Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə38/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46
jahon-tarixi

Vyetnam, Kambodja, Laos. 1991-yili bo‘lib o‘tgan Vyetnam Kommunistik partiyasining VII syezdi islohotlar kursini e’lon qil-di. Syezd erkin tadbirkorlikka ruxsat berdi, dehqonlar uzoq muddat yerga egalik qilish huquqini oldi.
Bozor islohotlari natijasida barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlandi,
asrning so‘nggi yillarida bu ko‘rsatkich yiliga 9% ni tashkil qildi. Chet el kapitali muvaffaqiyatli o‘zlashtirildi, investitsiyalarning o‘sishi kuzatildi. XX asr oxiri — XXI asr boshlarida Vyetnamda chet el firmalari ishtirokida bir qator loyihalar amalga oshirildi. Iqtisodiy yutuqlar aholining yashash darajasini oshirish imkonini berdi. Bu esa ko‘pmillatli davlatda barqarorlik garovi bo‘lib qoldi.
Hozir Vyetnam oziq-ovqat eksporti bo‘yicha Osiyo mamlakatlari ichida birinchi, sholi eksporti bo‘yicha dunyoda mamlakatlar o‘rtasida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Kambodjada hokimiyatni Oliy milliy kengashga berish to‘g‘risida
yil oktabrda yakunlangan Parij konferensiyasida qaror qilindi. BMTning Kambodjadagi Muvaqqat ma’muriyati tuzildi va u umumiy saylovlarga tayyorgarlikni amalga oshirdi.
1999-yili Kambodja ASEANning teng huquqli a’zosi bo‘ldi.
asr boshlarida Kambodja og‘ir iqtisodiy holatda bo‘lib, xalqaro yordam hisobiga kun kechirardi. Mamlakatda «tirik tovar» savdo- si keng avj olgan bo‘lib, ota-onalar bolalarini arzimagan pulga so- tardi. XXI asr boshlarida ayrim ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi. Sog‘liqni saqlash va ta’limga ajratilgan xarajatlar ko‘paytirildi, mam- lakatda qashshoqlik darajasini pasaytirish tadbirlari amalga oshirildi.
Laosda 1991-yili konstitutsiya qabul qilindi. Parlament — Milliy assamb- leyaning qonunchilik faoliyati kuchaydi, Laos ASEANga a’zo bo‘ldi.
XXI asr boshiga kelib iqtisodning faqat 10 % i davlatga tegishli edi. 1999-yili mamlakat birinchi marta o‘zini sholi bilan ta’minladi. Asta- sekin Laosga chet el kapitali qaytmoqda, inflatsiya pasaydi, milliy valuta — kipaning qiymati oshmoqda. Konstitutsiyaga binoan mamlakatda bir partiyali tizim hukmron bo‘lishiga qaramasdan, demokratiya ele- mentlari asta-sekin paydo bo‘lmoqda. 2016-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida bir o‘ringa o‘rtacha 1,5 nafar nomzod to‘g‘ri keldi.
Sharqiy Osiyo mamlakatlari. 1980 — 1990-yillar Sharqiy Osiyo mamlakatlarining barchasida iqtiso- diy o‘sishning yuqori sur’atlari kuzatildi. Bu ularga 1990-yillarning boshidayoq zamonaviy dunyoda jiddiy ta’sirga ega bo‘lgan «yangi industrial mamlakatlar» deb ataluvchi guruh qatoridan joy olish imkonini berdi.
Malayziya shiddatli iqtisodiy rivojlanish tufayli korrupsiya va mamlakat shimolida islom fundamentalistla- rining faollashuvi bilan bog‘liq ichki siyosiy inqirozni yengib o‘tdi. 1995-yil aprelda bo‘lgan saylovlarda doktor Mahatxir Muhammad boshchiligidagi Malayya birlashgan milliy partiyasi (MBMP) ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va bu bilan islom fundamentalistlari hokimiyatga kelishining oldini oldi.
1990-yillardan Malayziyaning iqtisodiy o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lib, u industrial rivojlangan mamlakatlar qatoriga intilmoqda. XXI asr boshlariga kelib mamlakat nafaqat xomashyoning muhim turlarini, bal- ki juda katta miqyosda sanoat mahsulotlarini ham eksport qilmoqda.


kelib, Malayziya

Joko Vidodo
Malayziyada mamlakatni rivojlantirishning 2020-yilgacha bo‘lgan dasturi ishlab chiqilgan. Unga binoan, 2020-yilga industrial rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi ko‘zda tutilgan.
Indoneziyaga 1990-yillardagi «Osiyo inqirozi» juda qattiq ta’sir ko‘rsatdi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasayib ketdi. Bu aholining ommaviy noroziligini keltirib chiqardi. Prezident Suxarto iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Bu paytga kelib mamlakatni islom fundamentalizmi to‘lqini qamrab oldi. Mu- sulmonlar orasida g‘alayonlar, xristianlarni qirg‘in qilish, mamlakatning turli hududlarida ayirmachilik chiqishlari boshlanib ketdi. Mamlakat prezidenti etib Megavati Sukarnoputri saylanishi aholi tomonidan iliq qarshi olindi, rupiyaning kursi tezda oshib ketdi, fond bozori ham faollashdi. 2014-yili bo‘lib o‘tgan navbatdagi saylovlarda Joko Vidodo Indoneziya prezidenti etib saylandi.


Filippinlik Karen Ibasko - «Miss - 2017» dunyo go‘zallari tanlovi g‘olibi
Filippinda 1992-yilgi saylovlarda general Fidel Ramos mamlakat prezidenti etib say­landi. U janubdagi musulmon ayirmachilarini tor-mor qilishga urindi, ammo bunga erisha olmadi.
Filippinda musulmonlarning bir necha ra- dikal tashkilotlari mavjud. Ularning ixtiyorida o‘n minglab yaxshi qurollangan, Afg‘oniston va Shimoliy Kavkazda tajriba orttirgan, Iroq va Suriyada ISHID saflariga borib qo‘shilgan jangarilar bor.
Ichki holatning og‘irligiga qaramasdan
1990-yillari iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga erishildi. Filippin elektron va kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi eng yirik mamlakatlardan biriga aylandi.
2016-yil may oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Rodrigo Roa Duterte g‘olib chiqib, Filippin prezidenti bo‘ldi. U mamlakatda 2006-yili bekor qilingan o‘lim jazosini qayta tiklash tarafdori. 2016-yil iyul oyida mamlakatda narkotik savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanuvchilarga qar­shi kampaniya boshlanib, narkotik savdosida gumon qilingan 2 ming- dan oshiq kishi o‘ldirildi. Narkotik savdosida gumon qilinganlarning sudsiz o‘ldirilishi jahon jamoatchiligini tashvishga solmoqda.
Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasidagi «yangi industrial davlatlar». XX asrning ikkinchi yarmi — XXI asr boshlarida jadal moder- nizatsiyalashni amalga oshirgan Janubiy Koreya, Tayvan, Sin- gapur, Gonkong taraqqiyotning yuksak sur’atlarini ta’minlab, «Osiyo yo‘lbarslari», «yangi industrial davlatlar» deb atala boshlandi. Ularda aholining yashash darajasi keskin yaxshilandi.
Bu mamlakatlarda sanoatning kemasozlik, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash sohalari va yengil sanoat buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan. Ilmtalab yuqori texnologiyalarni joriy qilish, kompyuterlashtirish va robotlashtirish bo‘yicha yuqoridagi davlatlar dunyoda eng ilg‘orlardan hisoblanadi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin