Mavzu. 1918 1939-yillarda ilmiy-texnik taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fandagi yutuqlar


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə36/46
tarix10.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#110542
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
jahon-tarixi

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Urushdan keyin nima uchun Hindistonni mustaqil va yagona davlat tarzida saqlab qolishning iloji bo‘lmadi?

  2. Hindistonning bo‘linishi qanday muammolarni keltirib chiqardi?

  3. Qanday omillar Hindistonda zamonaviy siyosiy tizimning shakllanishiga sabab bo‘ldi?

  4. Pokiston mustaqillikka erishgandan so‘ng 1950 — 1960-yillarda qanday siyosiy holat vujudga keldi?

  5. Pokistonda 1977-yilgi harbiy to‘ntarish qanday natija bilan tugadi?

24-MAVZU. 1946 - 1991-YILLARDA YAPONIYA VA
OSIYONING YANGI INDUSTRIAL MAMLAKATLARI

Ikkinchi jahon urushida Yaponiya mag‘lubiyatga uchradi. Urushda 6,5 mln. yaponlar halok bo‘ldi, Yaponiya o‘zining barcha mustam- lakalaridan ayrildi. Mamlakat AQSH tomonidan okkupatsiya qilinib, hokimiyat general Duglas Makartur boshchiligidagi AQSH okku- patsion qo‘shinlari shtabiga o‘tdi. 1952-yilgacha Yaponiya hukumati shu shtab tomonidan nazorat qilindi, mamlakatni modernizatsiya qilish bo‘yicha reja va tashabbuslar ham shu shtabga tegishli edi.
Ikkinchi jahon urushi Yaponiya uchun qanday natijalar bilan yakunlangan edi?
Yaponiyada demokratik jarayonlarni boshlagan amerikaliklar ikkita maqsadni: birinchidan, Yaponiyaning demokratik davlatga aylanishi
va hech qachon boshqalarga xavf solmasligini; ikkinchidan, yaponlarda o‘zining ming yillik jangchilik an’analariga ega bo‘lgan jangovarlik ruhini sindirishni ko‘zlagan edilar.
Shu yillari AQSHning iqtisodiy yordami ham to‘xtovsiz oshib bordi. Yaponiyada mehnat munosabatlarini demokratlashtirish maqsadida 1946-yil kasaba uyushmalari to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Osiyocha tafakkur, mehnat an’analariga ega bo‘lgan yaponlarni g‘arbcha mehnat usullariga ko‘niktirish oson kechmadi. Amerikaliklar yaponlarni eng zamonaviy biznes usullari bilan tanishtirib bordi. 1950-yildan kadrlar tayyorlashning amerikacha standartlari joriy qilindi. Yapon mahsulotlarining sifatini oshirishga katta e’tibor qara- tildi. Edvards Deming va boshqa amerikalik mashhur iqtisodchilar ma’ruzalar bilan chiqdi. Yaponiya iqtisodini boshqarish davlat tizimi yaratildi. Bu tadbirlar 1950 — 1960-yillarda Yaponiyaning to‘liq iqti- sodiy tiklanishiga olib keldi.
Yaponiyada demokratiyaning shakllanishi. Ayni paytda demokratik islohotlar ham olib borildi. Siyosiy va diniy erkinliklar to‘g‘risida direktiva qabul qilindi. Matbuotda senzura bekor qilindi, barcha siyosiy mahbuslar ozod etildi, ilgarigi militaristik jamoat tash- kilotlari tarqatib yuborildi. Siyosiy partiyalarni qayta tuzish jarayoni boshlandi. Amerikaliklar yaponlarni demokratiya sharoitida yashashga o‘rgatdi.
Yaponiya iqtisodiy mo‘jizasi. Butun dunyoda «yapon iqtisodiy mo‘jizasi» deb iqtisodning nihoyatda jadal —yiliga 11% dan rivojlanish davriga aytiladi. Bu davr 1956 — 1970-yillarni o‘z ichiga oladi. Unda ayniqsa, sanoatning o‘sish sur’atlari juda yuqori bo‘lib, bu, asosan, og‘ir sanoat va kimyo ishlab chiqarishini rivojlantirish hisobiga yuz berdi. 1960-yillarning oxiriga kelib Yaponiya yalpi ichki mahsulot- ning hajmi bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Yaponiya o‘z yutuqlarini Tokioda bo‘lib o‘tgan «EKSPO—70» ko‘rgazmasida muvaffaqiyatli namoyish qildi.
Postindustrial modelning shakllanishi. Yapon «iqtisodiy mo‘ji- zasi» arzon neftga asoslangan bo‘lib, 1970-yillardagi neft inqirozi Yaponiyani o‘z iqtisodiy tizimini keskin o‘zgartirishga majbur qildi. Sanoatda ilmtalab ishlab chiqarish sohalariga asosiy e’tibor qaratildi. Mahsulot qiymatining asosiy qismini ilmiy yangiliklar, xodimlar ning texnik malakasi, dizayn, nou-xau va shu kabilar tashkil qildi. 1980-yillardan Yaponiyada 26 ta texnopolislar tashkil qilindi. Shu yillari Yaponiya jahon bozoriga yangi turdagi mahsulotlar — mikro- protsessorlar, personal kompyuterlar, sanoat robotlari va tez o‘zgaruv- chan ishlab chiqarish tizimlari bilan chiqdi. Mamlakatda postindus­trial iqtisodiy model shakllandi va u postindustrial sivilizatsiyaga asos bo‘ldi.
yillarda Yaponiyaning rivojlanishi. Bu davrda Yaponiya siyosiy hayotida liberal-demokratik partiyaning (LDP) obro‘yi tiklan- di. 1990-yili hokimiyatga kelgan Tosiki Kayfu Yaponiyaning xalqaro obro‘yini oshirishga erishdi. 1990-yili Quvaytning Iroq tomonidan an- neksiya qilinishi paytida Yaponiya xalqaro harbiy kontingentga, shu- ningdek, Misr, Iordaniya va Turkiyaga moliyaviy yordam tarzida bir necha milliard dollar mablag‘ ajratdi.
1990-yillardan iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi kamayib bordi. Shuningdek, sanoatni davlat tomonidan tartibga solish ham susay- di. Bu davrda Yaponiyaning asosiy eksporti chetga kapital chiqarish bo‘lib qoldi. Chet davlatlarda joylashtirilgan investitsiyalar miqdori 1 trln dollardan oshib ketdi. Yaponiya mehnat unumdorligi bo‘yicha ham G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan o‘tib, AQSHga tenglashib
bordi. 1990-yillari butun dunyoda ishlab chiqarilgan videoapparatu- ralarning 90% i, sanoat robotlarining 2/3 qismi Yaponiya hissasiga to‘g‘ri kelardi. Ammo tashqi bozorga bog‘liqlik 1997 — 1998-yillardagi «Osiyo inqirozi» paytida Yaponiya uchun katta qiyinchiliklar tug‘- dirdi. Shunga qaramasdan, Yaponiya iqtisodiyoti inqirozlar davrida o‘zining moslashuvchanligi va chidamliligini namoyish qildi.
Ichki siyosatda 1990-yillar hukumat beqarorligi bilan xarakterlanadi. Bu yillari Yaponiyada bir necha koalitsion hukumatlar almashgandan so‘ng 1996-yil yanvarda LDP yana bir partiyali hukumat tuzishga erishdi. Unga Ryutaro Xasimoto boshchilik qildi. U «olti islohot»: 1) soliq; 2) ta’lim
sohasida; 3) ijtimoiy ta’minotda; 4) iqtisodiyotda davlat boshqaruvini pasaytirish bo‘yicha; 5) ma’- muriy boshqaruvni detsentralizatsiyalash bo‘yicha;
6) sanoat kompaniyalariga yer uchastkalari ajratish bo‘yicha islohotlar boshlanishini e’lon qildi. Shu­ningdek, R.Xasimoto yangicha diplomatiyani naoyish qilib, tashqi siyosatda «yevroosiyochilik» konsepsiyasini tatbiq etishga urindi. U Yaponiyada bir qator terrorchilik aktlarini amalga oshirgan «Aum Sinrikyo» sektasi faoliyatiga chek qo‘yishda qat’iy harakatlari bilan ham tanildi.
Yaponiya
XX asr oxirida Yaponiya ichki siyosatida LDP yetakchilikni saqlab qoldi. 2000-yil Yaponiya bosh vaziri Keydzo Obuti vafot etgandan so‘ng bu lavozimni Yosiro Mori egalladi.
Yaponiya XXI asrda. Yaponiya XXI asr boshlarida iqtisodi barqaror rivojlanayotgan mamlakat bo‘lib qolmoqda. U 400 mlrd dollardan oshiqroq summaga teng mahsulot eksport qilyapti. Yaponi­ya kemasozlik, traktorsozlik, metallni qayta ishlash sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibdi. U po‘lat, televizorlar va avtomobil ishlab chiqarishda ham jahonda yetakchilardan hisoblanadi. Yaponiya YIM hajmi bo‘yicha jahonda AQSH va Xitoydan so‘ng uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Yaponiya ko‘plab orollardan iborat mamlakat. U boshqa mamlakatlarga nisbatan tabiat kuchlari: okean bo‘ronlari, tayfunlar, zilzilalarga
ko‘proq bog‘liq. Yaponlar o‘z ishlab chiqarish madaniyatida ana shu bog‘liqlikni kamaytirishga intilib keldi. Ammo tabiat kuchlaridan to‘liq ustun kelishning iloji yo‘q, ularning zararini kamaytirish mumkin, xolos.
2011-yil mart oyida Xonsyu orolida yuz bergan zilzila Yaponiyaga katta zarar yetkazdi. Minglab kishilar halok bo‘ldi, 300 mingdan oshiq kishi boshpanasiz qoldi.
Bir necha atom elektrostansiyalariga zarar yetdi, Fukusima-1 atom elektrostansiyasidan radioaktiv moddalarning atrof-muhitga tarqali- shi yuz berdi. Mamlakatga juda katta iqtisodiy zarar yetkazildi.
Ichki siyosatda asosan LDPning yetakchiligi saqlanib qoldi. 2001-yili Yaponiya bosh vaziri lavozimini Junitiro Koidzumi egalladi. U nisbatan yosh, serg‘ayrat bo‘lib, mamlakatda katta obro‘ga ega edi. J. Koidzu­mi Yaponiya konstitutsiyasining mamlakatga o‘z qurolli kuchlariga ega bo‘lishini taqiqlovchi moddasini qayta ko‘rib chiqish tarafdori bo‘lib chiqdi. J. Koidzumi uch muddat hukumatni boshqardi. 2012-yildan LDP yetakchi si Sindzo Abe hukumatni boshqarib kelmoqda.
Shuni aytish lozimki, siyosiy inqirozlar faqat Yaponiya uchun xos bo‘lgan hodisa emas. Shunga o‘xshash jarayonlar yangi, postindustrial sivilizatsiya shakllanayotgan boshqa mamlakatlarda ham yuz bermoqda. Aholining ijtimoiy tarkibi o‘zgarmoqda, jamiyatni tashvishga solayot- gan muammolarning ham mohiyati o‘zgacha tus olyapti; ko‘plab eski partiyalar inqirozni boshdan kechirmoqda — ular juda qiyinchilik bilan yangi sharoitlarga moslashmoqda, har doim ham yangilikni o‘z vaqtida ilg‘ab ololmayapti. Rivojlangan mamlakatlar siyosiy tizimida ham jiddiy qayta qurish ketyapti. Vakillik demokratiyasining rivojlanishi yaqin ke- lajakda mutlaqo yangi mazmun kasb etishi mumkin, qandayligini vaqt ko‘rsatadi. Ammo hozirdanoq yaponlar muammolarning muvaffaqiyatli hal qilinishiga ishonch bilan harakat qilmoqda.
Yaponiya tashqi siyosatida AQSH bilan munosabatlar asosiy
o‘rin tutadi. Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan beri Yaponiya AQSHning mintaqadagi eng yaqin savdo hamkori va strategik sherigi bo‘lib kelmoqda. Yaponiyaning Xitoy bilan munosabatlari ancha murakkab. 2005-yili J.Koidzumi hukumati Tayvan oroli masalasida ilk bor AQSHni ochiq qo‘llaganda Xitoy bilan munosabatlari keskin yo- monlashdi. Jahon hamjamiyatini tashvishga solib kelayotgan va 2017- yili yanada keskinlashgan Shimoliy Koreya masalasida ham Yaponiya bilan Xitoy o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin