Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar


Inflatsiya — qog‘oz pulning qadrsizlanishi. Retsessiya



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə27/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
jahon-tarixi

Inflatsiya — qog‘oz pulning qadrsizlanishi.
Retsessiya (chekinish) — bu atama iqtisodiyotda ish- lab chiqarishning nisbatan mo‘tadil pasayishini yoki ' iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashuvini bildiradi.
Gegemon (rahbarlik, hukmronlik) — hukmron bo‘lishga, boshqa davlatlar va xalqlar ustidan hukmronlik qilish uchun intilishga asoslangan siyosat.
Konversiya (aylantirmoq, o‘zgartirmoq) — harbiy sanoat kom- pleksi korxonalarini xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga o‘tkazish. Urushdan keyin sanoatni tinchlik davriga moslab qayta qurish.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Urushdan key in AQSH iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos to- monlari to‘g‘risida gapirib bering.

  2. AQSHda makkartizm siyosati nimaga qaratilgan edi?

  3. Prezident R. Nikson qanday islohotlarni amalga oshirdi?

  4. «Reyganomika» nima va R. Reygan davridagi iqtisodiy o‘sish- ning sabablari nimada edi?

  5. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQSH tashqi siyosati qanday asosiy prinsiplarga tayandi?

  6. XX asrning 80-yillarida Sovet Ittifoqi va AQSH munosabatlari haqida nimalar bilasiz?

18-MAVZU: 1945-yildan bugungi kungacha Germaniya.
Germaniya Federativ Respublikasi. Ikkinchi jahon urushi nemis xalqiga juda katta musibat keltirdi. Germaniya mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘lmay qoldi.Germaniya urushdan oldingi hududining okkupatsiya zonalariga bo‘lib tashlandi.
1949-yil mayda AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya okkupatsiya zonalarida Ger­maniya Federativ Respublikasi (GFR) tashkil qilindi. U G‘arbiy Germaniyani demokra- tik, federativ davlat deb e’lon qildi. Germaniyaning ko‘zga ko‘ringan siyosiy arbobi Konrad Adenauer kansler qilib saylandi. U Germaniya Federativ Respublikasi tuzilgan- ligini e’lon qildi.
1949-yil 7-oktabrda sovetlar okkupatsiya zonasi bo‘lgan sharqiy qismida Germaniya Konrad Adenauer Demokratik Respublikasi (GDR) tashkil qilindi. Sharqiy Berlin bu davlatning poytaxti deb e’lon qilindi. Germaniyaning ikkita davlatga bo‘lindi. GFRda 1950 — 1960-yillari iqtisod jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Harbiy xarajatlarning kamligi, «Marshall rejasi» bo‘yicha Amerikaning mo‘l-ko‘l yordami, arzon chet el ishchi kuchidan unumli foydalanish, yangi uskunalarning keltirilishi mamlakat xo‘jaligining jadal sur’atlar bilan tiklanishini ta’minladi. GFR barcha qarzlaridan qutulib, ancha katta oltin-valuta zaxirasini ham yaratdi.GFR siyosiy raqiblarining qarama-qarshiliklarini yengib, 1955-yili NATOga a’zo bo‘ldi, Parij ahdlashuvining kuchga kirishi tufayli GFR uchun okkupatsiya davri tugadi.
Sharqdan ko‘chib kelayotganlar oqimi va kansler K. Adenauerning qulay iqtisodiy siyosati GFR «Marshall rejasi» doirasida olgan salmoqli moliyaviy «darmon» bilan qo‘shilib shunga olib keldiki, 1955-yildayoq misli ko‘rilmagan taraqqiyotga erishildi. Germaniya eng qisqa tarixiy muddatda urush qoldirgan yaralarni tuzata oldi. Butun 1960 — 1970-yillar iqtisodning jadal o‘sish davri bo‘lib, «nemis iqti­sodiy mo‘jizasi» nomini oldi.
1980-yillar boshida siyosiy kuchlarda o‘zgarish yuz berdi. 1982-yili xristian-demokrat Gelmut Kol GFR kansleri qilib saylandi. Uning davrida soliqlar qisqartirildi va davlat xarajatlari tartibga solindi, davlatning biznesga aralashuvini kamaytirish, raqobatni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirildi.
1989-yili GDRda inqilob boshlanib ketdi, ikki davlatni ajratib tur- gan, «sovuq urush» ramzi bo‘lgan Berlin devori buzib tashlandi. Germaniyaning ikki qismini birlashtirish bo‘yicha muzokaralar muvaf- faqiyatli yakunlandi. 1990-yil 3-oktabr kuni yagona Germaniya dav- lati tashkil topganligi e’lon qilindi. 1990-yil dekabrda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylovlarda yana G. Kol boshchiligidagi koalitsiya g‘alaba qozondi.
GFR 1990-yillarda. 1980-yillar oxirida Germaniyaning ikki qis- mini birlashtirish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. 1990-yil 3-oktabr kuni yagona Germaniya davlati tashkil topganligi e’lon qilindi. 1990-yil dekabrda navbatdan tashqari parlament saylov- lari bo‘lib o‘tdi.
1990-yil Germaniya uchun muhim yil bo‘ldi. Ikki Germaniya­ning birlashishi GDRdagi iqtisodiy qoloqlikni bartaraf qilish vazifa- sini keskin qo‘ydi. GDRda bozor mexanizmlarini joriy qilish asosan GFR tomonidan moliyalashtirildi. 1994-yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda xristian-demokratlar bilan liberallar koalitsiyasining pozitsiyasi yana- da mustahkamlandi. Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) yetakchi muxolifatchi partiya bo‘lib qolaverdi. «Yashillar» partiyasi ham ancha katta kuchga aylandi.
1990-yillarning birinchi yarmida iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari il-



Gerxard Shryoder
garigidek yuqori bo‘lmasa-da, GFR dunyoning iqtisodiy yetakchi davlatlaridan biri bo‘lib qolaverdi. Mamlakatda kuchli ijtimoiy siyo- sat olib borildi. Fuqarolar o‘zlarini yetarli darajada himoyalangan his qildilar. Ammo shu yillari ishsizlik darajasi juda yuqori bo‘lib, bu
Germaniya tarixida eng katta ko‘rsatkich edi.
Shunday sharoitda 1998-yilgi parlament saylovlarida GSDP g‘olib chiqdi. Gerxard Shryoder hukumati iqtisodda va ijtimoiy so- hada chuqur islohotlarni boshladi: korxonalar uchun eng qulay sharoitlar yaratish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash va natijada ishsizlikni kamaytirish islohotlarning maqsadi qilib belgilandi. Moliya tizimini qayta qurish, pensiya, tibbiy xizmat va ijtimoiy sug‘urta tizimini isloh qilish boshlandi.



Angela Merkel
Germaniya XXI asrda. XXI asr bosh- lariga kelib Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotda sezilarli natijalar- ga erishdi. U Yevropada eng kuchli iqti­
sodiy imkoniyatlarga ega bo‘lib, YIM hajmi bo‘yicha AQSH va Yaponiyadan keyin dunyo- da uchinchi o‘rinni egalladi.
2005-yil sentabrda bo‘lib o‘tgan saylov- larda birorta partiya mutlaq ustunlikka eri- sha olmadi. Noyabrda bo‘lib o‘tgan bundestag (parlament) yig‘ilishida A.Merkel GFR kansleri etib saylandi. U birinchi ayol-kansler, butun GFR tarixidagi eng yosh federal kansler bo‘ldi.
A.Merkel federativ tizimni isloh qilish, byurokratiyaga qarshi kurashish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, energetika, budjet, moliya va oila, mehnat bozori sohalaridagi siyosati hamda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi dasturini e’lon qildi. Biroq, 2008 — 2009-yillardagi inqiroz boshqalar qatori Germaniya iqtisodiga ham katta zarar yetkazdi. Faqat 2014-yilga kelib Germaniya- ning iqtisodiy o‘sish sur’atlari inqirozdan oldingi ko‘rsatkichlarga yetib oldi. 2015-yili A. Merkel hokimiyatga kelganligining o‘n yilligi nishon- landi. «Merkel davri» mamlakat tarixidagi muhim davr bo‘lib, unda Germaniya Yevropa Ittifoqining yetakchi davlatiga aylandi. A. Merkel dunyoning eng nufuzli siyosatchilaridan biri bo‘lib qolmoqda.


Germaniya Federativ Respublikasi
2014-yil Ukrainada yuz bergan ho- kimiyat almashinuvi ortidan Germaniya
Rossiyaning Qrimni qo‘shib olishiga qarshi qat’iy pozitsiyani egalladi va boshqa Yevropa mamlakatlari qatori Rossiyaga qarshi sanksiyalar e’lon qildi.
A. Merkelning Rossiya rahbarlari bilan munosabati murakkabligicha qolmoqda.
Shunga qaramasdan, 2015-yil may oyida
Yevropani fashizmdan ozod qilganlarni xotirlash uchun A. Merkel Moskvaga
keldi. 2015-yil oxiriga kelib, uning obro‘yi biroz pasaydi. Bunga Suriyadan va urush harakatlari davom etayotgan boshqa mamlakatlardan kelayotgan qochoqlar muammosi sabab bo‘ldi.
Qochoqlarning nemis jamiyatiga ko‘- nikish jarayoni ancha og‘ir kechmoq- da. Ularning ko‘pchiligi uchun bu ju- da katta psixologik inqirozga aylanyapti. Masalan, 2016-yili kelib chiqishi eronlik bo‘lgan 18 yoshli Ali Sonboli Myunxen shahridagi savdo markazida «Men nemisman!», degan qichqiriqlar bilan odam- larga qarata o‘q otdi. Natijada 9 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi. A. Sonboli o‘zini o‘zi otib o‘ldirdi.
Bu jarayonlar A. Merkel va u boshchilik qilayotgan XDI partiyasi obro‘yining pasayishiga olib keldi. GFR tarkibiga kirgan yerlarda o‘tkazilgan mahalliy saylovlarda bu aniq namoyon bo‘lmoqda.
2017-yil sentabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida A. Merkel boshchiligidagi koalitsiya 33% ovoz oldi. Bu hukumatni shakllantirish uchun yetarli bo‘lmadi. Bir qator partiyalar bilan koalitsiya tuzish uchun o‘tkazgan muzokaralar shu yil noyabr oyida natijasiz yakunlandi. Shunga qaramasdan, zamonaviy Germaniyaning ijtimoiy va mada- niy muvaffaqiyatlari ancha katta. Bularning barchasi turmushning yangi, XXI asr da’vatlariga javob bera oladigan yuqori sifatini yaratish imkonini berdi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin