Mavzu: №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 360,12 Kb.
səhifə3/54
tarix07.01.2024
ölçüsü360,12 Kb.
#207907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Mavzu №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari-fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. A.Malonova, B.Normurodova. "Tarbiyaviy ishlar metodikasi".O'quv qo'llanma.Toshkent, "FAN" 2008 y.

2. Abu Rayhon Beruniy. Hindoston.- T. Fan, 1966, 25 b.


3. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. K.1. -T.: Yozuvchi. 1996. Shayx Aziziddin Nasafiy. Komil inson G' N.Komilov tarjimasi. - Turkiston. 2000.y. 1-avgust.
4. Pedagogika T., "O'qituvchi" -1998 .y.
5. Ismoilova Z. Tarbiyaviy shlar metodikasi- T : Istiqlol, 2003.
6. Shodmonova Sh., Tilobova N. "Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti" o'quv predmetidan ta'lim texnologiyasi- T.TDIU, 2006.y.
7. Kukushin V.S. Teoriya I metodika vospitatelnoy rabota. -Rostov nqD.: MarT, 2004.

Mavzu: №3 Pedagogika fanining tarmoqlari

Mavzu: № 4Oiladagi tarbiyaviy vazifalar
Reja:
1.Oila pedagogikasining predmeti
2.Oila pedagogikasining tarixiy ildizlari.
3. Oila - tarbiya maskani
Komil insonni voyaga yetkazishda oila va jamiyatni o‘mi uni tarbiyadagi uzviyligi, uzluksizlik asosida amalga oshishi bu yaxlit bir qonuniy jarayondir. Oila pedagogikasi jamiyatning shaxs tarbiyasiga doir muhim davlat siyosatidagi ustuvor vazifalarini mukammal bajarishida xizmat qiladi, ta’lim-tarbiyaga doir bilimlar mushtarak holda jamlab farzand tarbiyasiga doir tartib, qoidalaming sinovdan o'tkazuvchi va amalda tatbiq qiluvchi ota-onaning faoliyatidir.
Oila pedagogikasining predmeti: Oila pedagogikasi sari, o‘z ustida ishlashi, izlanishi tanlangan vosita usullarini qo‘llashi va natijasini ko‘ra bilishini hamda tarbiyachilik san’atiga ega bo‘lishi uchun o‘rgatuvchi fandir.
Oila pedagogikasi quyidagilarga amal qiladilar:

• ta’lim-tarbiyaning zamonaviy talab darajasiga va tarbiya qonuniyatlariga amal qiladi;


• oilada beriladigan tarbiya mazmuni;
• oilada farzand tarbiyasida qo‘llanadigan usul va vositalar;
• insoniyatni ma’naviy rivojlanishi bilan oilada farzand tarbiyasining uyg‘unligi;
• oilada farzand tarbiyasidagi mahorat va madaniyatiga amal qilish.
Oila pedagogikasining maqsadi:
• oila tarbiyasiga doir muammolaming holati, qonuniyatlarini o‘rganishga qaratiladi.
Oila tarbiyasining vazifalari:
• oila taibiyasiga doir bir butun muammolami hal qilish;
• oilaviy tarbiyaning samaradorligini oshirish va uning davlatni ustuvor talablariga javob beradigan komil inson tarbiyalashdir;
• oila tarbiyasida milliy qadriyatlardan o‘rinli foydalanish, pedagogik qonun-qoidalaiga rioya qilishdir;
• fan va texnika yutuqlaridan unumli foydalanish;
• ilg‘or oilalardagi muovaffaqiyatli ish uslublarini o‘rganish;
• ota-onalami pedagog mutaxassislar bilan hamkorlikgini o ‘rnatish kabilami amalga oshirish;
• barkamol inson taibiyasiga doir muammolami hal qilish doimiy va hayotiy izlanishlami talab etadi.
Oila pedagogikasini boshqa fanlar bilan aloqasi: Oila pedagogikasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun oilada beriladigan tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari, tamoyil va metodlariga doir bilimga ega bo‘lmoq lozim. Oila pedagogikasi umumiy pedagogikani bir tizimi bo‘lib u umumiy pedagogikani qonuniyatlari asosida yaratilgan.
Oila pedagogikasi quyidagi fanlar bilan aloqada o‘sib ulg‘aymoqda: oila pedagogika fani: falsafa, sotsiologiya, iqtisodiyot, anatomiya - fiziologiya, psixologiya - pedagogika, ijtimoiy pedagogika, maxsus pedagogika, pedagogika tarixi, pedagogik mahorat kabilar.
Komil inson tarbiyasi juda ko‘p qirrali va murakkab bo‘lganligi sababli hamma fanlar unga ko‘makdosh bo‘ladi. Buyuk alloma Abu Nasr al-Forobiy «Talhizu Navomis» (Aflotun qonuniyatlarini mohiyati) asarida inson kamolotini falsafa fanining ta’sirida rivojlanishini shunday ko‘rsatgan edi: «Yaxshi fazilatga ega bo‘lgan shahar aholisi eng baxtiyor odamlar bo‘lishlari, qonunlarga ixtiyoriy bo‘ysunishini ta’minlash uchun qonunlami takomillashtirish, ulardagi qoidalami mustahkamlashdir».
Oila va undagi tarbiya usul, vosita va omillari ko‘proq yozma pandnomalarda; Kaykovusni «Qobusnoma», «Saodatnoma », Zahiriddin Muhammad Bobuming «Bobumoma»si, «To‘ti shoxnoma», «Odobnoma» kabilarda oila muammosiga doir masalalar ilmiy va nazariy, amaliy jihatdan asoslab berilgan.
Mutafakkir va ma’rifatparvarlarni ijodiy faoliyatida oila muammosi asosiy o‘rin egallagan. Buning sababi bo‘lajak oila pedagogikasi fanini mazmundorligini ta’minlovchi badiiy adabiyot, san’at asarlari, milliy meros va umumiy insoniy qadriyatlardir.
Oila tarbiyasidagi bolalar hayotini to‘g‘ri uyushtirish, ulami vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishning asosiy garovi ekanligini ota-onalar o‘z farzandlariga uqtirislilari lozim. Oila tarbiyasi masalalari bo‘yicha maxsus Abu Ali Ibn Sino «Tadbir al-manozil» nomli asarini yozgan. Unda olim otaonaning bolalami tarbiyalashdagi vazifalarini yoritgan. Asarda oilada ota-onaning vazifasi va burchiga va oila munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa, ota-onalaming oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o'rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi. Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalarig keng o‘rin berilgan.
Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama yurishturishda, nutq odobida, so‘z madaniyatida, o‘zaro muomala jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va haqqoniylik, samimiylikka namuna bo‘lmog‘i kerak. Oilada farzand tarbiyasining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning asosiy vositasi uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan edi olim.
Oilaning muhim ahamiyatga ega bo’lgan yana bir vazifasi tarbiyalash vazifasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni faqat poydevorini qo’yish bilan cheklanmasdan, balki uning so’nggi g’ishti qo’yilguncha javobgardir. Ota-ona - sanhatkor, bola - sanhat asari, tarbiya jarayoni esa sanhatning o’zidir. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimiz azaldan saklab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz, An’analarimiz (bola tarbiyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug’, mahallaning ham tahsiri) bu borada katta ahamiyatga ega. Lekin bahzan oilaning tarbiyaviy vazifasining susayishi va targ’ibot-tashviqot ishlarining kamligi natijasida oila ahzolari xulqida yomon odatlarning (ichish, chekish, narkomaniya, turli diniy oqimlar tahsiriga berilish, ma’naviy buzuqlik yo’liga kirish) paydo bo’lishi tashvishlanarli hollardan biridir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur vazifasi darajasiga kiradi. CHunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Oiladagi tarbiya or-qali shaxsga mahlum bir siyosiy-g’oyaviy dunyoqarash, axloqiy mehyorlar va xulq namunalari, jismoniy si-fatlar singdiriladi. Xalqimizda «qush uyasida ko’rga-nini qiladi» deb bejiz aytilmagan. Oilada amalga oshadigan ijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy mehyorlar va qadriyatlarni o’zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib boradi.
Nikoh-oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bo’lib kelgan xususiyatlardan biri, undagi shaxslararo munosabatlar talablaridan biri uni o’z ahzolarining axloqiy-psixologik himoyalanishini tahminlash, shuningdek bolalarga va mehnatga yaroqsiz yoki keksa qarindoshlarga moddiy va jismoniy yordam ko’rsatish kabilardan iborat bo’lib kelgan.
Bu holat o’z navbatida oilaning asosiy vazifalaridan yana birini, uning rekreativ vazifasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ - o’zaro jismo niy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam ko’rsatish, bir-birining salomatligini mustahkashash, oila ahzolari dam olishini tashkil etish vazifasidir. Bu vazifa keyingi yillarda yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oila ahzolari salomatligini mustahkamlash, oila ahzolarining dam olishini tashkil etish, oila ahzolarining bevosita mehnat, o’qish va boshqa ijtimoiy faoliyatlaridan xoli holda, ya’ni bo’sh vaqtlarni birgalikda o’tkazishlarini qanday tashkil qilishlari, unda bularning o’zaro munosabat-lari xarakteri qanday ekanligi bugungi kun oilasi mustahkamligi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan omillardan hisoblanadi. Bo’sh vaqt jamiyatning nihoyatda muhim ijtimoiy qadriyatlaridan biridir. Bu qadriyatdan odamlar turlicha foydalanadilar. Bo’sh vaqtini muntazam ravishda qanday o’tkazishiga qarab har bir odamning yetuklik darajasiga, ma’naviy dunyosiga baho berish mumkin. Bu borada erishilgan yutuqlarimizdan biri shuki - dam olish va sog’lom-lashtirish ishlariga davlat miqyosida ahamiyat berila boshlandi. Lekin ko’pchilik turli sabablar bilan (ularning o’zlari ko’proq moddiy sababni ko’rsatisha-di) madaniy dam olishga e’tibor bermay qo’yganligini ham aytib o’tish lozim. Hozirgi vaqtda oilaviy dam olish, oilaviy turizm va qator oilaviy tadbirlar doirasi kengayib bormoqda.
Shuni ham tahkidlab o’tish joizki, hozirgi vaqtda oilaning rekreativ vazifasini davlat va ijtimoiy tashkilotlar o’z zimmasiga olmoqda. Odamlarning xavfsizligini tahminlash, qariyalarga bepul tibbiy yordam ko’rsatish (bizning milliy xususiyatlarimizga yot bo’lsada qariyalar uylarining ochilishi), odamlar dam olishlari va o’z sog’liqlarini tiklab olish imkoniyatlarini beradigan dam olish uylari va sanatoriylarning ochilishi kabilar shular jumlasidandir. Lekin shu bilan birga oilaning o’z ahzolarining axloqiy-psixologik ximoyalanganligini tahminlashdagi roli tobora ortib bormoqda.CHunki odam faqat o’z oilasidagina va faqat o’z yaqinlari qurshovidagina o’zini tom mahnoda xotirjam, erkin his qila olishi mumkin xolos. Bu borada oilaning o’rnini hech bir ijtimoiy muassasa bosa olmaydi.

Yüklə 360,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin