Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə41/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
jahon-tarixi

Afg‘oniston. Afg‘oniston shohi Muhammad Zohirshoh ilmli ki- shi bo‘lib, afg‘on jamiyatini yaxshi bilar va modernizatsiyalashning muhimligini chuqur his etardi.
Bu davrda Afg‘onistonga SSSR, Fransiya, Xitoy yordam ko‘rsata boshladi, nemislar, yaponlar, hindlar hamkorlikdagi korxonalar qurdi. Ammo Ijtimoiy hayotda o‘zgarishlar sekin kechdi, keskin islohot- lar amalga oshirilmadi. Shunga qaramasdan, bu o‘zgarishlar shohni ag‘darish tarafdorlarini faollashtirib yubordi. Natijada 1973-yili shoh taxtdan ag‘darildi. Muhammad Dovud prezident deb e’lon qilindi.
M. Dovud bir qator islohotlarni amalga oshirdi. Ammo bular afg‘on xalqining juda kam qismiga ta’sir qildi, xolos. Eng muhim tadbirlardan biri savodsizlikni tugatish bo‘yicha davlat boshqarmasinituzish bo‘ldi. Davlat ta’limni to‘liq o‘z nazoratiga oldi, barcha mak- tablar va o‘quv yurtlari Maorif vazirligi ixtiyoriga o‘tkazildi.
1977-yili yangi Konstitutsiya qabul qilinib, unga ko‘ra M. Dovud umrbod prezident deb e’lon qilindi. Ammo M. Dovud armiya ustidan o‘z hukmronligini o‘rnata olmadi.
1978-yil 27-aprelda Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni polkovnik Abdul Qodir boshchiligidagi harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirib, M. Dovudni hokimiyatdan chetlatdi. Inqilobiy kengash tuzilib, u o‘zini Afg‘onistondagi oliy hokimiyat deb e’lon qildi. Kengashga Nur Muhammad Tarakiy boshchilik qildi.
Hokimiyatga kelgan guruh ichida ham birlik yo‘q edi. Natijada N.M. Tarakiy o‘ldirildi. Hokimiyatni Hafizullo Amin o‘z qo‘liga oldi. U SSSRga murojaat qilib, Afg‘onistonga sovet qo‘shinlarini kiritishni so‘radi.
Shunday sharoitda 1979-yil dekabrda Afg‘onistonga sovet qo‘- shinlari kiritildi. H. Amin o‘ldirildi. Mamlakatda ahvol og‘irlashib, deyarli ocharchilik boshlandi. Millionlab kishilar mamlakatni tark etib, qo‘shni mamlakatlarda qochoqqa aylandi. Hokimiyatda turgan Afg‘oniston xalq demokratik partiyasi (AXDP) ga raqib bo‘lgan jangari mujohidlar mamlakatning katta qismini nazorat qilardi.
1986-yili hokimiyatga Muhammad Najibullo keldi. U xavfsizlik xizmatining boshlig‘i bo‘lib, qat’iyatli va jasur kishi edi. Uning siyo- sati ancha muvaffaqiyatli bo‘ldi. 1989-yili SSSR o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketdi, AQSH va Pokiston esa isyonchilarga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi. M. Najibullo hokimiyatni saqlab qoldi, ammo bu uzoq cho‘zilmadi. 1991-yil oxiriga kelib SSSR tugatilgandan so‘ng M. Najibullo hukumati og‘ir ahvolda qoldi.
SSSR tarqalib ketgandan so‘ng Afg‘onistonda holat ancha og‘irlashdi. 1992-yil aprel oyida Kobul shahriga mujohidlar otryadlari kirib keldi.
Afg‘onistonda hokimiyatni Jihod kengashi deb atalgan guruh o‘z qo‘liga oldi. Mamlakat nomi Afg‘oniston Islom Respublikasi deb o‘zgar- tirildi, barcha qonunlar bekor qilinib, shariat qoidalari joriy qilindi. Ammo mujohidlar o‘rtasida boshlangan kelishmovchilik yangi urush harakatlariga olib keldi, minglab kishilar halok bo‘ldi, elchixona va xalqaro missiyalar Afg‘onistonni tark etdi. 1994-yili mojaroga yangi siyosiy kuch — islom fundamentalislarining tolibonlar harakati qo‘shildi. Ularning yetakchisi mulla Umar Afg‘onistonda fuqarolar urushini tu- gatib, islomiy tartib o‘rnatishini e’lon qildi. Ular 1996-yil sentabrda Ko- bulni egallab, mamlakatni «Afg‘oniston Islom amirligi» deb e’lon qildi.
Tolibonlar Afg‘onistonda qat’iy islomiy tartiblarni o‘rnata boshladi. Ayni paytda bu yerda turli xil terrorchilar qo‘nim topdi. Tolibonlar rejimi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan xalqaro terrorchi Usoma bin Lodin ham Afg‘onistonga keldi. U terrorchilar tayyorlash uchun harbiy bazalar va lagerlar tizimini yaratdi. Tolibonlar rejimi Usoma bin Lodin- ni xalqaro sudga topshirishdan bosh tortgandan so‘ng BMT Xavfsizlik Kengashi (XK) Afg‘onistonga qarshi iqtisodiy sanksiyalar e’lon qildi.
Xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishdan umidini uzgan mul­la Umar islomgacha bo‘lgan barcha e’tiqod obyektlari, tarixiy yodgorliklarni yo‘q qilishga buyruq berdi. V asrga oid ikkita noyob yodgorlik — qoyaga o‘yib ishlangan Buddaning ulkan haykallari yo‘qqilindi. Musulmon bo‘lmagan aholining o‘z kiyimiga sariq belgi taqib yurishi haqida qabul qilingan dekret jahon jamoatchiligining g‘azabini keltirdi. BMT XK tolibonlar hukumatiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish to‘g‘risida yangi rezolutsiya qabul qildi.
2001-yil 11-sentabrda Nyu-Yorkda uyushtirilgan terrorchilik aktlari uchun javobgarlikni AQSH ma’muriyati «Al-Qoida» tashkiloti bilan Usoma bin Lodinga yukladi va terrorchilarning bazalarini bom- bardimon qildi. Tolibonlar qo‘shinlariga qarshi kuchlarning muvaffaqi- yatli hujumlaridan so‘ng tolibonlar hukumati ag‘darilib, mamlakatga xalqaro harbiy kuchlar joylashtirildi. Umumafg‘on Loyya Jirgasida Homid Karzay Afg‘oniston prezidenti etib saylandi. Afg‘onistonga 5 mlrd dollar xalqaro yordam ajratildi. Biroq, mamlakat ichkarisida terrorchilik harakatlari davom etdi.
yili Afg‘onistonning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Mam­lakat «Afg‘oniston Islom Respublikasi» nomini oldi. Yangi konstitutsiya mamlakatda prezidentlik boshqaruvini o‘rnatdi, ikki palatali parlament, mustaqil sud tizimi tuzilishini ko‘zda tutdi, shuningdek, fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklarini e’lon qildi. Konstitutsiya kichik millatlarning huquqlarini kafolatladi, barchaning, jumladan, erkak va ayollarning qonun oldida tengligini va e’tiqod erkinligini o‘rnatdi.


Homid Karzay
Konstitutsiya saylovlar va siyosiy partiyalar tuzish uchun yo‘l ochib berdi. 2004-yil bo‘lib o‘tgan prezi­dentlik saylovlarida Homid Karzay Afg‘oniston prezi- denti etib saylandi.



1970-yillardagi va hozirgi afg‘on yoshlari
2005-yil sentabrda o‘tkazilgan parlament saylovlarida islom dini tarafdorlari bo‘lgan partiyalar katta ta’sirga ega bo‘ldi va umuman parlament muxolifat xarakteri- da edi. Shu davrda mamlakatning asosiy muammolaridan biri narkotik savdosi bilan bog‘liq edi. BMT axborotiga ko‘ra, 2005-yili dunyodagi narkotik savdosining 87%i Afg‘onistonga to‘g‘ri keladi. 2007-yildan narkotik savdosi susaya bordi, ammo 2017-yili yana keskin o‘sdi. H. Karzay hukumatining mavjud muam- molarni yechishga ojizligi jahon hamjamiya- tini Afg‘onistonga yordamni kuchaytirishga, mamlakatni tiklashda faol ishtirok etishga undadi. Shuningdek, ta’lim tizimini kengaytirish, ijtimoiy masalalarni hal etish va qashshoqlikka qarshi kurash, transport va energetika infratizimini modernizatsiya qi- lish rejalashtirildi.


Muhammad Ashraf G‘ani


2014-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida Muhammad Ashraf G‘ani Afg‘oniston prezidenti, Abdulla Abdulla esa hukumat raisi lavozimlarini egalladi.
Ammo Afg‘onistonda hamon mustahkam tinchlik o‘rnatilgani yo‘q. 2016 - 2017-yillari bir qator terrorchilik harakatlari amalga oshirilib, oqibat- da o‘nlab kishilar halok bo‘ldi, yuzlab kishilar jabrlandi. Afg‘onistonning sobiq prezidenti Homid Karzay bayonot berib, mamlakatdagi beqaror ahvolning sababi sifatida mintaqada AQSH olib borayotgan siyosatni ko‘rsatdi va AQSH hukumatini o‘z xatolarini tan olishga chaqirdi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin