Terrorizm — tinch aholini qiynash, qo‘rqitish, jismonan yo‘q qilishga asoslangan siyosat. Fundamentalizm — eskirib qolgan tushunchalarnitanqidiy qayta ko‘rib chiqishga keskin qarshi chiquvchi, an’anaviy qadriyatlarni tiklash uchun kurashuvchi o‘takonservativ diniy oqim. Islomradikalizmi — diniy-siyosiy mafkura va amaliy faoliyat bo‘lib, u musulmon aholi yashaydigan davlatlarning ichki va ular ishtirokidagi xalqaro muammolarni, shuningdek, davlatlararomunosabatlarni shariat asosida hal etish uchun sharoit yaratishga yo‘naltirilgan. Mujohid — jihodda ishtirok etuvchi musulmon.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar Turkiyada 1945 — 1980-yillarda amalga oshirilgan islohotlar qan- day natijalarga olib keldi?
Turkiyani jadal rivojlanish yo‘liga tushirgan T. O‘zol islohotlari haqida gapirib bering. Bu islohotlar qanday natijalarga olib keldi?
Erondagi «Oq inqilob» qanday maqsadlarni ko‘zlagan edi va u qanday natijalarga olib keldi?
1979-yili Eronda shoh rejimining ag‘darilishi va Eron Islom Respublikasining e’lon qilinishiga qanday omillar sabab bo‘ldi?
Eron-Iroq urushi qanday natijalar bilan tugadi?
Afg‘onistonda 1979-yili amalga oshirilgan «inqilob» afg‘on jami- yatida qanday o‘zgarishlarga olib keldi?
Afg‘onistondan sovet qo‘shinlari olib chiqilgandan so‘ng mamlakatda qanday jarayonlar yuz berdi? Mamlakatning tinch rivojlanish yo‘liga o‘tishi qanday kechmoqda?