Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar


Osiyoning yangi industrial mamlakatlari



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə37/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
jahon-tarixi

Osiyoning yangi industrial mamlakatlari. XX asrning 60 — 80-yil- larida Osiyoning bir qator mamlakatlari jadal modernizatsiyalashni amalga oshirish orqali taraqqiyotning yuksak sur’atlarini ta’minlashga erishdi. Masalan, Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur, Gonkong kabi davlatlarni «Osiyo yo‘lbarslari», «yangi industrial davlatlar» deb atay boshladilar.



Koreya Respublikasi.
XX asrning ikkinchi yarmida «yangi industrial davlatlar» Osiyo qit’asida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning timsoliga aylandi. Bitta avlodning ko‘z o‘ngida mamlakat qoloqlikdan taraqqi- yotning yuqori darajas iga erishdi.
Bunga Janubiy Koreya yaqqol misol bo‘lishi mumkin.
Juda kambag‘al bo‘lgan Janubiy Koreyada 1970-yillardan og‘ir sanoat, avvalo, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati rivojlantirildi. Elektronika sanoati jadal taraqqiy etdi. Dastlab lampali radiopriyomniklar, oq-qora televizorlardan boshlagan Janubiy Koreya, keyin magnitofonlar, rangli televizorlar, kompyuter- lar, mikrosxemalar, so‘ngra videomagnitofonlar, lazerli proigrivatellar, mikroto‘lqinli pechlar va nihoyat personal IBMlar ishlab chiqarishga o‘tdi.
Tashqi savdoda ham shunga mos o‘zgarishlar yuz berdi. Janubiy Koreya po‘lat, dengiz kemalari, avtomobillar, uy-ro‘zg‘or elektronikasi va boshqa shu kabi mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha dunyo liderlari safidan o‘rin egalladi.
1990-yillarga kelib Janubiy Koreya iqtisodiy rivojlangan industrial davlat sifatida shakllandi va postindustrial taraqqiyot elementlariga ega bo‘lib, jahon iqtisodiyotida muhim o‘rin egalladi. 1946-yilda Yaponiyada mehnat munosabatlarini demokratlashtirish maqsadida kasaba uyushmalari to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
1970-yillardan Janubiy Koreyada og‘ir sanoat, av­valo, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati rivojlantirildi. Janubi-Sharqiy Osiyo (JSHO) mamlakatlariga rivojlanish darajasi bir-biriga yaqin bo‘lgan Vyetnam, Kambodja, Laos, Myanma, Tailand, Malayziya, Bruney, Sharqiy Timor, Indoneziya va Filippin kiradi. Bu mamlakatlarda yarim milliarddan oshiq aholi yashaydi. Taraqqiyotning sotsialistik yo‘lini tanlagan Vyetnam, Kambodja, Laos 1990-yillarda juda og‘ir ahvolda qoldi. Ular dunyoning eng kambag‘al mamlakat- lari qatoriga kirardi. Sotsialistik yo‘nalishdagi hukmron partiyalar ho- kimiyatda qolgan bo‘lsa-da, ular o‘z mamlakatlarida jiddiy islohotlar o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin