Yoshlarni milliy qadriyatlarga to`g’ri yo`naltirish bilan bog’liq vazifalar.
Yoshlarning milliy qadriyatlarna munosabati, milliy g’oya asosida erkin hayot, obod va ozod Vatan qurish yo`lidagi harakatlari, maqsad va manfaatlarini umumlashtiradigan tahlil etadigan, shu g’oyalarni boyitish va ishonch e`tiqodga aylantirish bilan bog’liq. Bu ishni yo`lga qo`ymoq uchun to`rtta masalaga alohida e`tibor berish lozim va zarurligi ko`rsatilgan:
Birinchidan, mavjud vaziyatni, yaqin istiqbolimizning rivojlanish tamoyillarini, kerak bo`lsa, undagi salbiy holatlarning ijtimoiy sabablarini xolis o`rganadigan nodavlat, mustaqil tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, ularning imkoniyatlaridan to`la foydalanish zarur.
Ikkinchidan, shiddatli sur`atlarda o`zgarayotgan, to`xtovsiz yangilanayotgan zamon, hayotimizda muttasil ravishda ro`y berib turgan voqea, hodisa va jarayonlar, O`Zbekiston davlat mustaqilligining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy-ma`naviy zaminlarini bundan-da mustahkamlash va barqarorlashtirishga bo`lgan talab va ehtiyojlar ma`naviy – ma`rifiy mafkuraviy ishlarni yanada jadallashtirish, umumiy maqsad yo`lida safarbar etish.
Uchinchidan, milliy g’oyaning kuchi bir tomondan ma`rifat-targ’ibot ishlari, uning samaradorligiga bog’liq bo`lsa, ikkinchi tomondan yoshlarning kundalik hayotida duch kelayotgan muammolarning tushunishlari, ularning munosabatlariga fikrga fikr bilan, g’oyaga g’oya bilan javob bera olish, uni qanday hal etayotganliklariga bevosita bog’liqdir. Millat ravnaqi, Vatanga kerak bo`lsa jonini jabborga berib faoliyat ko`rsatadigan yoshlar bo`lmasa, milliy istiqlol g’oyasida ko`zda tutilgan maqsadlarga erishib bo`lmaydi. Bu yoshlarda milliy g’ururni baland bo`lishni taqozo etadi.
Millat taraqqiyoti, ma`naviyati va ma`lumoti yuksak bilimli yoshlarga bog’liq. Aks holda yoshlarning manqurtlik va faqat pulga sajda qiluvchi arzon ishchi kuchiga aylanib qolish xavfi tuziladi. Millatning istiqboli arzon-garovga o`z kuchini sotadigan evaziga emas, aksincha, moddiy va ma`naviy mehnati salohiyati yuksak qadrlanadigan kishilar, o`z hayotini ijodiy va jamiyat taraqqiyotida ijobiy rol` o`ynaydigan mehnat asosida qurgan yoshlarga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |