Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə40/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
jahon-tarixi

Turkiya va Eron. 1983-yili Turkiya bosh vaziri bo‘lgan Turg‘ut O‘zol Turkiyada XX asrning oxirlarida amalga oshirilgan islohotlarda juda katta rol o‘ynadi. U Turkiyada zudlik bilan iqtisodiy islohotlar boshlab yubordi. Iqtisodda davlatning roli pasaydi, davlat sektorini keng xususiylashtirish boshlandi, eksportni rag‘batlantirish to‘g‘risida, erkin iqtisodiy zonalarni tuzish to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Natijada Turkiya jadal rivojlanish yo‘liga tushdi.
Iqtisodda davlat sektorining ustunligi urushdan keyingi Turkiyaning xarakterli jihati edi. Faqat T. O‘zol islohotlari bunga chek qo‘ydi, mamlakatda siyosiy holatning ham ijobiy tomonga o‘zgarishi yuz berdi. 1989-yilgi saylovlarda T. O‘zol Turkiya Respublikasi prezidenti qilib saylandi. 1990-yildan bosh vazir lavozimini boshqa bir tajribali siyosatchi Sulaymon Demirel egalladi.
Tashqi siyosatda Turkiya uzoq yillardan beri Yevropa Ittifoqiga kirish uchun harakat qilib kelmoqda. Turkiyaning iqtisodiy va siyosiy jihatdan Yevropa bilan bog‘langanligi, NATOning a’zosi bo‘lganligiga qaramasdan, hamon Yevropa Ittifoqiga qabul qilinmadi.
XX asrning 90-yillari — XXI asr boshlarida Turkiyaning siyosiy rivojlanishi. XX asrning 80-yillari oxiri — 90-yillari boshlarida dun- yoda yuz berayotgan siyosiy o‘zgarishlar Turkiyaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 1989-yili taniqli islohotchi Turg‘ut O‘zol Turkiya Respub- likasi prezidenti etib saylandi. Saylov to‘g‘risida yangi qonun qabul qilinib, siyosiy partiyalar uchun bir qator yengilliklar yaratildi.
Ammo bu yengilliklardan birinchi navbatda turli islom dini taraf- dorlarining partiyalari unumli foydalandi. M.K.Otaturk davridan beri Turkiya Respublikasining dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan borishiga o‘zini mas’ul hisoblab kelayotgan armiya rahbarlarining ogohlantirishiga qara- masdan, jamiyatda islomchi partiyalarning ta’siri oshib bordi. Shunday sharoitda 1993-yili T.O‘zol vafot etdi. Turkiya prezidenti etib Sulaymon Demirel saylandi.
yil oxirida navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylov jamiyatda islom dinining ta’siri o‘sganligini yana bir bor namoyish qildi. Islom dini tarafdorlarining Nejmiddin Erbakan boshchiligidagi «Refax» (Farog‘at) partiyasi hammadan ko‘p ovoz oldi.
Shu davrda kurdlar muammosi ham dolzarb bo‘ldi. Hukumat si- yosatidan norozi bo‘lgan Abdulla Ojalon boshchiligidagi Kurd ishchi partiyasi hukumatga qarshi urush e’lon qildi. Ko‘zga ko‘ringan siyosatchilarga nisbatan terroristik aktlar amalga oshirildi. Faqat A.Ojalon qamoqqa olingandan so‘ng Kurd ishchi partiyasi jangovar harakatlarni to‘xtatishga, muammolarni tinch yo‘l bilan hal etishga qaror qildi.Mamlakatda islom dini tarafdorlarining mavqeyi kuchayishda davom etdi, ular mahalliy hokimiyat organlarida borgan sari ko‘p o‘rinlarni egalladi, buning ustiga hukumatni ham boshqardi. Ko‘pchilikning fik- richa, navbatdagi saylovlarda islom dini tarafdorlari to‘liq g‘alabaga erishishi lozim edi. Bundan norozi bo‘lgan armiya rahbariyati prezi- dent S. Demirelni bir necha bor ogohlantirdi.
2000-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida Demokratik so‘l par- tiya g‘alaba qozondi. Mamlakatda islom dini tarafdorlariga nisbatan qat’iy pozitsiya saqlanib turdi. Turkiya prokuraturasi «Nurchilar» tash- kilotini konstitutsiyaga xilof deb tan oldi. Bu tashkilot va «Hizbulloh» partiyasining turk filiali faoliyati taqiqlandi. Armiya bosh shtabi boshlig‘i agar islomchilar hokimiyatga kelsa, harbiylar konstitutsi- yani himoya qilishga tayyorligi to‘g‘risida yana bir bor ogohlantirdi. Shunga qaramasdan, 2002-yilgi saylovlarda islom dini tarafdorlarining Rejep Tayyip Erdo‘g‘on boshchiligidagi Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) parlament saylovlarida g‘alaba qozondi. R. Erdo‘g‘on sud hukmi- ga ko‘ra siyosiy lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilinganligi uchun bosh vazir lavozimini Abdulloh Gul egalladi.
Armiya hushyor bo‘lib turdi. Harbiylar holatni diqqat bilan kuzatib bordi va zarur bo‘lganda aralashishga tayyor edi. 2003-yili R.Erdo‘g‘on Turkiya bosh vaziri lavozimini egalladi.
Iqtisodiy rivojlanish. Turkiyada iqtisodiy islohotlar 1990-yillarda ham davom ettirildi. YIMning yillik o‘sishi ancha yuqori bo‘lib, 1990-yillar oxirida eksportning asosiy qismini sanoat mahsulotlari tashkil qildi. Yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi juda ko‘plab xususiy korxonalar paydo bo‘ldi. Turkiyaning valuta zaxirasi ko‘payib, YIM jon boshiga 3 ming dollardan oshib ketdi. Turkiya jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulot yetkazib beruvchi yuqori da- rajada rivojlangan mamlakatga aylandi. XX asr oxiriga kelib Turkiya­ning asosiy sanoat mahsulotlari Yevropa mamlakatlarining shunday mahsulotlari bilan bemalol raqobatlasha olardi.
Turkiyaning juda katta muammosi davlatning hamma sohalarini qamrab olgan korrupsiya bo‘lib qoldi. Shu masala bo‘yicha 2000-yillarboshida prezident bilan bosh vazir o‘rtasida ajralish yuz bergandan so‘ng moliyaviy inqiroz sodir bo‘ldi: mamlakatdan investitsiyalar keta boshladi. Turkiya Markaziy banki aralashishga majbur bo‘ldi, bu esa zaxiradagi chet el valutasining keskin kamayishiga olib keldi. Oqibat- da erkin qo‘yib yuborilgan lira birdaniga keskin qadrsizlandi. Ammo inqirozlar Turkiyaning so‘nggi yillardagi iqtisodiy yutuqlarini yo‘qqa chiqara olmadi. Turkiya bugun dunyoning eng jadal rivojlanayotgan mamlakatlaridan biri bo‘lib, G-20 klubining a’zosi hisoblanadi.
XXI asrda Turkiya. 2000-yillarda ham harbiylar va islom dini tarafdorlari o‘rtasidagi munosabat Turkiya uchun asosiy muammo bo‘lib qoldi. 2007-yili o‘ta millatchi «Ergenekon» yashirin tashkilotining faoli- yati bilan bog‘liq tergov va qamoqqa olishlar boshlandi. Turkiya sudi uch nafar iste’fodagi generallarni davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishda aybdor deb topdi va 20 yildan qamoq jazosiga hukm qildi. Turli muddatga qamalganlar orasida yozuvchilar, jurnalistlar, professorlar va parlament deputatlari ham bor edi. Bu tashkilot a’zolari R.Erdo‘g‘on hukumatini ag‘darib tashlashga tayyorgarlik ko‘rishda ayblandi. Tashki-lot a’zolari va ularga xayrixoh bo‘lgan ayrim jurnalistlarning fikricha, bu sud jarayoni mamlakatda o‘z mavqeyini mustahkamlashga intilayot- gan hukumat tomonidan uyushtirilgan ig‘vo edi.
Shu davrdan Turkiya Suriyadagi voqealarga faol aralasha boshladi. Suriya bilan chegaradosh Diyorbakir aviabazasiga F—16 qiruvchi samolyotlar joylashtirildi. NATO ham Turkiyani qo‘llashga tayyorligini bildirdi.
yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida R. Erdo‘g‘on Turkiya Respublikasi prezidenti etib saylandi. Bu Turkiyada prezident bevosita xalq tomonidan saylangan birinchi saylov edi. Ilgari prezident par- lament tomonidan saylangan. Referendumda aholi prezidentning xalq tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri saylanishi uchun ovoz bergandan so‘ng 2012-yili bu haqda qonun qabul qilindi.
yilning ikkinchi yarmida Suriyada ISHIDga qarshi antiterror- chilik operatsiyasida ishtirok etayotgan Rossiyaning Su — 24 har- biy samolyoti Turkiya tomonidan urib tushirildi. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni murakkablashtirdi, Rossiya Turkiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar e’lon qildi.
yili Turkiya harbiylari navbatdagi davlat to‘ntarishini amalga oshi- rishga urinib ko‘rdi. Bir qator harbiy qismlar Anqara, Istanbul, Mar- maris, Ko‘nya va Malate shaharlarida strategik muhim obyektlarni o‘z nazoratiga olishga urindi. Istanbul shahridagi prezident qarorgohi samo- lyotlardan bombardimon qilindi. Ayni paytda isyonchilar Istanbul va mamlakat poytaxti Anqara shaharlaridagi xalqaro aeroportlarni o‘z nazora­tiga oldi. R. Erdo‘g‘on isyonchilar egallashga ulgurmagan telekanal orqali xalqqa murojaat qildi. Aholi prezidentni qo‘llab shaharlarda namoyishga chiqdi. To‘ntarishga urinish jahon jamoatchiligi tomonidan ham qoralandi.
Isyon bostirildi. 60 mingdan oshiq kishi, asosan armiya ofitser- lari qamoqqa olindi. Turkiya armiyasida, davlat apparatida tozalash o‘tkazildi. Muxolifatga aloqador deb hisoblangan o‘nlab gazetalar, telekanallar yopildi. 2017-yil aprelda referendum o‘tkazilib, uning nati- jalariga ko‘ra, Turkiyada prezident boshqaruvi joriy qilindi.
Harbiy to‘ntarishga urinishdan keyin muxolifatga qarshi qat’iy harakatlari uchun AQSH va YI tomonidan tanqidga uchragan Turkiya hukumati Rossiya bilan yaqinlashish yo‘lini tutdi. Turkiya prezidenti R. Erdo‘g‘on Rossiya prezidenti V. Putin bilan bir necha bor uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasida uzilib qolgan savdo, iqtisodiy va gumanitar aloqalarni tiklashga kelishib oldi. 2017-yil noyabr oyida Rossiyaning Sochi shahrida V. Putin, R. Erdo‘g‘on va Eron prezidenti H. Ruhoniy o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, unda terrorchilikka qarshi hamkorlikda kurashishga, Suriyada tinchlik o‘rnatishga qaror qilindi.


Eron. 1946-yili ingliz va sovet qo‘shinlari Erondan olib chiqib ketildi. 1950-yillarning birinchi yarmida Eron siyosati, asosan, mam- lakat neft sanoatini natsionalizatsiya qilishga bag‘ishlandi.
Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy zamonaviy, o‘qimishli kishi edi. U mamlakatda korrupsiyaga qarshi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. 1963-yil referen­dum o‘tkazilib, unda shoh mamlakatda islohotlar o‘tkazish taklifini kiritdi. Referendumda aholi shoh takliflarini qo‘lladi. Bu islohotlar
umumiy nom bilan «oq inqilob» deb ataldi. «Oq inqilob»ning o‘n yilida Eron iqtisodiy o‘sish bo‘yicha dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi. Eronning neftdan oladigan daromadi ham keskin oshdi. Sanoatning mashinasozlik, stanok- sozlik va boshqa sohalari jadal rivojlandi.
Shoh hokimiyatining ag‘darilishi. Shoh islo- hotlari natijasida mamlakatning zamonaviylashuvi Erondagi dindor mutaassiblarni qattiq tashvishga soldi. Ular shohga qarshi tashviqot olib bor- di. Bu tashviqot dindorlar boshchiligidagi xalq g‘alayonlariga olib keldi. Oqibatda 1979-yil fevralda hukumat iste’foga chiqdi. Shoh rejimi ag‘darildi, Eron Islom Respublikasi deb e’lon qilindi.
Dindor shaxslardan tuzilgan Kengash yangi konstitutsiyani ishlab chiqishga kirishdi. Zudlik bilan xulq-atvorning diniy normalari joriy qilindi: alkogol iste’mol qilish, musiqa, raqs, kino shaxmat o‘yini,
kitoblar taqiqlandi, barcha kinoteatrlar yopildi. Ayollar islom an’analari bo‘yicha kiyinishga, chodra o‘rab yurishga majbur qilindi.
G‘arb mamlakatlari Eronga qarshi sanksiyalar e’lon qildi. Mamlakat- ning iqtisodiy ahvoli og‘irlashib bordi. Shunday holatda 1980-yili Iroq qo‘shinlari Eronga bostirib kirdi. Boshlangan Eron-Iroq urushi 1988-yilgacha davom etdi. Eronda oziq-ovqat qiyinchiligi boshlanib, kartochka tizimi joriy qilindi, iqtisod tanazzulga yuz tutdi. Butun dunyoda Eron xalqaro terrorizm va islom fundamentalizmi o‘chog‘i deb qaraladigan bo‘ldi. Shunday holatda inqilob yetakchisi, Eron Islom Respublikasi diniy rahbari Oyatilloh Ruhulloh Humayniy 1989-yili vafot etdi.
1990-yillarda iqtisod barqarorlashib, YIM (yalpi ichki mahsulot) ning o‘sish sur’atlari jadallashdi. Shu yillari islom radikalizmi ham biroz susaydi.
XX asr oxirlarida Eron. XX asrning ikkinchi yarmi Eron jamiyatida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy beqarorlik davri bo‘ldi. Ammo aynan shu davrda mamlakat uchun eng muhim voqealar sodir bo‘lib, ular ma’lum ma’noda zamonaviy Eronning taraqqiyot yo‘lini belgilab berdi.
Shu davrda Eron Islom Respublikasida muhim siyosiy jarayonlar yuz berib, jahon tarixida ilk bor inqilobiy islom XX asrda butun is-lom sivilizatsiyasi oldida turgan muammolarni hal qilishning vositasiga aylandi. Islom dini Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada juda qudratli
ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida maydonga chiqdi va ushbu mintaqalarda G‘arb qadriyatlarining joriy qilinishiga faol qarshi turmoqda.
1990-yillar boshlarida Eronning iqtisodi ham barqarorlashib, YIM ning jadal o‘sishiga olib keldi. Islom radikalizmi ham biroz susaydi. Eron jahon sport va madaniyat maydoniga qaytdi. 1999-yili Eronning «Osmon bolalari» filmi AQSHda «Oskar» mukofotiga tavsiya qilin- di. Mamlakatda chet el musiqasi va internet-kafelarga ruxsat berildi. Ayollar ham faol ijtimoiy hayotga qaytdi.
Eron xalqaro yakkalanishdan qutulish uchun islohotlar o‘tkazishga majbur bo‘ldi. 1997-yili islohotchilik qarashlarini qo‘llab-quvvatlovchi M. Hotamiy prezident etib saylandi. U Eronda demokratik va tolerant
jamiyat qurishga qaratilgan islohotlarning boshlanganligini, shuningdek, G‘arb mamlakatlari bilan munosabatda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi. Ammo islohotlarni amalga oshirishda Muhammad Hota­miy mutaassiblarning qat’iy qarshiligiga duch keldi.
Zamonaviy Eron. 2001-yil 11-sentabr kuni Nyu-Yorkda amalga oshirilgan terrorchilik
aktidan so‘ng AQSH Eronni «xalqaro terrorizmning sherigi» deb atadi. Bu tamg‘adan qutulish uchun Eron ancha ishlarni amalga oshirdi. «Hizbulloh» rahbarlari Erondan qu- vib chiqarildi, Sudan, Liviya, Bosniyadagi eronlik diniy maslahatchilar chaqirib olindi.
Ammo, shunga qaramasdan, AQSH Eronni Mahmud Ahmadinajod yashirin ravishda yadro quroli yaratish ustida ish olib borayotganlikda aybladi. 2002-yili AQSH prezidenti J.Bush Eronni «yovuzlik tayanchi» mamlakatlari qatoriga qo‘shib, terrorizmni moliyalashtirishda ayb­ladi. AQSH Eronni xalqaro izolatsiya qilishga harakat qildi. Ammo bu harakat Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya tomonidan ma’qul- lanmadi hamda Eronga harbiy texnika yetkazib berayotgan va atom elektrostansiyasini qurayotgan Rossiyaning qarshiligiga uchradi.
2005-yili ultrakonservator Mahmud Ahmadinajodning prezident etib saylanishi Eronda islohotlarning borishini, mamlakatning jahon hamja- miyatiga qaytishini biroz susaytirdi. M. Ahmadinajod o‘zidan oldingi prezidentlarning bir qator liberal islohotlarini to‘xtatib qo‘ydi.
Humayniy vafotidan so‘ng Eronda saqlanib qolayotgan teokratik rejim yanada kuchaydi. Islom huquqiga (shariatga) asoslangan qonunlar insonhuquqlari bo‘yicha qator muammolarni vujudga keltirdi. Masalan, shu davrda Eron o‘lim jazosini amalga oshirish bo‘yicha dunyoda ikkin- chi o‘rinda (Xitoydan so‘ng) turardi. 2006-yili mamlakatda ikki yuzdan oshiq kishi, jumladan, yetti nafar balog‘at yoshiga yetmagan bolalar qatl qilindi. Tashqi siyosatda M. Ahmadinajod konservativ qarashlarga amal qildi. U J. Bush ma’muriyatini keskin tanqid qildi, Eronning arab mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorligini kuchaytirish tarafdori bo‘ldi.
2009-yili navbatdagi prezidentlik say- lovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda amalda- gi prezidentdan tashqari yana uch nafar nomzod qatnashdi. Asosiy kurash kon- servator-prezident M. Ahmadinajod bilan



Eronlik sportchi qizlar
islohotlar va’da qilayotgan Mir-Husayn
Musaviy o‘rtasida kechdi. Ammo birinchi turdayoq M. Ahmadinajod g‘alaba qozondi.
Muxolifat saylovlar natijasini tan olma- di. Tehron va boshqa bir qator shaharlarda namoyishlar va politsiya bilan to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ayrim muxolifatchi partiyalarning a’zolari qamoqqa olindi.
Mavjud muammolarga qaramasdan, XXI asrda Eron qashshoqlik, savodsizlik va jaholat botqog‘iga botgan mamlakatga mutlaqo o‘xshamaydi. Zamonaviy Eron — O‘rta Sharqning eng yirik iqtisodiyotiga ega bo‘lgan industrial mamlakat. U 2009-yili Semnondagi kosmodromdan Safir — 2 raketasi yordamida o‘zining «Umid» nomli sun'iy yo‘ldoshini fazoga chiqarib, koinotni o‘zlashtirayotgan davlatlar qatoridan o‘rin egalladi.
Eronda ta'lim va fan rivojlangan, urbanizatsiya darajasi 70 % ga yaqinlashmoqda, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot tizimi yax- shi yo‘lga qo‘yilgan. Eron yoshlar mamlakati, aholisining yarmini 30 yoshdan kichik bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Eronning zamonaviy muammolari ichida eng dolzarblari ishsizlik va inflatsiya darajasining yuqoriligi bo‘lib kelmoqda.
2013-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Hasan Ruhoniyning g‘alaba qozonishi Eronda yuz berayotgan chuqur o‘zgarishlarni ifoda etadi. Eronning jahon hamjamiyatiga to‘laqonli integratsiyalashuviga to‘siq bo‘lib turgan yadroviy dasturi ham o‘n yildan oshiq davom etgan muzokaralardan so‘ng 2015-yil iyulda Eron bilan oltita davlat (AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya,Germaniya) vakillari tomonidan imzolangan kelishuv orqali hal qilindi. Eron 15 yil ichida boyitilgan uran ishlab chiqarmaydigan, evaziga G‘arb davlatlari 2015-yil oxiridan boshlab unga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qiladigan bo‘ldi. Shunday sharoitda, 2016- yil fevral oyida Eronda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda islohotchilar koalitsiyasi konservatorlardan ko‘proq ovoz oldi. Bu mamlakatdagi ijobiy o‘zgarishlar uchun yaxshi asos bo‘lib, prezident Hasan Ruhoniy obro‘yining yuqoriligini namoyish qildi.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin