Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar


-MAVZU: Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan bugungi kungacha Xitoy



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə32/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46
jahon-tarixi

22-MAVZU: Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan bugungi kungacha Xitoy.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Xitoyda rasmiy hokimiyat Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan partiyasi (Milliy partiya)ga tegishli edi. 1945-yili mamlakat hududi va aholisining katta qismi gomin- danchi Chan Kayshi hukumati tomonidan nazorat qilinardi.
Chan Kayshi hukumati BMTni tuzishda faol qatnashdi va buyuk davlat sifatida Xavfsizlik Kengashining beshta doimiy a’zolaridan biri bo‘ldi. 1945-yil avgustda SSSR va AQSH vositachiligida Xitoy Kommunistik partiyasi bilan Gomindan o‘rtasida muzokaralar bo‘lib, o‘zaro dushmanlik harakatlarini to‘xtatishga kelishildi.
Fuqarolar urushi. Ammo dunyoda «sovuq urush» boshlanib ket- gan, SSSR va AQSH endi Xitoyda voqealarning tinch rivojlanishidan manfaatdor emasdi. Bu vaqtga kelib kommunistlar bilan gomindanchilar o‘rtasidagi munosabatlar ham yomonlashib bordi. Hech kim kutmagan holda 1946-yil iyunda Xitoyda fuqarolar urushi qaytadan boshlandi.
AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Chan Kayshi armiyasi 1947-yili kommunistlarning poytaxti Yanan shahrini egallab oldi. Ammo bu fu­qarolar urushida gomindanchilarning oxirgi g‘alabasi bo‘ldi.
Hukumat tomonidan nazorat qilinayotgan hududlarda AQSH yor- damiga qaramasdan ijtimoiy-iqtisodiy ahvol borgan sari yomonlashib bordi. Uzoq urush tufayli iqtisod izdan chiqdi, ishsizlar soni muttasil ortib bordi, odamlar norozilik bildira boshladi. Bir qator hududlarda g‘alayonlar boshlandi.
Ayni paytda Mao Szedun boshchiligidagi kommunistlar nazorat qilayotgan hududlarga SSSR juda katta yordam ko‘rsatdi. SSSRning iqtisodiy yordami va quroli bilan Xalq-ozodlik armiyasi qayta tuzildi, armiyada qat’iy tartib o‘rnatildi. Bu harakatlar urush taqdirini keskin o‘zgartirish imkonini berdi.



Mao Szedun - Xitoy xalqi dohiysi.
1947-yil iyulda Xalq-ozodlik armiyasi hu- jumga o‘tdi. Bir necha hujumlar natijasida Shi- moliy va Markaziy Xitoyning keng hududlari kommunistlar nazorati ostiga o‘tdi. Gomindan armiyasida to‘liq tushkunlik boshlandi. Gomin­dan rejimi iqtisodiy va moliyaviy halokat yo- qasida turardi. AQSH uni saqlab qolishga ha- rakat qildi.
Ammo tez orada kommunistlar butun Xitoyni egallab oldi. 1949-yil sentabrda Pekinda Milliy siyosiy maslahat konferensiyasi ochildi.
1-oktabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi e’lon qilindi.
1952-yil dekabrda Xitoy Kommunistik par­tiyasi Markaziy Komiteti mamlakatda «sotsia- lizm qurish» to‘g‘risida qaror qabul qildi. Unda mamlakatni industrlashtirish, ishlab chiqarish munosabatlarini qayta qurish, siyosiy de- mokratiyani rivojlantirish ko‘zda tutildi. Bu vazifalarni bajarish uzoq muddatga, 15 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, bu muddatda ularning ak- sariyati amalga oshmay qoldi.
1960-yillarda Xitoyni rivojlantirishning «Katta sakrash», 1970-yil- larda «Madaniy inqilob» deb nomlangan o‘ta ziddiyatli siyosatlari amalga oshirilib, ular Xitoyga hech qanday iqtisodiy va siyosiy foy- da keltirmadi. Aksincha, mamlakatning ahvolini og‘irlashtirdi.
Yangi islohotlarning boshlanishi. Mao Szedun vafotidan so‘ng hokimiyatga kelgan Den Syaopin va boshqa pragmatiklar 1970-yillarning oxiridan Xitoyda islohotlarning yangi strategiyasini ishlab chiqdi. 1981-yildan qishloq xo‘jaligini keng miqyosda qayta qurish boshlandi. Natijada Xitoy o‘zini oziq-ovqat mahsulotlari bi­lan ta’minlash muammosini hal qilib, mahsulotlarni chetga eksport qila boshladi.
Siyosiy rivojlanishda kommunistik rejimning asosiy jihatlari saqlab qolindi. 1989-yil bahorda Pekin talabalarining norozilik namoyishiga boshqa shaharlarda millionlab ziyolilar qo‘shildi. 1989-yil may da Pekin- da favqulodda holat e’lon qilindi. Den Syaopin Tyananmin maydo- nidagi namoyishni kuch bilan tarqatib yuborishni buyurdi. Talabalar- ga qarshi qurolli kuch ishlatildi, yuzlab yoshlar halok bo‘ldi, ko‘plab kishilar qamoqqa olindi. AQSH Kongressi Xitoyga qarshi sanksiya e’lon qildi. Ammo industrial mamlakatlar bilan munosabatlarning yomonlashuvi yuz bermadi. Chunki bu paytga kelib Xitoy juda katta ta’sirga ega mamlakatga aylangan edi. Bu voqealarga qaramasdan, Xitoyda islohotlar davom ettirildi.
Tashqi siyosat. Xalqaro munosabatlarda Xitoy uzoq yillar o‘zini ikkinchi darajali davlat sifatida his etib keldi. Xitoy BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarda o‘z o‘rniga ega emasdi, uning o‘rnini Tayvanda joylashib olgan Chan Kayshi boshchiligidagi gomindanchilar egalla- gandi. Ko‘plab G‘arb davlatlari bilan normal munosabatlar mavjud emasdi.
1981-yildan qishloq xo‘jaligini keng miqyosda qayta qurish boshlandi.
1989-yil mayda Pekinda favqulodda holat e’lon qilindi.
1970-yillardan boshlab holat o‘zgardi. G‘arb davlatlari bilan diplo- matik munosabatlar tiklandi, Tayvan o‘rniga BMTda o‘z o‘rnini egalladi. AQSH bilan munosabatlar yaxshilandi, faqat SSSR bilan murak- kabligicha qoldi. 1980-yillari Xitoy yadro quroliga ega bo‘lgan dav- latga aylandi va xalqaro munosabatlarda shunga yarasha o‘rin egal- lashga intildi. 1980-yillarning ikkinchi yarmidan SSSR bilan ham munosabatlar yaxshilandi.
Xitoy Xalq Respublikasining siyosiy rivojlanishi. Sotsialistik tizim va SSSR tarqalib ketgandan so‘ng Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) eng yirik sotsialistik davlat sifatida saqlanib qoldi. Bu yerda Xitoyga xos sotsializm qurish davom ettirildi. Hokimiyatni yagona Xitoy kommunistik partiyasi (XKP) egallab turibdi.
Tyananmen maydonidagi tinch namoyish bostirilgandan so‘ng uch yilga yaqin Xitoy siyosatida jiddiy o‘zgarish yuz ber- madi. Faqat 1992-yili Den Syaopin mamlakatning janubiy provinsiya- lariga qilgan safari paytida bir qator bayonotlar berib, iqtisodiy islohotlar siyosatini to‘xtatib bo‘lmaydi, dedi. Islohotlar boshlangandan so‘ng qo‘lga kiritilgan yutuqlar tanlangan yo‘lning to‘g‘riligiga odam-larni ishontirdi. Den Syaopin o‘z safari davomida yana bir muhim qarorni qabul qildi: u o‘z shahrida namoyishlarni tinch yo‘l bilan to‘xtata olgan Shanxay shahri meri Szyan Szeminni o‘zining vorisi deb e’lon qildi.
Shu davrda davlat apparati ham yarmiga qisqartirildi. Samarasiz ishlayotgan keksa amaldorlar o‘rniga yoshlar keldi. XKPning Bosh kotibi iste’foga chiqib, o‘rniga nisbatan yosh Xu Szintao saylandi.
2012-yili hokimiyatga kelgan Si Szinpin boshchiligidagi XKP va XXR rahbarlarini «Xitoy orzusi»ni amalga oshirish g‘oyasi birlashtirib turibdi. «Xitoy orzusi» deganda eng umumiy ma’noda «xitoy mil- latini tiklash» yo‘lida ikki qadam — XKPning yuz yilligiga (2021- yil) «o‘rtacha farovonlik» darajasiga erishish, XXRning yuz yilligi­ga (2049-yil) esa jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan o‘rin olish tushuniladi.



Den Syaopin
Iqtisodiy islohotlar. 1989-yili Tyananmen maydonidagi talabalar namoyishi shafqatsiz bostirilgandan so‘ng Xitoyga qarshi ma’lum sanksiyalar e’lon qilinishiga qaramasdan, mamlakatda islohotlar davom ettirildi. Ular- ni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun Mao Szedun davridagi bir qator tadbirlar- dan voz kechishga to‘g‘ri keldi. Avvalo, ja- moa xo‘jaliklari tugatildi. Dehqonlar hosilning bir qismini erkin bozorda sotish imkoniyatiga ega bo‘ldi, shahar- lar va qishloqlarda kichik mahalliy korxonalarni tuzish rag‘batlan- tirildi. «Boy bo‘lish — bu juda yaxshi» — deya ta’kidladi Den Syaopin. U tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida Xitoyning qirg‘oq bo‘yidagi to‘rtta viloyatini maxsus iqtisodiy zonalar deb e’lon qildi. Bu iqtisodiy zonalarda chet el investorlari uchun qulayliklar yaratildi.
1997-yil fevral oyida Xitoy «islohotlarining otasi» Den Syaopin vafot etdi. Shu yil sentabrda XKP «Davlat sektorini modernizatsiya qilish dasturi»ni qabul qildi. Zarar keltirib ishlaydigan davlat bank- lari va korxonalaridan voz kechishga qaror qilindi.
Islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida XX asrning oxirgi yigirma yilida XXRning YIMi olti martadan ko‘proqqa oshdi. XXR rahbariyati XXI asrning dastlabki yigirma yilidan ham o‘ta sa- marali foydalanishni maqsad qilib qo‘ydi. Bu davr iqtisodiy, harbiy, tashqi siyosiy qudratni oshirish va jahonda sifat jihatidan yangi o‘rinni egallash uchun «strategik imkoniyatlar bosqichi» sifatida qaraldi.
Xitoy 2001-yili Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lgandan so‘ng jahon bozorining imkoniyatlaridan va mamlakatning Yer yu- zidagi «eng yirik fabrika» sifatidagi ustunligidan unumli foydalanib, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qoldi hamda o‘zining jahon iqtisodidagi mavqeyini yanada oshirishga erishdi.
yil oktabrda bo‘lib o‘tgan XKPning 19-Umumxitoy syezdida Si Szinpin Xitoy kommunistlarining azaliy maqsadi xitoy xalqining baxti uchun kurash va xitoy millatini tiklash ekanligini ta’kidlab, XXI asr o‘rtalariga kelib Xitoy zamonaviy buyuk sotsialistik davlatga aylanadi, deb e’lon qildi.
Ijtimoiy muam molar. Iqtisodiy o‘sishning muntazam yuqoriligiga qaramasdan, XXI asr boshlariga kelib, Xitoy bir qator jiddiy iqti­sodiy, ekologik va ijtimoiy muammolarga duch keldi: boylar bilan
kambag‘allar daromadi o‘rtasidagi farq keskin oshdi.


Si Szinpin
Xitoyning eng dolzarb muammolari qato- riga aholining tez keksayib borishi va ishlab chiqarishning ekologiyaga yetkazayotgan zara- rini kiritish mumkin. Xitoyda uzoq yillar olib borilgan «bitta oila — bitta farzand» siyo- sati natijasida mamlakatda yoshlar soni keksa avlod soniga nisbatan kamayib bormoqda. XXI asr boshlarida industrlashtirish, urbani- zatsiya va xalqaro savdo ta’siri ostida ener- giya sarfi yuqori bo‘lgan og‘ir sanoat keng miqyosda jadal rivojlandi. Oqibatda zaharli gazlar Xitoy shaharlarida juda og‘ir ekologik sharoitni vujudga keltirdi. Qishloqlarda esa suvning ifloslanishi asosiy muammo bo‘lib qolmoqda. Bu aholi sog‘lig‘idan tashqari milliy iq- tisodiyotga ham katta zarar yetkazmoqda. Xitoy hukumati yaqin ke- lajakda ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqqan. Unda ekologik sof muhitni yaratish XXI asrning asosiy vazifasi sifatida qaraladi.
Xitoyning dolzarb muammolaridan yana biri terrorizm hisoblana- di. Ayniqsa, Sinszyan-Uyg‘ur avtonom o‘lkasida terrorizm xavfi juda kuchli. Faqat 2013-yili mintaqada 200 ga yaqin terroristik aktlar amalga oshirildi.
XX asrning oxiridagi islohotlardan farqli ravishda yangi asrning boshlaridagi islohotlarning asosiy maqsadi iqtisodiy o‘zgarishlar bo‘lmay qoldi. XXI asr boshida e’tibor faqat iqtisodiy yuksalishga emas, islohotlar jarayonida vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bararaf etishga qaratildi. Bu muammolar asosan shahar bilan qishloq, mamlakat g‘arbiy qismi bilan sharqiy qismi rivojlanishi o‘rtasidagi farq bilan bog‘liq. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida davlat- ning asosiy e’tibori bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Tashqi siyosat. Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi hisoblanadi. G‘arb mamlakatlari Xitoy tashqi siyosatini Koreya Xalq Demokratik Respublikasini qo‘llab-quvvatlagani uchun tanqid qilib ke- ladi. XXR hukumati jahon siyosatida Xitoyning rolini oshirishga qa­ratilgan tashqi siyosat olib bormoqda va ayni paytda, ko‘plab xalqaro masalalar bo‘yicha neytral pozitsiyani egallab turibdi.
AQSH Xitoyning asosiy savdo hamkori bo‘lib qolmoqda. Ammo ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda bir qator muammolar ham mavjud. Bu avvalo AQSHning Osiyo-Tinch okean mintaqasida o‘z ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan siyosati oqibatida paydo bo‘lgan ziddiyatlardir. AQSHning bu siyosati mintaqadan Xitoyni siqib chiqarishga qaratilgani uchun Pekinning jiddiy qarshiligiga uchramoqda. Bu mintaqada kes- kinlikning oshishiga olib keldi. Xitoy va AQSH o‘rtasida boshlangan qurollanish poygasi ham keskinlikni yanada kuchaytirmoqda.
Shunga qaramasdan, tomonlar o‘rtasida XXI asr boshidan iqtisodiy masalalar bo‘yicha strategik kelishuv mavjud bo‘lib, muntazam uchra- shuvlarda asosiy muammolar muhokama qilinadi. Masalan, 2017-yil noyabr oyida AQSH prezidenti D. Tramp Xitoyga rasmiy tashrif bi­lan kelib, bir qator iqtisodiy hamkorlik masalalarini hal qilishga va 250 mlrd dollardan oshiq summaga savdo kelishuvini imzolashga erishdi.
XXR tashqi siyosatining asosiy maqsadi Osiyo va Afrika mamlakat- larida o‘z ta’sirini oshirishga qaratilgan. Buning uchun Xitoy yetarli iqtisodiy, harbiy va siyosiy imkoniyatlarga ega.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin