zgarishlar, iqtisodiy va ijtimoiy siyosat aloqa va axborotlashtirish sohasida xam о‘zining natijalarini berdi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi, Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan qabul qilingan dasturlar va Kengashning ish rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Aloqa va axborot-kommunikatsiya sohasidagi islohotlarni borishi quyidagi kо‘rsatkichlar bilan baholanadi.
Pochta sohasini yanada rivojlantirish maqsadida «2010 yilgacha pochta aloqa shaxobchalarini zamonaviylashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida xizmatlarning yangi turlarini joriy etish va rivojlantirish dasturi tо‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasining 128-son qarori (2005 y. 19 maydagi 128-son);
«Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentning PQ-91-son qarori qabul qilingan (2005 y. 2 iyundagi);
Shunigdek Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) rivojlantirishga taaluqli qabul qilingan Qonunlarni ijrosini ta’minlash maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi PQ-117-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq:
О‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida maxsus vakolatli organ etib tayinlandi.
Davlat boshqaruv organlarida axborot texnologiyalarni joriy etish dasturi,
2010 yilgacha telekommunikatsiya va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarining rivojlanishning maqsadli yо‘nalishlari xamda
Milliy axborot qidiruv tizimini yaratish va rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
AKT juda tez rivojlanishini xisobga olib, u bilan birga soxadagi dolzarb muammolarni yechish maqsadida, mavjud kompyuter xatarlaridan ximoya qilish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentni tomonidan 2005 y. 5 sentabrida «Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining kompyuter xavfsizligini ta’minlash borasidagi qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi maxsus PQ-167-son qarori;
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 sentabrdagi PQ-149-son «О‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining ma’lumotlar uzatish xizmatlarini rivojlantirish va uni xususiylashtirishga tayyorlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi qarori;
Ta’lim yо‘nalishidagi AKT rivojlanishini, asosan ularni maktablarda rivojlanishiga qaratilgan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2005 y. 28 sentabrdagi «О‘zbekiston Respublikasining “Ziyonet” jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish tо‘g‘risida»gi PQ-191-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 28 dekabrdagi 282-son «ZiyonET» axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish tо‘g‘risida»gi qarori;
Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi 256-son «Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish то‘g‘risida»gi qarori bilan:
— Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi tо‘g‘risida Nizom;
— davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish tartibi tо‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.
Elektron raqamli imzo sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida, elektron xujjat almashinuviga, elektron tijoratga asos bо‘ladigan Vazirlar Mahkamasining maxsus “Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish tо‘g‘risidagi” 2005 y. 26 sentabridagi 215-son qaror kabul qilindi.
Asosiy telefonlar soni yil boshiga nisbatan 35,4 ming donaga о‘sib, 2006 yilning 1 yanvar xolatiga 1 mln. 730 mingtani tashkil etdi. Montaj qilingan ATSlarning ishlatish koeffitsiyenti 88,4 foizga yetkazildi. Barcha ATSlarda elektron ATSlarning ulushi oshib, ular 66,2 foizni tashkil qildi.
Uyali telefon aloqasi abonentlari soni 1 mln. 150 mingtani tashkil etdi va yil boshiga nisbatan 111,4 foizga ortdi.
Vazirlar Mahkamasining 200-son qarori bilan belgilangan kо‘rsatkichlar kuyidagicha:
Internetga ulanish xizmatlarini kо‘rsatuvchi operator va provayderlar soni 425 tashkil etdi, jumladan 344 tasi jamoa punktlari;
— jamoa punktlarining umumiy soni 344 ta;
— xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 143,104 Mbit/s (Dastur bо‘yicha maqsadli yо‘nalishlar 2005 yil yakuniga – 128 Mbit/s);
— Internetdan foydalanuvchilar soni 855 ming ta (Dastur bо‘yicha maqsadli yо‘nalishlar 2005 yil yakuniga – 246,0 ming foydalanuvchi), ya’ni 1000 fuqaro hisobiga 33 foydalanuvchi.
— 100 foiz davlat boshqaruv organlar Internet tarmog‘iga ulangan (Dastur bо‘yicha maqsadli yо‘nalishlar 2005 yil yakuniga – 33,4 %).
— respublika shaharlarini rakamli telekommunikaitsya tarmoklari bilan kamrab olish darajasi 100 % (Dastur bо‘yicha maqsadli yо‘nalishlar 2005 yil yakuniga 100%);
— tuman markazlarini raqamli telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qamrab olish 84 %;
— telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qishloq joylarini qamrab olish darajasi 90 foizni (dastur bо‘yicha — 89,7%), shu jumladan raqamli telekommunikaitsya tarmoklari qamrab olish darajasi 52 foizni (dastur bо‘yicha – 50,8%) tashkil etdi.
Internet tarmog‘iga ulangan davlat boshqaruv organlar soni, tarkibiy bо‘linmalarini hisobga olgan holda 01.01.2006y. holatiga 735 tani, xо‘jalik yurituvchi subyektlar soni 15150 tani tashkil etadi.
Sirdaryo viloyatida elektron xukumat bо‘yicha pilot loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yо‘nalishidagi milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 sentabrdagi PQ-167-son «Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining kompyuter xavfsizligini ta’minlash borasidagi qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi «О‘zinfokom» huzurida Kompyuter xodisalariga chora qо‘rish xizmati tashkil etildi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.09.2005y. PQ-191-son «О‘zbekiston Respublikasining jamoa umumta’lim tarmog‘ini tashkil etish tо‘g‘risida»gi qarori bilan «О‘zinfokom» Markazi tomonidan «ZiyonET» axborot tarmog‘i tashkil etilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 28.12.2005y. 282-son «ZiyonET» axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish tо‘g‘risida»gi qarori bilan «ZiyonET» tarmog‘i axborot resurslarini yaratish, rivojlantirish вa jamlash dasturi, mamlakat maktablari, akademik litseylari, kollejlari, oliy о‘quv yurtlari, yoshlar tashkilotlari, kutubxonalar, muzeylar va boshqa ta’lim, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalarni «ZiyonET» tarmog‘iga ulash reja-jadvali, axborot resurslarini yaratish, ekspertizadan о‘tkazish va «ZiyonET» tarmog‘ining texnologik maydonchasida joylashtirish tartibi tо‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117-son va Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 26 sentabrdagi 215-son qarorlarini amalga oshirish maqsadida Agentlik va FTMTMning elektron raqamli imzo kalitlarini rо‘yxatga olish markazlari tashkil etilib, sinov rejimida ishlatilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 22.11.2005y. 256-son «Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish tо‘g‘risida»gi qarori bilan Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi hamda Davlat axborot tizimlarini yaratish tartibi tо‘g‘risidagi Nizomlar tasdiqlandi.
О‘tkazilgan tahlil natijalari bо‘yicha 2005 yil yakuniga о‘rtacha 96,7 % respublika davlat boshqaruv organlari о‘z veb-sahifalariga ega.
Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan PQ-117 son qarori asosida Internet tarmog‘ida О‘zbekiston xaqidagi axborot resurslarini shakllantirish va kо‘paytirish bо‘yicha ma’lum ishlar olib borildi. Bunda yaratilayotgan Milliy qidiruv tizimini yaratish va yangilatish bо‘yicha, uni turli yо‘nalishlardagi axborot resusrlar bilan tо‘ldirish bо‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bunda pilot loyihasi ishlab chiqildi va uni amalga oshirish uchun tegishli kompyuter vositalari sotib olish bо‘yicha tanlov о‘tkazildi.
Mazkur qarorga muvofiq 58 ta axborot resurslari ishlab chiqilishi kerak edi, olib borilgan tahlil natijasida 15 ta axborot resurslari mavjudligi va 43 ta axborot resurslari ishlab chiqish kerakligi aniqlandi. Hozirgi kunda 38 ta axborot resurslari ishlab chiqildi (88,4 %), texnik tayyor bо‘lganlar soni 5 tani (11,6 %) tashkil etdi.
Shu bilan birgalikda Internet tarmog‘ida 17 ta yozuvchi va shoirlarning hamda 3 ta gazetalarning veb-sahifalari ishlab chiqilib, Internet tarmog‘iga joylashtirildi.

Yüklə 169,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin