Mavzu: 1945 1991 yillarda xalqaro munosabatlar


Qo’shilmaslik harakatinig vujudga kelishi



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə4/4
tarix20.06.2023
ölçüsü79,5 Kb.
#133038
1   2   3   4
Mavzu 1945 1991 yillarda xalqaro munosabatlar

Qo’shilmaslik harakatinig vujudga kelishi : 1961 – yil 1 – 6 sentabr kunlari Belgrada shahrida Osiyo va Afrikaning 25 davlati Konfrensiyasi bo’lib o’tdi.
Bu konfernsiya tufayli ,, Qo’shilmaslik harakati “ deb atalgan harakat vujudga keldi. Xo’sh , bu qanday harakat edi? Bu - turli tizimdagi davlatlarning tinch – totuv yashashi tarafdori bo’lgan , mustamlakachilikning batamom va abadiy barham topishi uchun kurashadigan , harbiy – siyosiy bloklarga qo’shilmaydigan , yadro qurolining taqiqlanishi , dunyoda iqtisodiy tenglik uchun kurashadigan harakat edi.
Qo’shilmaslik harakatining vujudga kelishida Hindiston , Yugaslaviya , Misr tashabbuskor bo’ldi . Ularni buyuk davlatlar o’z o’rtlaridagi mojarolarga Osiyo , Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarini ham tortishga zo’r berib intilayotganligi aqttiq tashishlantirgan edi. Qo’shilmaslik harakati qatnashchilari kuchaygan xalqaro keskinlik va qurolllanish poygasi uchun AQSh va SSSR ning birday mas’ul ekanligini ta’kidladilar.

  1. Xalqaro keskinlikning yumshashi ( 1969 – 1979 – yillar )

60 – yillardan boshlab sovet – xitoy munosabatlari keskinlasha bordi. Xitoy rahbarlari ,, Uchunchi dunyo nazariyasi “ ga kata e’tibor bilan qaray boshladilar . Uchinchi dunyo deyilaganda Osiyo , Afrika va Lotin Amerikasining mustaqillikdan so’ng rivojlangan davlatlari tushunilar edi. SSSR – Xitoy munosabatlaridagi keskinlik tobora chuqurlashib bordi. Oxir – oqibatda bu 1969 – yilda sovet –
AQSh esa Vetnamda olib borayotgan munosabatlardagi keskinlikni yumshatishga majbur etdi. Bu xalqaro keskinlikning yumshatishi uchun asosiy omil bo’ldi. Ikkinchidan , xalqaro keskinlikning yumshatishida GFR ning o’sha davrdagi rahbari V.Brandning xalqaro voqealarni ziyraklik bilan baholay olishi ham kata rol o’ynaydi. U xalqaro hayotdagi mavjud reallikni to’g’ri baholay oldi. Chunonchi , u SSSR ni harbiy kuch bilan mag’lubiyatga uchratishning imkoni yo’qligini , NATO ning bunga qodir emasligini to’g’ri baholadi. Bundan tashqari , Yevropa yadro va oddiy qurollarning ulkan omborxonasiga aylangan edi. Bu omborxona istalgan pytda portlashi mumkin edi. Shunday sharoitda V.Brandt hukumati SSSR va uning ittifoqchilari bilan yaxshi qo’shnichilik munosabatlarini o’rnatishga qaror qildi. Xalqaro keskinlikning yumshashi nimalarda o’z ifodasini topgan ?
1969 – yilda SSSR bilan AQSH o’rtasida strategic qurollarni cheklash haqida muzokaralar boshlandi. 1970 – yilda yadro qurollarni cheklash haqida muzokaralar boshlandi. 1970 – yilda yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risida shartnoma imzolandi. Unga 100 dan ortiq davlat qo’shildi. 1970 – yil 12 – avgustda SSSR – GFR , GFR – Chexoslovakiya , Polsha – GFR o’rtasida imzolangan shartnomalar Yevropada tinchlikni mustahkamlash ishiga beqiyos kata hissa qo’shdi. Shartnomaga ko’ra , GFR Ikkinchi jahon urushi natijasida Yevropada tarkib topgan chegaralarning buzilmasligini tan oldi. Ayni payitda GFR va GDR o’rtasida o’zaro munosabatlar asosi haqidagi shartnoma ham imzolandi. Bu bilan har ikki nemis davlati bir – birini tan oldilar. 1972 – 1974 – yillarda oliy darajada o’tkazilgan sovet – amerika muzokaralari natijasida SSSR va AQSh o’rtalarida yadro qurolini tarqatmaslik , yadro quroli sinovlarini to’xtatish to’g’risida shartnoma va strategic qurollari cheklash to’g’risida muvaqqat bitim ( SQCh – 1 ) imzolandi.
Xalqaro munosabatlardagi bunday o’zgarishlar Yevropa qit’asida xavfsizlik va davlatlararo hamkorlik uchun qulay sharoit yartdi. 1975 – yilning 30 – iyul – 1 – avgust kunlari Xelsinki ( Finlandiya ) shahrida 35 davlat ( shu jumladan , AQSh va Kanada ) rahbarlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo’yicha kengash o’tkadilar . 1 – avgust kuni kengashning Yakunlovchi akti imzolanadi. Uni imzolangan 35 davlat rahbarlari o’z davlatlari tashqi siyosatida quyidagi tamoyillarga amal qilishini tan oldilar:

  • Davlatlarning suveren tengligi , huquqlarni va o’zgalar suverenitetini hurmat qilish ;

  • Kuch ishlatmaslik va kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik ;

  • Chegaralar buzilmasligi ;

  • Davlatlarning hududiy birligi ;

  • Nizolarni tinch yo’l bilan hal etish ;

  • Ichki ishlarga aralashmaslik ;

  • Inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini hurmatlash ;

  • Teng huquqlilik va xalqlarning o’z taqdirni o’zlarini o’zlari hal etishi ;

  • Davlatlararo hamkorlik ;

  • Xalqaro huquqlar bo’yicha majburiyatlarni vijdonan bajarish.

1979 – yilda ( SQCH – 2 shartnomasi imzolandi. Biroq yuqorida qayd etilganlardan xalqaro keskinlikning yumshashi yillarida xalqaro hayot faqat silliq to’ldan ketgan ekan – da , degan xulosa chiqazmasligi zarur.

Xulosa

Bizga malumki ikkinchi jahon urushi nihoyasiga yetishi bilan dunyoda juda kata o’zgarishlar bo’lib o’tdi. Inson tomonidan juda kata yo’qotishga sababchi bo’ladigan qurollar yaratildi. Osiyo , Yevropa , Afrika hududlaridan yangi davlatlar paydo bo’ldi shuningdek parchalanib ketganlari ham bor edi. Sovuq urish natijasida dunyoda juda ko’p marotaba hunrezliklar va qonlar to’kildi . Dunyoni ikki qutibga bo’lnishi ham xalqaro munosabatlarga ham o’z tasrni o’tkazdi. SSSR va AQSh dunyoni boshqarishga urinishi ham urushlarni keltrib chiqardi. Bizning davlat bilan chegaradosh bo’lgan Afg’onistondagi hozirga ham tugamayotgan urish bunga misol bo’la oladi. BMT tashkil etilishi keyinchalik bu tashkilotning mavqeyning ortib borishi va duyodagi urushlarni tugatishga urinish ham ko’zga tashlanadi.


1945 – yildan 1991 – yilgacha bo’lgan davrda insoni yo’q qilishga qodir bo’lgan qurolar yaratildi. Hududiy nizolar kelib chiqdi va turli teroritik guruhlar tomonidan davlatlar tinchligiga tahtitlar solindi. AQSh va SSSR o’zaro raqobat qilish natijasida yangi kashfiyotlar amalga oshirildi. Inson tomonidan tosmisga chiqish amalga oshirldi. Hamma narsaning bir yaxshi bir yomon tarafi bo’ladi degandek ham dunyoda yangi ixtirolar amalga oshirildi bu inson ehtiyoji uchun , o’ziga qulaylik yaratish uchun edi. Lekin salbiy tomoni bir davlat ikki bo’lindi asrlar davomida birga yashab kelayotagn xalqlar bir – biriga dushman bo’lib qolishdi.
Xalqaro siyosatda davlatlar o’rtasida bo’linishlar yuz berdi qaysidir davlat SSSR qo’lagan bo’lsa boshqasi AQSh ni qo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati :


  1. Jahon mamlakatlari ( malumotnoma ). 4 – nashr. Tuzuvchilar Sh.Ergashev, T.Bobomatov . – T.: ,, O’zbekiston “ , 2013.

  2. Rajabov Q., Qnadov B. Jahon mamlakatlari. Qisqacha malumotnoma. – T .: ,, O’zbekiston “ NMIU , 2015.

  3. Ergashev Sh. Uch buyuk faransuz. – T.: ,, O’zbekiston “ NMIU , 2013.

  4. Internet malumotlari

Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin