Mavzu: 1945 1991 yillarda xalqaro munosabatlar


Koreyani ikkiga bo’lnishi va urushning boshlanishi



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə2/4
tarix20.06.2023
ölçüsü79,5 Kb.
#133038
1   2   3   4
Mavzu 1945 1991 yillarda xalqaro munosabatlar

Koreyani ikkiga bo’lnishi va urushning boshlanishi : IKKinchi jahon urushidan so’ng Koreyaning shimolini SSSR , janubni esa AQSh armiyasi ishg’ol etdi. Germaniya bo’linganidek , bu yerda ham bir davlat ikkiga bo’lindi va ikki hukumat tuzildi. 1949 – yilda SSSR va AQSh Koreyadan o’z armiyalarini olib chiqib ketdilar. 1950 – yilning 25 – iyunida Shimoliy Koreya armiyasi chegarani buzib o’tdi va Janubiy Koreyaga hujum qildi. AQSh ushbu masalaning BTM da muhokama etilishiga erishdi. BMT Shimoliy Koreyani aggressor deb tan oldi va unga qarshi urush harakatlari boshlashga ruxsat etdi.
Xalqaro kuchlar 15 – sentabrda Koreya yarimoroliga tashlandi va ular Shimoliy Koreya armiyasi harakatlarini to’xtatdi hamda Janubiy Koreya hududidan surib chiqardi. Oktabr oyi oxiriga kelib esa AQSh harbiy kuchlari Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahrini egalladi. Shundan so’ng Xitoy Xalq Respublikasi o’z harbiy kuchlarini Shimoliy Koreyaga yordamga yubordi. SSSR ning ham Koreya urushiga aralashishi mumkinligi aniq – ravshan bo’lib qoldi. Shundan so’nggina AQSH Shimoliy Koreyaga qarshi urush harakatlarini to’xtatishga majbur bo’ldi. 1953 – yilda yarash bitimi imzolandi. Unga ko’ra , har ikki koreys davlati chegarasi urushgacha bo’lgan holatida ( 38 – parallel kenglikda ) tiklandi. Shu tariqa Koreya yarimorolida urush to’xtadi. Biroq mamlakt ikkiga bo’linganicha qoldi. Shimoliy Koreya SSSR bilan , Janubiy Koreya esa AQSh bilan yaqin munosabat o’rnatdi.
Yaqin Sharq mojarosi : Ikkinchi jahon urushidan so’ng buyuk davlatlar Falastinda yahudiylarning o’z davlatiga ega bo’lishiga intilishlarini qo’llab – quvatlay boshladi.
Ayni payitda BMT ham 1947 – yil 29 - noyabrda Falastinda ikkita davlat tashkil etilishi ( Isroil va Falastin ) haqida qaror qabul qilindi. Dunyoning turli burchaklaridan ming – minglab o’rtasida nizoni kuchaytirdi. 1948 – yil 14 – mayda Isroil davlati ( yahudiylar davlati ) tashkil etildi – yu , lekin Falastin davlati tashkil etilmay qolsdi. Bu esa birinchi arab – isroil urushini keltirib chiqardi. Falastin hududi Isroil tomonidan bosib olindi . 1949 – yilda BMT urush harakatlarining to’xtatilishiga erishdi.
50 – yillarda Yaqin Sharq G’arbning buyuk davlatlari va SSSR o’rtalaridagi keskin qarama – qarshilik maydoniga aylandi. SSSR arab davlatlarni , AQSh esa Isroilni qo’llab – quvvatlashni yangi kuch bilan davom ettirdi. 1952 – yilda amalga oshirilgan inqilob natijasida Misrda Buyuk Britaniya tayanchi bo’lgan monarxiya ag’darildi. 1956 – yilda esa Misr Suvaysh kanalini miliyashtirdi. Bunga chiday olmagan Buyuk Britaniya Misrga qarshi agressiya uyushtirdi. Unda Fransiya va Isroil ham qatnashdi. BMT va SSSR ning qat’iy pozitsiyasi tufayli agressiya to’xtatib qolindi. Shu tariqa 3 davlat agressiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Natijada Yaqin Sharqda SSSR ning obro’si ko’tarildi. 1958 – yilda Iroqda monarxiya ag’darildi. Shunday sharoitda Eyzenxauer doktirnasi ilgari surildi. Unga ko’ra , Yaqin Sharqda endi AQSh , Buyuk Britaniya va Fransiya o’rnini to’ldirish kerak edi. Bu hodisa SSSR ning G’arb davlatlari bilan munosabatlarini yanada keskinlashtirib yubordi. ,, Sovuq urush “ vasvasasi kuchaydi.

Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin