Politsiya — bir qator mamlakatlarda davlat boshqaruv organi bo‘lib, asosiy vazifasi mavjud tuzumni himoya qilish va jamoatchilik tartibini saqlashdan iborat. Genotsid — aholining ayrim guruhlarini yoki butun boshli xalqlarni siyosiy, irqiy, milliy, etnik yoki diniy belgilar aso- sida qirg‘in qilish. Aparteid (apartheid — alohida-alohida yashash) — irqiy kamsitishning eng ashaddiy ko‘rinishi. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar Birinchi jahon urushi urushdan keyingi Panafrika kongressi Afrika xalqlari mustamlakachilikka qarshi kurashining xarakteri o‘zgarishiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
Qit’aning mustaqillikka erishish ramzi bo‘lgan 1950-yillar oxi- ridagi dastlabki mustaqil davlatlar va «Afrika yili» haqida gapirib bering.
Mustaqillikka erishgan ko‘plab Afrika davlatlari nima uchun «nokapitalistik taraqqiyot» yo‘lini tanladi?
Afrika davlatlari mustaqillikka erishgandan so‘ng qanday muam- molarga duch keldilar?
Afrika mamlakatlarida etnik muammolarning doimiy paydo bo‘- lishiga mustaqillikdan oldingi qanday omillar sabab bo‘ldi?
Aparteid qanday tuzum? Genotsid nima?
Afrika xalqlari oldida XX asrning 90-yillarida qanday muammo- lar mavjud edi?
27-MAVZU. XX ASRNING IKKINCHI YARMIDA FAN VA
MADANIYATNING RIVOJLANISHI Ilmiy-texnik inqilob va uning natijalari. So‘nggi yuz yil davo- mida fanning rivojlanishi XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilobga olib keldi. Bu inqilobning asosiy belgilari tabiiy va sinte- tik materiallardan tovarlarni ommaviy ishlab chiqarish, mashinalardan keng foydalanish, ishlab chiqarishning konveyerli liniyalarini, zavod- avtomatlarni va sanoat robotlarini yaratish bo‘ldi. Ilmiy-texnik inqilob jahon iqtisodiyotini kapitalizmning postindustrial davriga olib chiqdi.
Ikkinchi jahon urushidan key in boshlanib ketgan «sovuq urush» hamda AQSH va SSSR o‘rtasidagi qurollanish poygasi kosmos soha- siga ham ko‘chdi. 1957-yili 4-oktabr kuni Sovet Ittifoqida dunyoda birinchi Yerning sun’iy yo‘ldoshi uchirildi. Akademik S.P. Korolyov boshchiligidagi guruh tomonidan Oyga kosmik kema uchirish bora- sida tadqiqotlar olib borildi. Ular natijasida 1961-yil 12-aprel kuni dunyoda birinchi marta Yuriy Gagarin «Vostok» kosmik kemasida koinotga parvoz qildi. Kosmonavtika davri boshlanib, u koinot haqi- dagi bilimlarimizni kengaytirdi.
Aniq fanlardagi kashfiyotlar. Bu yillari aniq fanlar erishgan eng katta yutuqlardan biri lazerning kashf etilishi bo‘ldi. Bu kash- fiyot XX asr fizika fanidagi eng yorqin kashfiyotlardan biri sifatida tan olingan. 1960-yili sovet fiziklari N.G. Basov, A.M. Proxorov va amerikalik olim Ch. Tauns lazer (bu so‘z inglizcha Light Amplification bu Stimulated Emission of Radiation — majburiy nurlanish natijasida yorug‘likning kuchaytirilishi iborasining bosh harflaridan olingan) — nurning mutlaqo yangi turini yaratdilar. Bu uchala olimlarga fizika sohasida Nobel mukofoti berildi.
Insoniyat tarixida birinchi bo lib koinotga parvoz qilgan inson - Yuriy Gagarin.
Yangi texnika va texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq yana bir yangilik kompyuterning ixtiro qilinishi bo‘ldi. Kompyuter (inglizcha computer — «hisoblagich») dastlab axborotni qayta ishlash va hisoblash uchun yaratilib, elektron hisoblash mashinasi — EHM deb yuritilar va juda katta hajmga ega edi. 1959-yili amerikalik injenerlar D. Kilbi va R. Noys tomonidan yarimo‘tkazgichli integral mikrosxemalarning yaratilishi kompyuter va boshqa asboblar hajmining keskin qisqarishiga, faoliyat sohasini keskin kengayti- rishga olib keldi. Integral mikrosxemalarning yaratilishini olimlar XX asrning so‘nggi 50 yili ichida qilingan eng mashhur ixtiro deb atadilar.
Hozir deyarli barchamiz foydalanadigan uyali telefonlar ham XX asr ixtirosi. Shvetsiyaning Televerket kompaniyasi 1940-yillar oxiri- dayoq uyali telefonlarni yaratish ustida ish boshlagan edi. Shved- lar tomonidan taklif qilingan birinchi ommaviy uyali telefon alo- qasi MTS — Mobil telefon sistem (mobil telefon tizimi) deb ataldi. 1970 — 1980-yillari Ericsson, Philips va boshqa ko‘plab mashhur kompaniyalar tomonidan uyali telefon apparatlarining yangi turlari yaratildi. Shu yillari zamonaviy ko‘rinishga yaqin apparatlar pay- do bo‘ldi. Massachuset texnologiya instituti xodimlari uzoq maso- fadan turib kompyuter orqali aloqa o‘rnatish mumkinligini asosla- di va internetning yaratilishini yaqinlashtirdi. 1969-yili Internetning o‘tmishdoshi ARPANET yaratildi. 1972-yili E-mail (elektron pochta) paydo bo‘ldi.
San’at. XX asrning ikkinchi yarmida san’atda abstraksionizm (abstraksiya-mavhum) yo‘nalishi keng ommalashdi. Abstraksionizm
fotografiya san’atining rivojlanishiga o‘ziga xos javob tarzida paydo bo‘ldi. Abstraksionizm vakillari endi tasvirda harakatni, hissiyotni ifodalashga intildilar, zotan, ularning fikricha, ay nan shu jihatlarni fotografiyada aks ettirishning iloji yo‘q edi.
Abstraksionizmga qarama-qarshi ravishda pop-art (ommaviy san’at) paydo bo‘ldi va tezda Yevropaga tarqaldi. Pop-art ixlosmandlarining fikricha, dunyodagi har qanday buyum o‘zining dastlabki iste’molchilik ahamiyatini yo‘qotib, badiiy, estetik sifat kasb etishi mumkin.
San’atning bu yo‘nalishlarida olam qiyofasidagi mantiq va aniqlik- ning yo‘qligi san’atdagi modernizm bosqichi o‘z imkoniyatlarini tugatganidan dalolat edi. Endi G‘arb va Sharq san’ati, o‘tmish va zamonaviy uslublar, folklor va ommaviy madaniyat elementlarini o‘zida jamlagan postmodernizm uslubi paydo bo‘ldi.
Adabiyot. Urushdan keyin bir qator yozuvchilarning roman- lari urushni badiiy usullar bilan anglashga bag‘ishlandi. Bu davrda ko‘pchilik asarlar antifashistik, patsifistik ruhda yozilgan bo‘lsa, 1960-yillardan keyin realizm jamiyatdagi yangi dolzarb muammolar- ni aks ettirish quroliga aylanadi. Ularda inson va tabiat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, tabiatdagi halokatlar inson va jamiyatning ham tubanlashuviga olib kelishi haqida o‘ta ta’sirli badiiy obrazlar orqali yorqin ifoda qilinadi.
Bayon qilishning realistik shakli XX asrning yangi adabiy yo‘nalishi — ommaviy adabiyotda o‘ziga yo‘l topdi. Bu adabiyot ommaviy o‘quvchiga mo‘ljallanib, aniq andazalar asosida yozilgan, badiiy jihat- dan unchalik yuksak bo‘lmagan, mafkuraviy jihatdan mavjud tartib- larni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan asarlar. Bu—bozorning barcha qonunlarga rioya qiladigan, xaridorlarning turli qatlamiga mo‘ljallangan adabiy tovar. Bu o‘zining ochiq tijoriy xarakteri, ko‘ngilochar funksi- yasi va voqealar rivojining oldindan ma’lumligi bilan XX asr birinchiyarmidagi adabiyotdan salbiy jihatlari bilan farq qiladi. Bu asarlarning badiiy qiymati to‘g‘risida jiddiy fikr yuritib bo‘lmaydi, ularni o‘qish aqlni va qalbdan berilishni talab qilmaydi, ular hozirgi tezkor zamonda vaqt o‘tkazishning bir turi bo‘lib qolgan, xolos.
ITI va uning natijalari. XX asrning ikkinchi yarmidagi ilmiy- texnik inqilob so‘nggi yuz yil davomida ilm-fan rivojlanishining qo- nuniy natijasi bo‘ldi. Bu inqilobning asosiy belgilari tabiiy va sinte- tik materiallardan mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqarish, mashina- lardan keng foydalanish, ishlab chiqarishning konveyerli liniyalarini, zavod-avtomatlarni va sanoat robotlarini yaratish bo‘ldi. ITI jahonning ilg‘or mamlakatlarini sivilizatsiyaning industrial bosqichidan postindustrial davriga olib chiqdi.
Axborot va yangi texnologiyalarning jadal rivojlanishi, XX asrning so‘nggi 30 yilida yuz bergan yangi texnologik inqilob, umumiy kompyuterlashtirish va jamiyatning axborotlashuvi, ishlab chiqarishning intellektuallashuvi kabi jarayonlar rivojlangan mamlakatlarda jamiyatning mutlaqo yangi holatini keltirib chiqardi. Buni olimlar «axborot jamiyati» deb atamoqdalar. Olimlarning fikricha, «axborot jamiya- ti» industrial jamiyatdan keyin keladigan, jamiyatning ancha yuqori bosqichidir. Hozir industrial rivojlangan mamlakatlarda intellektual mehnat bilan band bo‘lgan aholi soni butun ishchi kuchining yar-miga yaqinlashmoqda. AQSH va Yaponiyada bu ko‘rsatkich yanada yuqori. Agar Afrikada aholining 2/3 qismi qishloq xo‘jaligi sohasida band bo‘lsa, AQSHda bu ko‘rsatkich 3% dan oshmaydi. AQSHda axborot texnologiyalari sohasida 80% aholi mehnat qilmoqda.
Tabiiy fanlar va tibbiyot. XX asrning ikkinchi yarmida biolo- giya, biokimyo va tibbiyotning rivojlanishi inson hayotining keskin o‘zgarishiga, industrial jamiyatning yangi sifat bosqichiga o‘tishiga olib keldi. XX asrda qorachechak, ispan grippi, o‘lat, vabo, terlama, sil, bezgak kabi kasalliklar Yer yuzida 1 mlrd ga yaqin kishining o‘limiga olib keldi. Asr oxiriga kelib yangi yuqumli kasallik — OITS paydo bo‘ldi. Shunga qaramasdan, aynan XX asrda tarixda birinchi bor yuqumli kasalliklar odamlar o‘limining asosiy sababi bo‘lmay qoldi. XX asrning ikkinchi yarmi, ayniqsa, asr oxirlariga kelib, yurak-qon tomir tizimi va saraton kasalliklari kishilar o‘limining bosh sababchilariga aylandi. Biologiya, qishloq xo‘jaligi va tibbiyot fanidagi inqilobiy yutuqlar natijasida Yer yuzi aholisi asr boshidagi bir yarim milliard kishidan asr oxiriga kelib olti milliard kishigacha ko‘paydi. Juda ko‘plab kasalliklarga qarshi vaksinalar yaratildi. Tibbiyot texnikasi sohasidagi yutuqlar kishilarning hayot farovonligini yaxshiladi va umrini uzaytirdi.
Qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar. Ommaviy axborot vositalari- ning takomillashuvi uni kishilarning ongiga, yurish-turish va kayfiyati- ga ta’sir o‘tkazuvchi qudratli vositaga aylantirdi. XX asrning ikkin- chi yarmida sun’iy yo‘ldosh orqali teleko‘rsatuvlarni namoyish qilish, global kompyuter tarmog‘ini yaratish orqali insoniyatning ma’naviy hayotini baynalmilallashtirish uchun sharoit tug‘ildi. Shu munosa- bat bilan odamlarda savol tug‘ila boshladi: aynan qaysi qadriyatlar,
g‘oyalar, timsollar, tasavvurlar endi universal xarakter kasb etadi, barcha uchun umumiy bo‘ladi? Aytish mumkinki, hozir g‘oyalar, madaniy qadriyatlarning o‘ziga xos jahon bozori pay do bo‘ldi. Unda kuchli davlatlar o‘zining siyosiy va madaniy ta’sirini ta’minlash uchun kurashmoqda.
Hamma joyda radioeshittirish va televideniyening keng tarqalishi, ko‘pchilik mamlakatlarda aholi savod darajasining o‘sishi tez foyda keltiradigan, ommaviy iste’molchiga mo‘ljallangan badiiy mahsulotlarga ehtiyojni keltirib chiqardi.
Ommaviy madaniyat nafaqat ko‘ngil ochadigan, balki ma’lum maf- kuraviy maqsadni ham ko‘zlagan ommaviy vaqtichog‘likning audio va video mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi butun boshli sanoatning paydo bo‘lishiga olib keldi. Jahonning yetakchi korporatsiyalari bunda o‘z mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita reklama qilishning kuch- li imkoniyatlarini ko‘rdilar. Kino, estrada va sport «yulduzlari»ning mashhurligi ularning hayot tarzini, kiyinish uslubini, hayotiy va siyosiy qarashlarini ko‘pchilik, ayniqsa, yoshlar taqlid qilishi uchun na- munaga aylantirdi.
So‘nggi paytda ko‘plab xalqlarning taqlid obyektiga aylangan G‘arb sivilizatsiyasi texnik va texnologik innovatsiyalar, demokratiya va in- son huquqlari kabi tushunchalar bilan birga madaniy tolerantlikning yangidan yangi jihatlarini namoyon qilmoqda. Bir qator G‘arb mam-lakatlarida bir jinsli kishilar o‘rtasida oila qurishning qonunlashtirili- shi, urf-odatlar va dinning qarshiligiga qaramasdan, bu odatni boshqa joylarda ham ommalashtirishga urinishi ko‘pchilik tomonidan bugungi G‘arb jamiyatining ma’naviy inqirozi sifatida qaralmoqda. Shu sa- babli G‘arbning o‘zida ham ommaviy madaniyat ko‘pchilik faylasuf- lar, jamiyatshunos va madaniyatshunoslar tomonidan juda tashvishli hodisa sifatida qaralmoqda. U olamni o‘ta jo‘n qabul qilishga chor- lagani uchun intellektual buzilish manbayi sifatida ta’riflanmoqda. Olimlarning fikricha, ommaviy madaniyat shaxsning chuqur ehtiyoj- larini ro‘yobga chiqarish va amalga oshirishga qarshilik qiladi. Xulq- atvorning taqlidchilik modeli kishilarda sustkashlik, moslashuvchanlik, ya’ni dunyoni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilishga tayyorlik psixologiyasini shakllantiradi.
Adabiyot. XX asr oxiri — XXI asr boshlariga kelib adabiy jara- yonlar tez o‘zgardi, har o‘n yilda adabiyotda yangi yo‘nalish paydo bo‘lyapti, yangi maktablar shakllanyapti. Bu davr adabiyotida intellektual izlanish jarayonini davom ettirmoqda, u zamonaviy jamiyatning ehtiyojlarini va rivojlanish usullarini anglashga intilmoqda.
Yangi asr boshida ko‘plab tillarda nashr qilingan va katta shov- shuvga sabab bo‘lgan shunday asarlardan biri afg‘onistonlik Xolid Husayniyning «Shamol ortidan yugurayotgan odam» deb nomlangan romani bo‘ldi. Roman voqealari Kobulda «tolibon» harakati avjiga chiqqan davrda yuz beradi. Bu — Amir va Hasan o‘rtasidagi do‘stlik tarixi. Unda odamlar o‘rtasidagi do‘stlik va majburiyatning ma’naviy asoslari haqida fikr yuritiladi. Asar 2001-yil sentabr voqealaridan keyin nashr etilgani uchun ham katta qiziqish uyg‘otdi.
XXI asrda o‘zbek kitobxoniga yetib kelgan yana bir mashhur asar braziliyalik yozuvchi Paulo Koelyoning «Alkimyogar» romanidir. Asar yoshlik, orzu va unga intilish haqida. «O‘z Taqdiriga erishish — mana insonning haqiqiy burchi», deb yozadi P. Koelyo.
XX asr oxiri — XXI asr boshlarida jahon jamoatchiligining e’tiborini qozongan eng mashhur asarlardan biri ingliz yozuvchisi Joan Rouling qalamiga mansub «Garri Potter» haqidagi romanlar bo‘ldi. Olimlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega deb hisoblaydigan bu romanlar o‘limni ham yengib o‘tgan xudovash o‘spirin Garri Potterning sargu- zashtlariga bag‘ishlangan. Asar bugungi dunyo har qachongidan ham ezgulikka, odamlarga yaxshilik eltuvchi ulug‘ zotga muhtoj ekanligi, ezgulik yo‘li hozir har qachongidan og‘ir va ziddiyatli bo‘lsa-da, Garri Potterdek sof qalbli insonlar ularni yengib o‘tishi mumkinligihaqida hikoya qiladi. An’analarni saqlab qolishga intilgan yozuvchi bu asarlarda betakror obrazlar yordamida o‘zining o‘ta ishonchli badiiy olamini yaratishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu turdagi asarlarning ko‘pligiga qaramasdan, bugungi adabiyot- ning ko‘p qismini asosan tijoriy va reklama xarakteridagi asarlar tashkil etmoqda.
Zamonaviy jamiyat o‘z rivojlanishining muhim intellektual qismi bo‘lgan adabiyotning ahamiyati va muammolarini, jamiyat adabiyotsiz mavjud bo‘lishi va rivojlanishi mumkin emasligini to‘liq anglab yetishi lozim. Televideniye, radio va Internet tarmoqlari orqali beri- ladigan kunning muhim yangiliklari qatorida nashr etilgan kitoblarni taqdim etish, ularni reklama qilish odatiy holga aylanmog‘i lozim. Bu aslida zamonaviy jamiyat madaniyatining muhim qismi, uni ino- batga olmaslik mumkin emas.
San’at. Zamonaviy san’at XX asrning ikkinchi yarmida shakllan- gan an’analar asosida tashkil topdi. Bu davr san’ati modernizmga muqobil, ba’zan unga keskin qarama-qarshi yo‘nalishlarni izlash, yangi san’at tilini yaratishga urinish bilan xarakterlanadi. U yangi obraz- larni, ifodalashning yangi, nomoddiy vosita va materiallarini izlash jarayonida aks etdi.
Axborot davrining yangi texnologiyalari, axborotning haddan ziyod- ligi, inson bilan mashina o‘rtasida ziddiyatga olib keldi. Bu zid- diyatni hal qilish yo‘li sifatida telekommunikatsiyaga estetik asos- larni olib kirish, uni axborot yetkazish funksiyasidan ozod qilish, xususan, ko‘rsatuvlar mazmunini sharqona mistitsizm, irratsional negiz bilan to‘ldirish taklif qilinadi. Intellektni «ishga solmasdan», bevosita insonning ichki olamiga murojaat qilish — bu tamoyil kompyuter grafikasi, videokliplar yaratish kabi san’atning yangi turlarida, qisman zamonaviy kino san’atida qo‘llanilmoqda.Telekommunikatsiyalarning global tarmog‘i, ommaviy madaniyat pay do bo‘lishining eng muhim natijasi badiiy san’atning ijtimoiy-siyo- siy roli oshganligida namoyon bo‘ldi. Endi san’at faqat hayotning in’ikosi bo‘lmasdan, ijtimoiy reallikni shakllantiruvchi omilga ham aylandi. Shundan kelib chiqib, bir qator rassomlar «postdemokratik jamiyat»da san’at hokimiyat qo‘lidagi qurolga aylanadi, deya xavotir bildirishmoqda.