Mavzu №1Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari-fayllar.org
Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona o‘z tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar etib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin.
Odamda muloqot maqsadlari soni ko‘payadi. Ularga yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va etkazish, ta’lim va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bo‘lgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo‘lsa, odamlarda ular ko‘plab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy o‘sish, ahloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va konativ tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi.
Insonning hayvonot olamidan farq qiluvchi, uning fiziologik, psixik va ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiruvchi asosiy xususiyatlardan biri nutq deb ataluvchi alohida psixik jarayonning mavjudligi hisoblanadi. Nutq – bu odamlarning til vositasida muloqot qilishi. Gapira olish va begona tilni tushunish malakasiga ega bo‘lish uchun tilni bilish va undan foydalana olish zarur.
Tilvanutqningpsixologikfaoliyatdatutgano’rni.
Tilvanutqningpsixologikrivojlanishyo’lidatutgano’rnibeqiyosdir. Nutqningpaydobo’lishibilanbirgainsonningpsixologikvaruhiydoirasi ham rivojlanaboshlaydi. Masalan, qabulqilish , xotira, tafakkur, tasavvur, e’tiborkabilarfaqatginatiltufaylirivojlanaboradi.
Nutq – insonpsixologiyasiningengmuhimvazifalaridanbiribo’lib, boshqapsixologikjarayonlarniboshqarib, birbirigaboq’labturadi. Insononggidagitafakkurvatasavvurqilishjarayonlarinutqfaoliyatibilanchambarchasbog’liqbo’lib, insonfikrlashfaoliyati – nutqiytafakkurnipaydoqiladi. Nutqningrivojlanishiboshqapsixologikjarayonlarningrivojlanishigaturtkibo’ladi.
Nutqo’znavbatidatashqi, ichki, og’zaki, yozma dialog va monolog ko’rinishlaridabo’ladi. Nutqo’zaromunosabatvamuloqotdaengasosiyqurolhisoblanadi.
Muloqot- buodamlaro’rtasidagialoqa, buningnatijasidaodamlarningbirbirigabo’lganta’siripaydobo’ladi. Muloqotdavomidaodamganisbatanextiyojtug’iladi. Muloqottufayliodamlarturlixilamaliyvanazariyfaoliyatlarniuyushtiradi. Bundantashqariaxborotalmashish, bir-birinitushinishkabijarayonlar ham muloqottufaylisodirbo’ladi. Shuningdek , muloqotshaxslaro’rtasidagimunosabatlarniyaratib, ularniamaldaqo’llashdayordamberadi.
Psixologiyada «til» va «nutq» tushunchalari mavjud. Til – bu odamlar uchun ma’lum ma’no va ahamiyat kasb etuvchi tovush birikmalarini etkazuvchi shartli ramzlar tizimi. Til jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, odamlarning ijtimoiy ongida ularning ijtimoiy turmushini aks ettirish shakli, shuningdek, ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Tilning noyob hodisaviyligi shundaki, har bir odam atrofdagilar muloqotda bo‘ladigan tarkib topgan tilga ega bo‘ladi va rivojlanish jarayonida uni o‘zlashtirib boradi.
Til – bu murakkab hosila. Istalgan til, avvalo, tilning leksik tarkibi deb ataluvchi ma’nodor so‘zlarning ma’lum tizimiga egadir. Bundan tashqari, til so‘z va so‘z birikmalari turli shakllarining ma’lum tizimidan iborat bo‘lgan til grammatikasiga, shuningdek, aniq bir tilga xos bo‘lgan ma’lum tovush yoki fonetik tarkibga egadir.
Til, asosan, har bir so‘z ma’nosini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. So‘zning istalgan ma’nosi umumlashtirishni anglatadi, masalan, slova «odam», «mashina», «stol» va boshqalar.
Tildan farqli ravishda nutq deb ma’lumot etkazish, ko‘rsatma, savol, buyruq berish shaklida amalga oshiriladigan nutqiy muloqot jarayoniga aytiladi. Nutq yordamida u yoki axborotni etazish uchun ma’lum ma’noga ega bo‘lgan mos so‘zlarni tanlash emas, balki ularni aniqlashtirish ham lozim. Nutqdagi har bir so‘z ma’lum ma’nogacha qisqartirilgan bo‘lishi zarur. Bunga so‘zni ma’lum kontekstga kiritish bilan erishiladi. Masalan, «bu qanday mashina?» degan savol bilan bizni jismning o‘zida qiziqtirayotgan holatni aniqlashtirmoqchi bo‘lganimizda murojaat qilamiz, agarda «bu kimning mashinasi?», deb savol bersak, bizni jism emas, uning kimga tegishliligi qiziqtirayotgani ma’lum bo‘ladi.
Inson muloqotda shakllanadi, rivojlanadi va shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy muloqotda ruhiyat taraqqiy etadi va individ o‘zini hayotga joriy etadi. Ruhiy jihatdan rivojlangan odamlar bilan muloqotda bo‘lish orqali, ilm olishga bo‘lgan keng imkoniyatlar evaziga inson o‘zining barcha yuksak qobiliyat va sifatlarini egallab borib, shaxsga aylanadi.
Tirik mavjudotlar muloqoti filo- va ontogenezda rivojlanadi. Bu rivojlanish jarayonning barcha asosiy tomonlari: mazmuni, maqsadlari va vositalarini egallaydi. Muloqotning filogenetik taraqqiyoti muloqot mazmunining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagi fikrlarda o‘z ifodasini topadi:
- bir mavjudotdan ikkinchisiga etkaziladigan muloqot mazmunining yangi axborot bilan boyitilishi. Avvalo – bu organizmning ichki, biologik holatlari haqidagi ma’lumotlar; so‘ngra – tashqi muhitning hayotiy muhim xossalari haqida axborot. Shundan so‘ng muloqot mazmuniga kognitiv xususiyatga ega bo‘lgan, ob’ektiv, tirik jonzotning xususiy ehtiyojlaridan mustaqil bo‘lgan tushunchalar ko‘rinishidagi olam haqida bilimlarini ifoda etuvchi axborot kiradi. Bu, endi, inson darajasida, muloqot evolyusion rivojlanishining birinchi ikki bosqichi esa hayvonlar darajasi sodir bo‘ladi;
- maqsadlarning boyitilishi o‘zaro muloqotda bo‘ladigan organizmlar ehtiyojlarining o‘zgarishi va rivojlanishi bilan bog‘liq: bu ehtiyojlar qanchalik turlicha va yuksak bo‘lsa, muloqotning maqsadli nuqtai nazari ham shunchalik xilma-xil va takomillashgan bo‘ladi.
Muloqot vositalarining filo- va ontogenezdagi taraqqiyoti bir necha yo‘nalishlarda boradi. Birinchidan, bu muloqotchanlik vositalarining maxsus organlari. Masalan. Qo‘llarning ajralishi. Ikkinchidan, ekspressiv ko‘rinishdagi harakatlar (imo-ishora, mimika, pantomimika)ning rivojlanishi. Uchinchidan, axborotlarni etkazish va kodlashtirishning vositasi bo‘lgan belgili tizimlarni kashf etish va qo‘llash. To‘rtinchidan, insonlar muloqotida qo‘llaniladigan axborot etkazish va qayta tuzish, saqlashning texnik vositalarini rivojlantirish va takomillashtirish (matbuot, radio, televidenie, telefon, telefaks, texnik yozuvning magnitli, lazerli va boshqa usullari va h.k.).
Bolaning ruhiy taraqqiyotida ontogenezning dastlabki bosqichi davridagi uning kattalar bilan muloqoti, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Muloqotda, avvalo,to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqlid qilish, keyinchalik vikar o‘rganish, so‘ngra esa, verbal o‘rganish – iborali qoidalar orqali bolaning hayotiy tajribasi orttirilib boriladi. U bilan muloqotda bo‘ladigan odamlar bola uchun bu tajribani tashuvchi bo‘lib xizmat qiladi va muloqotdan tashqari, boshqa hech qanday vosita yordamida bunga erishib bo‘lmaydi.
O‘z tadqiqotlarida r.s. Nemov inson muloqoti taraqqiyoti ontogenezi va uning asosiy bosqichlarini ko‘rib chiqadi. Uning ta’kidlashiga ko‘ra, inson bolasi o‘zida odamlar bilan emotsional muloqotga kirishishga bo‘lgan layoqatni uch oyligida sezadi (jonlanish kompleksi), bir yoshga etganda esa uning ekspressiyasi shunchalik boyib ketadiki, muloqotning verbal tilini tezda o‘zlashtirib olish, tovushli nutqdan foydalanish imkonini beradi.