1943-yili Suriya o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Bugun u shu qisqa tarix davomidagi eng chuqur siyosiy inqirozni boshdan kechirmoqda.
Bashar Asad
Л
1970-yili harbiy to‘ntarish orqali hokimiyatga kelgan Hafiz Asad Suriyani 2000-yilgacha boshqardi. Shu davrda mamlakat katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Neft va gaz zaxiralari ishga tushirildi, sanoat va qishloq xo‘jaligi rivojlandi, aholi soni ko‘payib, yashash darajasi yaxshilandi. Ammo 1990-yillarda iqtisodda turg‘unlik bos landi. Buning sabablari shu davrda yuz bergan sotsialistik tizimning inqirozidan tashqari Suriyaning yangi tarixidagi eng dahshatli qurg‘oqchilik bilan ham bog‘liq edi.
Shunday holatda 2000-yili H. Asad vafot etdi. Mamlakatda o‘tkazilgan referendum natijasida hokimiyatga H.Asadning o‘g‘li Bashar Asad keldi.
B. Asad otasidan farqli ravishda tashqi siyosatda «yumshoq» kurs olib bordi. Isroil bilan Jo‘lan tepaliklari masalasida muzokaralarni tikladi. 30 yildan beri Livanda turgan Suriya qo‘shinlarini u yerdan olib chiqdi. Iroq diktatori Saddam Husayn bilan yarashdi. Ichki siyosatda siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berdi, korrupsiyaga qarshi juda keskin choralar qo‘lladi. Ayni paytda otasi hukmronlik qilgan davrni tanqid qilgan amaldorlarni ham jazoladi. Iqtisoddagi turg‘unlikni B. Asad savdo va moliya sohasini liberallashtirish orqali yengib o‘tishga urindi. Ammo bu faqat Damashq va Halab singari yirik shaharlarda iqtisodning jonlanishiga olib keldi. Qishloqlar va kichik shaharlarda esa ishsizlar soni ortib ketdi. Bundan tashqari, shu davrda qo‘shni davlatlardan kelgan qochoqlar ham Suriya- ning katta muammosiga aylandi. 2011-yili Suriyada yarim millionga yaqin falastinlik va bir milliondan oshiq iroqlik qochoqlar bor edi.
2000-yillari arab mamlakatlarida boshlangan «Arab bahori» nomli inqilobiy jarayonlar Suriyani ham qamrab oldi. 2011-yili mamlakat- ning janubidagi Dar’ya shahrida juma namozidan so‘ng boshlangan g‘alayonlar «Juma inqilobi» nomini oldi. Isyonchilar B.Asad rejimini ag‘darish, demokratik islohotlar o‘tkazishni talab qildilar.
Suriyada dahshatli urush oqibatlari
Mojaroda amaldagi prezident B.Asad tarafi-da Suriya arab armiyasi va unga qarshi bo‘lgan Suriya «mo‘tadil» muxolifatining Suriya ozodlik armiyasi, kurdlar otryadlari, shuningdek, turli xil terrorchi tashkilotlar — «Iroq va Shom islom davlati» (ISHID), Jibhat an-Nusra va shu kabilar ishtirok etdi. Shu tariqa mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib, arab mamlakatlaridan, butun dunyodan kelgan turli xil terrorchi guruhlar hukumat qo‘shinlari bilan jang olib bormoqda.
2013-yili Iroq va qisman Suriya hududida terrorchi guruhlar «Iroq va Shom islom davlati» deb ataluvchi davlatni tuzdi. 2014- yili u «Umumjahon xalifati» deb e’lon qilindi. Bu hol AQSH va uning ittifoqchilarini harbiy intervensiyani amalga oshirishga undadi. Ular 2014-yil sentabrdan boshlab Suriyadagi terrorchilar pozitsiyalarini bombardimon qilmoqda. 2015-yil sentabrdan xuddi shunday harbiy operatsiyani o‘tkazishda Rossiya harbiy-kosmik kuchlari ham ishtirok etmoqda. Mojaroda Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Iroq, Livan, Isroil kabi davlatlarning ham manfaatlari namoyon bo‘lmoqda. Shu tariqa Suriya hududi juda katta, har biri o‘z manfaatini ko‘zlagan xalqaro kuchlarning to‘qnashuv maydoniga aylandi.
Urush oqibatida 2017-yil sentabr oyigacha mamlakatni 4 mln dan oshiq kishi tark etgan. 2017-yil oxiriga kelib, Suriya armiyasi Rossiya harbiy-kosmik kuchlari va AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya yordamida mamlakat hududini jangarilardan deyarli to‘liq ozod qildi. Aholining bir qismi o‘z uylariga qaytmoqda. Dekabr oyida V. Putin Suriyadagi Rossiya harbiy-kosmik kuchlarining asosiy qismini o‘z hududiga qaytarish to‘g‘risida buyruq berdi.
Iroq. 1932-yili o‘z mustaqilligini e’lon qilgan Iroqda 1968-yili hokimiyatga Arab sotsialistik uyg‘onish (BAAS) partiyasi keldi. Hukumatni prezident Hasan al-Bakr boshqardi, ammo real hokimiyat mudofaa vaziri Saddam Husayn qo‘liga o‘tdi. Bu jarayonlar Iroqqa neftdan keladigan daromadning beqiyos oshishi davriga to‘g‘ri keldi. Aholining hayot darajasi sezilarli yaxshilandi.
Saddam Husayn
1979-yili Saddam Husayn rasman Iroq prezidenti etib saylandi. 1980-yil sentabrda Iroq Eronga qarshi urush boshladi. Bu urush XX asrning eng uzoq davom etgan hududiy to‘qnashuvi bo‘ldi.
U ko‘plab qurbonlarga olib keldi.
1990-yili Iroq yana bir xalqaro janjalga sabab bo‘ldi. U Quvaytga bostirib kirib, uning hududini egallab oldi. BMT Xavfsizlik kengashi Quvayt- dan Iroq qo‘shinlarining zudlik bilan olib chiqib ketilishini talab qildi. Iroqqa qarshi sanksiya e’lon qilindi. Bir necha oylik diplomatik harakatlardan so‘ng 1991-yil yanvarda AQSH boshchiligidagi xalqaro kuchlar Quvaytni ozod qilish bo‘yicha «Sahrodagi bo‘ron» operatsiyasini boshladi. Iroq armiyasi to‘liq tor-mor qilindi. Kuzatuvchilar S.Husaynning qulashini bashorat qilgandilar, biroq u o‘z hokimiyatini saqlab qoldi.
Hokimiyatni mustahkamlab olib, S.Husayn BMTning Iroq harbiy dasturlarini to‘xtatishga yo‘naltirilgan urinishlariga qarshilik ko‘rsatdi. U BMT inspektorlarini AQSH foydasiga josuslik qilishda aybladi va barcha xalqaro inspektorlarni mamlakatdan quvib chiqardi. Shundan so‘ng, 1999 — 2000-yillari AQSH boshchiligidagi xalqaro kuchlar Iroq harbiy obyektlarini bombardimon qildi. 2003-yili AQSH va Buyuk Britaniya qo‘shinlari Bag‘dodga bostirib kirdi. S. Husayn hukumati quladi. Amerikaliklar va ularning ittifoqchilari butun mamlakat hudu- dida o‘z nazoratini o‘rnatdi. Ular S. Husaynning ikki o‘g‘li va yosh nabirasini o‘ldirishdi. 2003-yil dekabrda S.Husaynning o‘zi ham qo‘lga olindi va osib o‘ldirildi.
Diktator o‘ldirildi. Ammo va’da berilganidek Iroqda demokratiya va tinchlik o‘rnatilmadi. AQSH va uning ittifoqchilari Iroqdagi vaziyatni jilovlay olmadilar. Terrorchilik harakatlari avj oldi. Bularning natijasida ko‘plab begunoh odamlar qurbon bo‘ldi.
2005-yili qabul qilingan konstitutsiyaga binoan Iroq uning xalqini tashkil qiluvchi uchta etnos — arab-sunniylar, arab-shialar va kurdlar kelishuviga asoslangan parlamentar federativ respublika deb e’lon qilindi.
S. Husayn paytida hokimiyatda bo‘lgan sunniylar endi muxolifatga o‘tdi. Ammo 2010-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida kutilmaganda muxolifatdagi sunniylar g‘alaba qozondi. Biroq, joylarda real hokimiyat turli qurolli guruhlar qo‘lida qoldi. Ular o‘zlari egallagan hududda shariat qonunlarini joriy qilib, minglab begunoh kishilarni o‘rta asrchilik usullari bilan qatl qildi. Millionlab kishilar qochoqqa aylandi.
AQSH hukumati, jumladan, prezident B. Obama AQSHning Iroqqa nisbatan siyosati xato ekanligini tan oldi. Ko‘pchilik mutaxassislar aynan Amerika siyosati Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga, ISHID singari terrorchi tashkilotlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi, deb hisoblashmoqda. 2016-yil dekabrda AQSH prezidenti etib saylangan D. Tramp Yaqin Sharqdagi o‘z siyosatini qayta ko‘rib chi- qishga va’da berdi.
Isroilning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi. 1947-yili BMT Xavfsizlik Kengashi Falastin bo‘yicha rezolutsiya qabul qildi. Unga binoan 1948- yil 1-avgustdan Falastinda ikkita — yahudiylarning Isroil va arablarning Falastin davlatlarini tashkil qilish tavsiya etildi.
Isroil yahudiylarning milliy davlati hisoblanadi. U dastlab yahudiylarning milliy o‘chog‘i, boshpanasi sifatida tashkil topdi va shunday bo‘lib qolmoqda. Vatanga qaytish to‘g‘risidagi qonunga binoan har qanday yahudiy o‘z oilasi, ya’ni turmush o‘rtog‘i, farzandlari, nabiralari bilan doimiy yashash uchun Isroilga kelish huquqiga ega. Shundan so‘ng qabul qilingan fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra Isroilga kelgan barcha yahudiylar o‘z-o‘zidan fuqarolikka ega bo‘lishi tartibi o‘rnatildi. Bu qonunlar repatriatsiya hisobiga Isroil aholisining tez o‘sishiga olib keldi.
O‘z mustaqil taraqqiyotining bir necha o‘n yili ichida Isroil har- biy-sanoat kompleksi nihoyatda rivojlangan mamlakatga aylandi. Har- biy-sanoat kompleksining rivojlanishi metallga ishlov berish, mashina- sozlik, elektrotexnika elektronika va olmosga ishlov berish singari boshqa turdosh sohalarning ham jadal taraqqiy etishiga sabab bo‘ldi.
1990-yillardan Isroil iqtisodi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar qa- toriga kirdi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu mamlakatda haqi- qiy iqtisodiy yuksalish boshlandi. Isroil xo‘jaligi o‘z tuzilishiga ko‘ra AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarinikiga yaqinlashdi va postindustrial modelga moslashdi.
Bunday muvaffaqiyatlarga erishishga ichki va tashqi holatlarning qulayligi yordam berdi. 1990-yillari sobiq SSSRdan 600 ming kishi- ning Isroilga ko‘chib kelishi qurilish, sanoatning ayrim sohalarida jadal rivojlanishni ta’minladi. Yuqori ma’lumot darajasi va iqtisodiy faollikka ega bo‘lgan yangi immigrantlar Isroilning qiyofasini o‘zgartirib yubordi.
Falastinni ozod qilish tashkiloti (bu tashkilot arabcha FATX nomi bilan mashhur) tuzilib, unga uzoq yillar Yosir Arofat boshchilik qildi.
Ammo faqat 1990-yillarga kelib, Falastin muammosini hal qilish imkoni pay do bo‘ldi. 1991-yil oktabrda Madridda Yaqin Sharq bo‘yicha xalqaro konferensiya ish boshladi va unda Falastin dele- gatsiyasi ham ishtirok etdi. Keyin Norvegiya hukumati taklifiga ko‘ra Oslo shahrida Isroil bilan FATX o‘rtasida muzokaralar boshlandi. Muzokaralar natijasida 1993-yili Isroil va FATX bir-birini tan olgan- ligi e’lon qilindi.
Falastin davlatini tuzish yo‘lidagi dastlabki muvaffaqiyatlar.
1993-yili Vashingtonda Isroil va FATX delegatsiyalari Falastin avtono- miyasini tuzish to‘g‘risida kelishuvni imzoladi. Avtonomiyani tuzish bosqichma-bosqich 5 yil ichida amalga oshirilishi ko‘zda tutildi.
Isxak Rabin
Birinchi bosqichni amalga oshirish G‘azo sektori va Iordan daryosining G‘arbiy sohilini FATXning avtonom boshqaruviga berish to‘g‘risida kelishuv imzolanishi bilan boshlandi. Bu kelishuv Falastin tashkilotlarida norozilikni kuchaytirib yubordi va FATXda bo‘linish yuz berdi. Y. Arofat ekstremistlar tomonidan «xoin» sifatida o‘limga hukm qilindi. Radikal islom yo‘nalishidagi tash- kilotlar — «Xamas», «Jihod» va «Hizbulloh» (bu tashkilotlar O‘zbekistonda taqiqlangan) faollashib ketdi. Ular turli yo‘llar bilan kelishuvni buzish- ga harakat qildi. Shunga qaramasdan, kelishuv jarayoni davom etdi. FATX bilan Isroil o‘rtasida muvaqqat kelishuv imzolandi. Bu Falastin avtonomiyasini tuzishning keyingi bosqichi bo‘lib, Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi ko‘plab shahar va qishloqlar FATX ix- tiyoriga o‘tkazildi. Falastin avtonomiyasida saylovlar bo‘lib o‘tdi va FATX ixtiyoridagi hududlarni nazorat qilish uchun politsiya kuchlari tuzildi.
Bu kelishuv Isroil jamiyatida ham ajralishni keltirib chiqardi. 1995-yil noyabrda Isroil bosh vaziri Isxak Rabin mutaassib-yahudiy tomonidan o‘ldirildi. Bu falastinliklarga qilingan yon bosishlardan Isroil jamiyatining bir qismi noroziligini ko‘rsatar edi. Shu yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda «Likud» bloki g‘alaba qozondi va Falastinga nisbatan qat’iy yo‘nalish tarafdori bo‘lgan Binyamin Netanyaxu bosh vazir lavozimini egalladi.
yil yanvarda Y. Arofat boshchiligida Falastin qonunchilik kengashi saylandi. Falastin davlatini qurish jarayoni qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, davom etdi.
2006-yili Falastinning o‘ziga xos ramziga aylangan Y. Arofat vafot etdi. Uning o‘rniga Mahmud Abbos Falastin avtonomiyasining raisi va FATX yetakchisi etib saylandi. 2012-yili Falastin kuzatuvchi-davlat maqomida BMT faoliyatida qatnashish huquqini oldi. Bu jarayon va M.Abbosning BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqi Isroil va- killari tomonidan norozilik bilan qarshi olindi. Shunga qaramasdan, 2017-yilga kelib, Falastinni 140 ga yaqin davlat tan oldi.