Margaret Tetcher. 1979-yilgi parlament saylovlari keskin siyosiy kurashlar ostida o‘tdi.
Saylovchilar konservatorlarga ovoz berdi. Margaret Tetcher bosh vazir bo‘ldi. Ichki siyosatda asosiy e’tibor xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratildi. Iqtisodga davlat aralashuvini kamaytirish sari dadil qadamlar tashlandi. Soliqlar kamaytirildi. Inflatsiyaga qarshi
kurash bosh vazifa qilib belgilandi.
1979 — 1990-yillar Buyuk Britaniya tarixida «Tetcher davri» nomini oldi. Bu davrda M. Tetcher hukumati Yevropada eng ko‘p ish o‘rinlari yaratdi. Umuman 1980-yillar Britaniya iqtisodiyotida chuqur tizim o‘zgarishlari yuz berdi. Davlat sektori qisqartirildi, uning sama- radorligi oshirildi.
1990-yili M. Tetcher bosh vazir lavozimidan iste’foga chiqdi. Uning o‘rniga ilgari moliya vaziri lavozimida bo‘lgan J. Meyjor keldi. J. Mey- jor hukumatning neokonservatizm siyosatini davom ettirdi.
Tashqi siyosatda. Buyuk Britaniya AQSHga tayandi, o‘zining
NATOdagi ishtirokini faollashtirdi, AQSHning Hindixitoydagi tajovuzkor siyosatini, Janubiy Afrika va Janubiy Rodeziyadagi irqchilik rejimlarini qo‘llab-quvvatladi. 1969-yili Shimoliy Irlandiya muammosi yana keskin- lashdi va Buyuk Britaniya u yerga qo‘shin kiritdi. Britaniya imperiya- sining qoldiqlarini saqlab qolishga intilib, 1982-yili Folklend orollari uchun Argentina bilan urush olib bordi. Bu urushda «imperiyachilik tafakkur»ini namoyon qilgan Buyuk Britaniya g‘alaba qozondi.
Jon Meyjor
Buyuk Britaniya XX asr oxirida. 1990-yili Buyuk Britaniya bosh vaziri etib saylangan Jon Meyjor si- yosati M. Tetcher davridagi neokonservatizm kursini davom ettirishga, ayni paytda «tetcherizm»ning avtori- tar boshqaruvga og‘ish hollaridan va boshqa qoldiqlari- dan asta-sekin voz kechishga qaratilgan edi. Ammo uning ko‘plab saylovoldi va’dalari amalga oshmasdan qolib ketdi. Shunga qaramasdan, 1992-yil bahor oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari J. Meyjorning taktikasi to‘g‘riligini ko‘rsatdi. Konservatorlar partiyasi saylovlarda g‘olib bo‘ldi.
Buyuk Britaniyada M.Tetcher davrida qanday ish- lar amalga oshirildi?
XX asrning 90-yillari birinchi yarmida Buyuk Britaniya iqtisodi- yoti uzoq muddatli retsessiya davrini boshdan kechirdi. Inflatsiya juda yuqorilab ketdi. Soliq tizimini isloh qilishga urinish muvaffaqiyat keltir- madi, aksincha, konservatorlar partiyasining obro‘yiga salbiy ta’sir qildi. 1990-yillarning ikkinchi yarmidan iqtisodiy o‘sishning boshlanishi ham konservatorlar partiyasining obro‘yini ko‘tarmadi. J.Meyjor «tetcherizm»dan qat’iy uzoqlashib, o‘zining mustaqil kursini ishlab chiqa olmadi.
Shunday holatda o‘zlariga yangi yetakchi va yangi mafkuraviy dasturni tanlagan Leyboristlar partiyasi 1997-yil may oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘olib chiqdi. Partiya yetakchisi yosh Entoni Bler hukumat boshlig‘i bo‘ldi. Endi ular o‘zlarini «yangi leyboristlar» deb atadilar.
Entoni Bler
E. Bler kabineti faoliyatining asosiy yo‘nalishi konstitutsion islohot bo‘ldi. E. Bler va uning saf- doshlari fikricha, islohotlar Shotlandiya va Uelsga avtonomiya, Angliya mintaqalariga ko‘proq mus- taqillik berishni, saylov haqidagi qonunni isloh qilishni, yuqori palatani qayta tashkil qilish va uning saylanishini joriy qilishni va boshqa bir qator tadbirlarni ko‘zda tutardi. Ammo bu islo- hotlarni amalga oshirish ancha og‘ir kechdi. Faqat 1999-yilga kelib dastlabki yutuqlarga erishildi.
Shotlandiya va Uels milliy assambleyalariga saylov- lar o‘tkazildi. Tashqi siyosatda leyboristlar siyosati an’anaviyligicha qoldi. E. Bler hukumati tashqi siyosatdagi barcha ma- salalarda AQSHning eng yaqin hamkori bo‘ldi.
Buyuk Britaniya XXI asr boshlarida. XXI asr boshlarida Buyuk Britaniya G‘arbiy Yevropaning boshqa davlatlari singari ijtimoiy-iqtiso- diy rivojlanishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Mamlakatda favqulod- da qulay holat vujudga keldi. Iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari yuqori, ishsizlik va inflatsiya esa so‘nggi o‘n yillar ichida eng past bo‘ldi.
E. Bler hukumati ijtimoiy ehtiyojlar uchun davlat xarajatlarini oshirish siyosatini yuritdi, bu mablag‘larning katta qismi ish o‘rinlarini yaratishga sarflandi. Hukumat ishsizlikni ancha qisqartirishga erishdi. Ammo ijtimoiy ta’minot sohasida hukumat bir qator qat’iy qadamlar qo‘yishga majbur bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash davlat xizmati, pensiyalar va ommaviy ta’limga davlat xarajatlari qisqartirildi.
Tashqi siyosatda Buyuk Britaniyaning 2003-yili Iroqqa qarshi koa- litsiyada ishtiroki jamiyatda qizg‘in bahslarni keltirib chiqardi. Buyuk Britaniya ushbu «antiterror» koalitsiyada AQSHning asosiy ittifoqchi- siga aylandi. Ammo ko‘pchilik inglizlar bu urushga qarshi edi. Ley- boristlarning so‘l qanoti ham urushga keskin qarshi chiqdi. E. Bler siyosatidan norozilik ramzi sifatida tashqi ishlar vaziri Robin Kuk iste’foga chiqdi. Shunga qaramasdan, 2005-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida kichik farq bilan leyboristlar partiyasi g‘olib chiqdi. Natijada E. Bler uchinchi muddatga bosh vazir etib saylandi. Londonda to‘rtta terrorchilik akti amalga oshirildi, natijada o‘nlab kishilar halok bo‘ldi. Javobgarlikni «Al-Qoida» xalqaro terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.
yilgi Isroil-Livan urushi yakunlangandan so‘ng, AQSH orti- dan Isroilning yonini olgan Britaniya bosh vaziri E. Blerning iste’fo- si talab qilindi. E. Blerning muddatidan oldin iste’foga chiqishini ko‘pchilik britaniyaliklar ham qo‘llab-quvvatladi, ular bosh vazirning amerikaparast siyosatidan norozi edi.
yil iyunda E. Bler iste’foga chiqdi. Leyboristlar partiyasi- ning ichki saylovlarida partiyaning yangi yetakchisi va bosh vazir lavozimlarini Gordon Braun egalladi. G. Braun jahon iqtisodiyotining globallashuvi tarafdorlaridan edi. Tashqi savdoda proteksionizm siyo- satiga qarshi chiqdi.
Faoliyatining dastlabki davrida G.Braun bir qator tashabbuslar bilan chiqdi va ular jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilindi.
yili boshlangan jahon moliyaviy inqirozi sharoitida G. Braunning bank tizimini xonavayron bo‘lishdan saqlab qolishga, biznesni qo‘llab- quvvatlashga qaratilgan qat’iy harakatlari uning obro‘yini oshirdi. Shunga qaramasdan, 2010-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida konservatorlar partiyasi g‘alaba qozondi. Konservatorlar yetakchisi Devid Kemeron Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egalladi.
D. Kemeron hukumatining davlat xarajatlarini tejash uchun qilgan bir qator harakatlari natijasida YIMga nisbatan budjet tanqisligi qis- qardi. Shunga qaramasdan, bu muammo hamon dolzarbligicha qol- moqda. Bu davrdagi iqtisodiy qiyinchiliklar davlatning butunligiga ham raxna sola boshladi. 2014-yil sentabrda Shotlandiyada Buyuk Britaniyadan ajralib chiqish masalasida umumxalq referendumi o‘tkazilib, unda 45% aholi mustaqillik uchun ovoz berdi. 2015-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida konservatorlar partiyasi yana g‘alaba qozondi. Saylovoldi kampaniyasi davrida bosh vazir D. Kemeron agar konservatorlar g‘alaba qozonsa, Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi masalasini ko‘tarishga va ushbu masala bo‘yicha referendum o‘tkazishga va’da berdi. 2016-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan
Devid Kemeron
referendumda ishtirok etgan Buyuk Britaniya aholisining 50 % dan ortig‘i mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi uchun ovoz berdi. Shundan so‘ng bosh vazir D. Kemeron iste'foga chiqdi. Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini Tereza Mey egalladi.
Tereza Mey
XX asrning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniya mustamlaka imperiyasi to‘liq tugatil- di. Ammo Buyuk Britaniya uncha osonlik bilan bo‘lmasa-da, jahonda o‘zining siyosiy va iqtisodiy mavqeyini saqlab kelmoqda.
yil Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun ovoz bergan ko‘pchilik inglizlar ham buni mamlakat mustaqilligini qadrlashlari bilan izohladi. Nima bo‘lganda ham, Buyuk Britaniya XXI asrda jahon hamjamiyatining eng muhim a'zolaridan biri bo‘lib qolmoqda.