Mavzu: №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari


Yoshlar ma`naviyatiga tahdidlar va milliy g’oya



Yüklə 360,12 Kb.
səhifə9/54
tarix07.01.2024
ölçüsü360,12 Kb.
#207907
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Mavzu №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari-fayllar.org

3.Yoshlar ma`naviyatiga tahdidlar va milliy g’oya.
Mustaqillikning dastlabki va eng oliy ne`mati o`zligimizni anglab etish bo`ldi. O`zlikni anglab etgan tafakkurning birinchi belgisi milliy g’oya, milliy mafkuradan bahramand bo`lishidir.
Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik milliy mafkura doirasida uchrashi mumkin bo`lgan ichki ixtiloflarning oldini olid va uni keng miqyosda yoshlar qalbiga kirib borishiga imkon yaratdi.
Yoshlar ongi va tafakkurida o`zgarish kuchaygan ekan, ular o`z hayoti va istiqbolini millat hamda mamlakat istiqboli bilan bog’liq ekanligini chuqur his qila boshlaganini anglatadi. Har bir sohada o`zgarishlar, yutuq va muvaffaqiyatlar kun sayin ko`payib, kengayib borayotgan ekan, mafkura sohasida endi ish kelmaydi, hamma narsa o`ylaganimizday davom etib boraveradi, deyish to`g’rimi? Albatta, yo`q. Negaki, dunyoda muammo bir hududda yashamayotganimiz mavjudligi, mafkuradek nozik ma`naviy jarayonning uzluksiz o`sish va o`zgarishda bo`lishini taqozo etadi. “Dunyoda yoshlar ongi va qalbini egallashga” urinishlar salanib qolmoqda. Ayniqsa, yoshlarimiz tafakkuri, dunyoqarashini shakllantirish masalalariga befarq bo`lmaslik kerakligini nazarda tutmay iloj yo`q. Demak, mafkuraviy taxdidning saqlanib qolishi yoshlarni ham o`ylashga undaydi. G’oyaviy tahdid yuzaki qaraganda birdan va bevosita ko`zga tashlanmasligi mumkin. Chunki, g’oya inson ongi, Tafakkurida shakllanadi. Shunga binoan, ongni tafakkurni tahlikaga soluvchi har qanday tahdidlarning oldini olish ularga yo`l qo`ymaslik zarur.
Hozirgi davr uchun dolzarb va asosiy hisoblangan, milliy g’oya tamoyillari millat tarixi va uni idrok etish darajasiga bog’liq bo`ladi. Chunki milliy g’oya osmondan tushmaydi, u erda yurgan odamlarning qalbida, shuurida etilib, shu er, shu zamin, shu Vatan xizmati uchun qaratilgandagina uning ahamiyati va mavqei ham ortib boradi.
Milliy g’oyaning yoshlar ongidan chuqur o`rin olganligini aniqlashning asosiy mezoni shu aziz Vatanimiz, shu aziz xalqimiz qadriyatlari barchamizniki, bu Vatan, bu millat uchun yashash va uning istiqboli uchun halol va pok mehnat qilish baxt ekanligini qanchalik his qilishlaridir.

Yüklə 360,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin