Mavzu: №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari



Yüklə 360,12 Kb.
səhifə11/54
tarix07.01.2024
ölçüsü360,12 Kb.
#207907
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
Mavzu №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari-fayllar.org

Tarbiya metodlari
  • Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish).


  • Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).


  • Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar haqida so‘rash, o‘rnak bo‘lish).


  • Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma'qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va hokazolar).


  • qoralash va jazo (ta'kidlash, ta'na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).



Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o‘quvchilarda ma'naviy-axloqiy sifatlar, e'tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga ta'sir ko‘rsatish usullari sanaladi.

Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o‘quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo‘llaniladi.


O‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya'ni, davlatning ichik va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan usuldir. Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘urur tuyg‘usiga ega bo‘lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Tushuntirishda o‘quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan muayyan huquq va burchlar asosida bog‘langanligi borasida ma'lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitutsiyasining mohiyati tushuntirialdi.
Bola o’qishni, tarbiya olishni, ulgayib jamiyat xayotida faol ishtirok e’tishni xoxlaydi. Pedogog uni kay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedogogik jarayonda tarbiyalashi zarurligini bilishi kerak.
O’qituvchi- duts, mo’rabbiy, yo’l boshlovchi bo’lgandagina o’quvchilar o’zlarining ichki olamlarini ochib ko’rsatadilar. Avval takidlaganimizdek, tarbiya-tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o’z ichiga olgan ikki yoklama jarayon.
Tarbiyachi-bilim va tarbiyaga e’ga bo’lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar-bilim va tajriba o’rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko’rsatishlari kerak. Demak, tarbiya usuli- tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning xamkorlikdagi faoliyat va o’zaro ta’sir ko’rsatish usullaridir.
«Metod»- so’zi grekcha bo’lib, yo’l, usul ma’nosini bildiradi. Tarbiya vositalari-bu biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo’l bilan xal qilishni tashkil e’tish uchun ishlatiladi. (ko’rgazmali qurollar, kitoblar, radio, televideniya).
Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun O’qituvchi-tarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim.
Tarbiya natijalari tarbiyaviy jarayonning usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog’liq. Tarbiya usullari xar bir bolaga, xar qaysi bolalar jamoasiga aloxida munosabatda bo’lishni nazarda tutadi. SHunday qilib, tarbiya jarayonida O’qituvchi yakka o’quvchi yoki sinf manfaati yo’lida biron-bir tarbiyaviy masalani xal qilish uchun o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajasini, pedogogik vaziyat xarakterini xisobga olgan xolda ta’sir e’tish shakllari majmuasiga tarbiya metodi deyiladi.
Tarbiya g’oyatda murakkab jarayon bo’lib, xar davrning ijtimoiy-siyosiy xayotini o’zida aks e’ttiradi. Uning usulari, shakllari, vositalari va omillari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, an’anaga aylanadi. SHu sababli tarbiya milliy va tarixiy zamindan o’zilmasligi kerak. Pedogogik talab-tarbiyaning e’ng muxim usullaridan biridir. Talab-bu - O’quvchining turli vazifalarini bajarishi;
  • Ijtimoiy xulk-atvor mezonlarini ifodalash;


  • U yoki bu faoliyatda katnashib bajarilishi zarur bo’lgan aniq bir vazifa sifatida namayon bo’lishi;


  • Turli ko’rsatma sifatida namayon bo’lishi u yoki bu xarakatda ragbatlantiruvchi yoki uni tuxtatuvchi bo’lishi;


  • Oqilona xarakatlarga undovchi bo’lishi.


O’z-o’zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo’lganda, u o’zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mutsaqillik ko’rsata boshlagan vaktda paydo bo’ladi. O’z-o’zini tarbiyalashda (axloqiy, jinsiy, intelektual, xissiy-irodaviy) maslahat va ko’nikmalar berilishi lozim.



Yüklə 360,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin